محتوى المنشور
Insondagi har biz a'zoni o'z vazifasi bor. Ko'zning vazifasi - ko'rish, quloqning vazifasi - eshtish, tilniki esa so'zlashdir. Qalbning vazifasi esa Haqqa oshiq bo'lishlikdir. Qalbdagi muhabbatni ikki turga bo'lish mumkin: dunyoga muhabbatli qalb va oxiratga muhabbatli qalb. Dunyo muhabbatini qalbiga singdirgan inson dunyoda qoladi. Qalbiga oxirat g'amini singdirgan insonni o'zingiz o'ylab ko'ravering? Qalb ishi nozik masaladir. Qalbingizni Allohga yuzlantiring. Alloh taolo bandalarimni yaxshi ko'raman deb, takror-takror xitob qilganda, biz nima deb xitob qildik? Alloh Tavba surasida shunday xitob qiladi: Alloh taqvodorlarni sevadi. (7-oyat) Ibodat eng kerakli ehtiyojdir. Taqvo xoyrli nasibamizdir. Yana O'z kalomida shunday keltiradi: Ehson qiling, Alloh ehson qiluvchilarni sevadi. Ehson qilishga sharoitim yo'q edi, bahona emas. Ehson qilishlikda miqdor tushunchasi chetga surilib turiladi. Muhimi ixlos ila qalbdan chiqarib berishlikda. Qalbdan rozi bo'lib bersangiz, qancha kam bo'lsa ham, Alloh dargohida katta ehson ila savob yoziladi.