TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Mahbubiy | محبوبى
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT POST

Post #21787

@themahbubiy

Mahbubiy | محبوبى

المشاهدات6,330عدد مشاهدات المنشور
نُشر4 يونيو04‏/06‏/2025، 04:34 م
المحتوى

محتوى المنشور

Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni, ya’ni Arafa kuni ro‘za tutish ulkan savoblarga sabab bo‘ladi. U sababli bir yil oldingi va bir yil keyingi gunohlar kechiriladi. Oisha rodiyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi ming kunning ro‘zasi kabidir”, dedilar». Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga”, dedilar. 1. Arafa kuni ro‘zasi ikki yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi; 2. Bu kunda tutilgan ro‘za ming kunlik ro‘za savobiga tengdir. Arafa kuni ro‘zasining bor fazilati shundan iborat emas. Buning biz bilgan va bilmagan boshqa manfaatlari ham bor. Ixlos bilan Allohdan savob umidida ro‘za tutgan banda, juda ko‘p ajr-savob va foydalarga erishadi.