TGINSIGHT CHAT
Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
@ktb_navoiy
EducationOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🌐 Veb-sayt:KTB_Navoiy 📲Murojat uchun: +998-79-220-64-45
Son yazılar
1/85 səhifə · 1,010 yazı
Yayımlandı 8 gün öncə
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi — Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yayımlandı 8 gün öncə
🌙 Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan Kasbiy ta’lim agentligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu ulug‘ va qutlug‘ bayram xonadonlaringizga fayzu baraka, qalblaringizga xotirjamlik, oilalaringizga tinchlik va baxt olib kelsin. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan ezgu mehnatlaringizga rivoj, har bir xonadonga mehr-oqibat va saxovat ulashsin. Barcha yaxshi niyat va duolaringiz ijobat bo‘lsin! Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin! Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
#bayram_tabrigi Muhtaram yurtdoshlar, kasbiy ta’lim tizimining fidoyi ustozlari,soha xodimlari hamda aziz o‘quvchi-yoshlar! Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Shu fayzli kunlarda barcha ustoz va murabbiylarga sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat, sihat-salomatlik hamda oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Aziz o‘quvchi-yoshlarimizga esa ilm olish yo‘lida ulkan zafarlar, mustahkam iroda, yuksak marralar va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida omad hamroh bo‘lishini tilaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, xonadonlaringiz doimo fayzu barakaga to‘la bo‘lsin. 🌙Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
Hashtags
Yayımlandı 8 gün öncə
Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" tanloviga Respublikaning 14 ta hududida start berildi Tanlov 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni qamrab oladi. Birinchi bosqich mahallalar kesimida bo'lib o'tmoqda. Unda texnikum o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda vaqtincha band bo‘lmagan, muayyan hunarni egallash istagidagi fuqarolar ishtirok etyapti. Bu esa tanlovning nafaqat ta’lim tizimi bilan bog‘liq yoshlarni, balki mehnat bozoriga kirishga intilayotgan keng qatlamni ham qamrab olayotganini ko‘rsatadi. 📌 Ma'lumot uchun, "Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat tanlovining 3-bosqichi gʻoliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari quyidagi miqdorlarida 1-martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🏆1-oʻrin(oltin medal) sohibiga – 20, amaliyot ustoziga – 100 baravari; 🥈2-oʻrin(kumush medal) sohibiga – 15, amaliyot ustoziga – 80 baravari; 🥉3-oʻrin(bronza medal) sohibiga – 10, amaliyot ustoziga – 60 baravari. ✅Shuningdek, 3-bosqich gʻoliblariga “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi. Ushbu musobaqada qatnashib g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga esa - 2500 BHM baravari, ya’ni 1 mlrd 30 mln so‘m; ustoziga - 450 baravari, ya’ni 185 mln 400 ming so‘mpul mukofoti beriladi. Batafsil Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Yayımlandı 8 gün öncə
Kasbiy mahorat milliy tanlovi ochilish marosimining yorqin lahzalari Tanlovning ochilish marosimi respublikamizning barcha hududlaridagi kasbiy ta’lim boshqarmalarida ham bo‘lib o‘tdi. Har bir hudud vakillari Zoom platformasi orqali parallel ravishda asosiy tadbirda ishtirok etdi. 📌Ma’lumot uchun, “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-apreldagi 152-son qarori asosida tizimli ravishda tashkil etilmoqda. Mazkur huquqiy asos tanlovni doimiy va institutsional mexanizm sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Yayımlandı 8 gün öncə
📢Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta sovg‘a: soliq yengillashadi, tekshiruvlar qisqaradi 🟢Prezident Shavkat Mirziyoyev har doim tadbirkorlar masalasiga alohida e’tibor qaratib, ular uchun yangi imkoniyat va qulayliklar yaratishga intiladi. 🟢Davlat rahbariyati biznes vakillarini iqtisodiyotni rivojlantiradigan asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida ko‘radi. 🟢Yangi qarorlar esa “tadbirkor boy bo‘lsa — davlat ham boy bo‘ladi” degan tamoyil asosida qabul qilinadi. ❗Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi va bevosita davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlovi bilan tadbirkorlarga qulaylik yaratadigan yana yangi imkoniyatlar e’lon qilindi. 📈 Eng muhim yangilik — 2026- yil 1- iyundan kichik biznesning soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasi 1 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mga oshirilishi kutilmoqda. ✅ Bu ko‘plab tadbirkorlarga QQS va foyda solig‘i to‘lashga erta o‘tish jarayonini yengillashtirib, tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish imkonini beradi. ➡️Shuningdek: 👀 umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat sohalari uchun 6%lik soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etiladi; 👀past xavfli tadbirkorlar uchun QQS qaytarish jarayoni avtomatlashtiriladi; 👀QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish amaliyoti bekor qilinadi; 👀soliq auditi va sayyor tekshiruvlariga cheklovlar kiritiladi; 👀 bank hisobraqamlarini ochish va ayrim jarayonlar raqamlashtiriladi. ⚡️Maqsad — kichik biznesni “soya”dan chiqarish, aylanmani yashirishga ehtiyojni kamaytirish va tadbirkor uchun adolatli, sodda muhit yaratish. ➡️ Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yengilliklar 600 mingdan ortiq kichik biznes sub’yektiga qonuniy o‘sish imkonini beradi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Yayımlandı 8 gün öncə
❗️ “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini oʻtkazish tartibi Hukumat qarori (152-son, 08.04.2026 y.) bilan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan ⏳ Nizomga koʻra, 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum oʻquvchilari, yoshlar, talabalar hamda band boʻlmagan aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi oʻtkaziladi. ❇️ Tanlovda: ▪️ 1-bosqichda – yoshlar, talabalar va band boʻlmagan aholi orasidan har bir kasb kesimida mahallalardan 3 nafardan nomzod; ▪️ 2-bosqichda – texnikum oʻquvchilari hamda tanlovning 1-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–3-oʻrin egalari; ▪️ 3-bosqichda – tanlovning 2-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–5-oʻrin egalari ishtirok etadi. 🏢 Tanlov tegishli kasb boʻyicha moddiy-texnik bazasi mavjud boʻlgan texnikumlarda, ish beruvchi korxona (tashkilot)larda va IT-parklarda hamda moslashtirilgan maxsus poligonlarda oʻtkaziladi. 💵 Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari quyidagi miqdorlarida 1-martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🏆 1-oʻrin (oltin medal) sohibiga – 20, amaliyot ustoziga – 100 BHM baravari; 🥈2-oʻrin (kumush medal) sohibiga – 15, amaliyot ustoziga – 80 BHM baravari; 🥉 3-oʻrin (bronza medal) sohibiga – 10, amaliyot ustoziga – 60 BHM baravari. 📌 Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblariga “WorldSkills International” tashkilotining “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi. Ushbu musobaqada qatnashib g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga esa - 2500 BHM baravari, ya’ni 1 mlrd 30 mln so‘m; ustoziga - 450 BHM baravari, ya’ni 185 mln 400 ming so‘m pul mukofoti beriladi. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
Yayımlandı 8 gün öncə
Yayımlandı 8 gün öncə
📢 Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalari diqqatiga! PQ-316-sonli qarorga binoan ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir amaliy imtihon sinovlari tashkil etiladi. Ushbu attestatsiya topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarining ishlab chiqarish taʼlim ustalari ushbu spetsifikatsiyalardan kelib chiqib, attestatsiyaning amaliy imtihon sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Yayımlandı 8 gün öncə
🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏📌 Навоийда илк бора “Миграция, профессионал таълим ва малака ошириш” форуми бўлиб ўтади. Форум доирасида Германиянинг12 та нуфузли компанияси вакиллари иштирок этиб, меҳнат миграцияси, касбий таълим, малака ошириш ҳамда Германияда ишлаш имкониятлари бўйича муҳим маълумотлар тақдим этади. Ушбу форумда қуйидаги Германия компаниялари вакиллари иштирок этишади: ✅ Bildung & Beruf GmbH ✅ CKG CampusKontor GmbH ✅ SPA Simson Private Akademie gemeinnützige GmbH ✅ WBS TRAINING AG ✅ Institut für Internationale Kommunikation Deutschland e.V. ✅ DATEY Eyrich GmbH ✅ Schweißtechnische Lehr- und Versuchsanstalt Mecklenburg-Vorpommern GmbH ✅ Zahl Consulting ✅ Dr.-Ing. Paul Christiani GmbH & Co. KG ✅ Berufsförderungswerk der Bauindustrie NRW gGmbH ✅ GUNT Gerätebau GmbH ✅ Bibb Federal Institute for Vocational Education and Training 💬Форум доирасида: ⏺Халқаро даражадаги ҳамкорлар иштирокида давра суҳбати; ⏺Иш берувчилар билан тўғридан-тўғри учрашувлар (B2B, B2G, G2G); ⏺ Янги келишувлар ва ҳамкорлик имкониятлари. 📍 Манзил: Маданият ва маърифат маркази (“Ширин”) ⏰ Вақт: 14:00 📅 Сана: 3 июнь Имкониятлар эшигини биргаликда очамиз! 😎Telegram |😎 Instagram | 📱Telegram bot | 📱Manzil
#TAʻLIM Kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun attestatsiya sinovlari boʻlib oʻtdi. Jarayonlarni adolatli, shaffof va xolis oʻtkazilishini taʼminlash, test sinovlari paytda korrupsiyaviy holatlar vujudga kelishini oldini olish maqsadida Kasbiy ta’lim agentligi va boshqarma xodimlari jarayonlarni nazorat qilib borishdi. Shuningdek, kuzatuv kameralari orqali test jarayonlari yozib olindi. Test sinovlari oʻtkaziladigan obyektlar va test sinovlari vaqti haqidagi maʼlumotlarni pedagog.edu.uz saytidan ham bilib olish mumkin. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
Hashtags
Yayımlandı 8 gün öncə
Navbahor 3-son texnikumida “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi yuqori saviya va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Ayni damda tanlovning Oshpazlik va Sartaroshlik yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar qizg‘in hamda yuqori saviyada davom etmoqda. "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi maqsadi yoshlarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga keng jalb etish, shuningdek, zamonaviy kasblarning nufuzini oshirishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti — bilimli, izlanuvchan va kasb-hunarli yoshlar qo‘lida. Navbahorlik yoshlar esa o‘z salohiyati, intilishi va yutuqlari bilan buni amalda namoyon etmoqda. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website