TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Mahbubiy | محبوبى
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT POST

Post #22395

@themahbubiy

Mahbubiy | محبوبى

المشاهدات4,850عدد مشاهدات المنشور
نُشر14 مارس14‏/03‏/2026، 02:04 م
المحتوى

محتوى المنشور

Bir kuni Liviyadan kelgan doktor Ibrohim Rufayda degan olim bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasida uchrashuv bo‘ldi. U kishi jurnalistlarga xos sirli bir uslubda gapni bir voqeadan boshladilar. Ma’lum bo‘lishicha, u kishi ishlayotgan dorulfunnunga bir talaba o‘qishga keladi. Niyati “Tafsir” kulliyotida o‘qish ekan. Biroq, bu kulliyotning talabalari ikki yil oldin o‘qishni boshlab yuborishgan, yangi guruh ikki yildan keyin tuzilar ekan. Shunda talaba amaldagi guruhga qo‘shishsa, o‘tgan ikki yillik o‘quv dasturini yetkazib olishga va’da beradi. Gap-so‘zlari qat’iy ekanligini sezib, yurtiga qaytib ketib yana kela oladimi-yo‘qmi — shu tomonlarini o‘ylab tavakkal, o‘qishga qabul qilishadi. O‘zlashtirsa o‘zlashtirar, bo‘lmasa yangi guruhdagilar bilan o‘qiyveradi-da degan xayolga ham borishadi. Oradan ikki yil o‘tib, o‘qishlar tugaydi. Shunda doktor Ibrohim Rufaydaning yodiga “yetkazib olaman” degan yigit tushadi va uning bitiruv ilmiy ishini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiradi va lol qoladi. Talaba ikki yil orasida nafaqat oldingi ikki yillik bilimni, balki o‘n yillik bilimni o‘zlashtirganiga guvoh bo‘ladi. Shundan keyin “Ikki yil ichida o‘n yillik bilimni egallagan talabaning ilmiy ishi” deb, hammaning ko‘zi tushadigan oynavand joyga ibrat uchun qo‘yib qo‘yishadi. “Bu kim edi?” — deb doktor o‘ziga o‘zi savol qildi va javobini ham o‘zi berdi: “Bu yigit Liviya dorulfununining Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ismi sharifli tolibi edi!” Abdulmuttalib Hojiev