TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Mahbubiy | محبوبى
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT POST

Post #21798

@themahbubiy

Mahbubiy | محبوبى

المشاهدات6,510عدد مشاهدات المنشور
نُشر8 يونيو08‏/06‏/2025، 08:01 ص
المحتوى

محتوى المنشور

Duo - ? Bu mo'minning eng katta va kerakli quroli demakdir. Har bir qilingan duo Robbimizni mamnun qiladigon amallardandir. Biror insondan katta-kichik narsalarni qayta-qayta so'rasangiz alal oqibat malollanishi tabiiy. Lekin, biz Allohdan qancha so'raganimiz sayin Robbimiz yanada mamnun bo'ladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasalalam shunday deganlar: "Kim Alloh taolodan so'ramasa, U Zot unga g'azab qiladi". Suyukli Habibimiz butun bashariyatga ta'kidlab aytganlar. Yaratgan Zot turganda, yaratilganlardan so'rab, Allohni g'azabini keltirib qilingan ishlarda xoyr bormi? Alloh taolodan so'ramasdan qilingan biror ish oxiriga yetmaydi. Duo har pok yerda qilinadigon ibodatlar sirasiga kiradi. Xoh yurganda, xoh o'tirganda. Inson ko'p duolari orqali Alloh bilan munosabatini yaqinlashtirib olishga egadir. Qancha ko'p duo, shuncha Alloh bilan munosabat mustahkamlanadi. Duo qildingiz, qabuliyati kechiksa har xil shubhaga bormaslik kerak. Shu kechikishida ham albatta xoyr bordir. Sababi bordir-ki kechikyapti. Chin dildan qilingan duo albatta mutajob bo'ladi. Alloh taolo G'ofir surasida shunday va'da qiladi: Robbingiz: "Menga duo qiling, sizlarga ijobat qilaman. Mening ibodatimdan kibr qilganlar esa jahannamga xoru zor hollarida kirurlar" dedi. Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rosululloh sollallohu alayhi vasalalam: Sizlardan biringiz Robbidan o'zining barcha hojatini so'rasin. Hatto kovushining uzilgan tasmasini ham" , dedilar. Shunday ekan, ishning avvali duodir.