TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
المحتوى
محتوى المنشور
Inson zoti hayotida aqlni ishlatib, aqlga bo'ysunib yashaydi. Ba'zida qalbiga ham quloq soladi. Bilingki, aql ayyordir. Aql qiyinchilikni xohlamaydi, doimo yengillikka moyil bo'ladi. Inson muhabbat bilan amal qilsa, Allohning nazdida mahbub bandalar sirasiga kiradi. Aql bilan ibodat qilsa, ibodatga savob yoziladi xolos. Bunda mahbubiyat yuzaga chiqmaydi. Shunday ekan, qilayotgan amallarimizni sababini bilib, nimaga qilayotganimizni taftish qilaylik. Ibodat ishq bilan bo'ladi. Ishqsiz ibodat faqat tasavvurda qolib ketadi, badanda seziladi, ruhga ta'sir qilmaydi. Shuning uchun, ibodatda Alloh taolodan O'zining ishqini so'rang.