TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Mahbubiy | محبوبى
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT POST

Post #22473

@themahbubiy

Mahbubiy | محبوبى

المشاهدات3,910عدد مشاهدات المنشور
نُشر12 مايو12‏/05‏/2026، 03:13 م
المحتوى

محتوى المنشور

Sevgi obi-hayotdir… Sevgi bilan hayot musaffo bo‘ladi. Sevgi tufayli har qanday xatolar kechiriladi. Shayx Ali Tantoviy rohimahulloh: “Sevgi ham, sevishganlar ham azoblanmaydi. Balki sevgi ortidan dinini unutgan, axloqi buzilgan, erkakligini yo‘qotgan va bir lahzalik lazzat uchun jahannamdagi ming yillik azobni sotib olgan kishilar ayblanadi”, deganlar. Eng pokiza sevgi - nikohdan keyingi muhabbatdir. Halol sevgi omonat hisoblanadi. U niyat, maqsad va ishonch ustiga quriladi. Haqiqiy muhabbat ko‘zlarda emas, qalblar Alloh rizosi uchun bog‘langanda boshlanadi. U vaqtinchalik bo‘lmaydi, har qanday kunda ham birga bo‘lishni anglatadi. Yaxshi-yomon kunlarda birga qolishga berilgan ahddir. Bir-birining kamchiliklarini berkitib, fazilatlarini qadrlash bilan mustahkam bo‘ladi.