TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
المحتوى
محتوى المنشور
Senga nega kerak mening qayg‘uyim, Aytgin, ne topasan ko‘z yoshlarimdan? Hursandmisan g‘amga qorishsa kuyim, Baxtlimisan mayus qarashlarimdan? To‘kilsammi, sinsam qayerga qochsam, Tokay dardlarimdan huzur topasan? Orzu — shamolga darcham ochsam, Umid eshigini qattiq yopasan. Nahot qoida shu — yozilmas qonun, Kimningdir qayg‘usi kimgadir sevinch. Bas shunday bo‘lsa, men shodliging uchun Indamay ketaman — uzilar ilinj. Ko‘nglim sinib ketdi, rostin aytganda, Chegaralab bo‘lmaydi mutlaqo gumon. Bir kun xatoying anglab yetganingda, Meni topolmaysan — afsus, hech qachon.