محتوى المنشور
Alloh taolo Kalomida shunday keltiradi: "Ochiq-oydin Kitob ila qasam. Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ogohlantiruvchi bo'ldik". Qur'oni Karim muborak Ramazon oyida nozil qilina boshlagan. Oisha rodiyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rosululloh alayhissalom: "Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o'n kechasining toq kechalarida izlanglar", dedilar. Rosululloh alayhissalom: Kim Qadr kechasini iymon bilan, savob umidida bedor o'tkazsa, o'tgan gunohlari mag'firat qilinadi, deganlar. Alloh taolo Qadr surasida "Laylatul Qadr ming oydan yaxshiroqdir" degan. Ayrim ulamolar, oyatdagi "ming oy" jumlasi aniq bir vaqtni emas, misol tariqasida kelganini aytishgan. Ya'ni ming oydanda ko'p qilingan ibodatga teng. Vaqti kelsa, nafl uyoqda tursin, farz namozga ham malollanib qolamiz. Vaqtida o'qiyolmay qolamiz. Oldimizda hadislarda aytilganida ulug' kun turibdi. Bunday ulug' kundan g'ofil bo'lib qolishni O'zi asrasin. Qadrni topish nasb qilsin.