محتوى المنشور
Payg'ambarimiz alayhissalom shunday marhamat qilganlar: Qur'on o'qinglar! Zero, (Kalomulloh) qiyomat kuni sohiblariga shafoatchi bo'ladi. Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis aytilishicha, qiyonat kuni Qur'on kelib: Parvardigorim, (Qur'on o'qigan bandani) kiyintir, deydi. Shunda unga karomat toji kiydiriladi. So'ng: Parvardigorim, unga ziyoda qil, deydi. (Qur'on o'qigan kishiga) karomat libosi kiydiriladi. (Qur'on): Parvardigorim, undan rozi bo'l, deydi. Shunda qoridan rozi bo'ladi. Keyin (Qur'on sohibiga): O'qi va ko'tarilib boraver, deb aytiladi. (Alloh) har bir oyat uchun bir pog'ona ziyoda qiladi. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Qur’on (qiyomat kuni) kelib, sohibini shafoat qiladi. Parvardigorim, har bir amal qiluvchi o‘z ishidan mukofot oladi. Men (tiriklik chog‘ida) uni lazzatlardan (to‘sganman), (kechalari) uyqudan qoldirganman. Endi uni e’zozla, deydi. Shunda (qoriga): O‘ng qo‘lingni cho‘z, deyiladi. Uning (o‘ng qo‘li) Allohning roziligi bilan to‘ladi. Keyin: Chap qo‘lingni cho‘z, deyiladi. Uning chap qo‘li ham Allohning roziligi bilan to‘ladi. (Qoriga) karomat libosi kiydiriladi. Unga karomat yarashadi (ya’ni halol bo‘ladi). Keyin karomat toji kiydiriladi.