TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
المحتوى
محتوى المنشور
Nima uchun Qur'on o'qiymiz? Alloh taoloning amriga bo'ysunish uchun o'qiymiz. Rosululloh alayhissalom tavsiyalariga amal qilish uchun o'qiymiz. Allohga sevimli banda bo'lish uchun o'qiymiz. G'ofil banda bo'lib qolmaslik uchun o'qiymiz. Qabr azobidan halos bo'lish uchun o'qiymiz. Qalbni poklash uchun o'qiymiz. Rosululloh sollahu alayhi vasallam aytadilar: Temir zanglaganidek qalbni ham zang bosadi, dedilar. Shunda sahobalar so'rashdi: Yo Rosululloh. Qalbning zangini qanday qilib ketkazish mumkin? Rosululloh alayhissalom aytdilar: O'limni ko'p eslash, Qur'on o'qish bilan, dedilar.