TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Virtual 207
Virtual 207 avatar

TGINSIGHT POST

Post #20120

@the_mutarjim

Virtual 207

Baxışlar202Yazı baxışları
Yayımlandı8 dek08.12.2025, 13:35
Məzmun

Yazı məzmunu

#bugun Bugun Prezident maktabining eski jamoasi - sobiq hamkasblar bilan uchrashdik. Hammamiz turli ta'lim muassasalaridan kelgan bo'lsak-da, suhbatni bir odam qilgani uchunmi, fikrlashi, qadriyatalri o'xshash mutaxassislar yig'ilgan va bittada chiqishib ketgan edik. Birga ishlagan kezlarimizni, o'quvchilarni, maktabda yuz bergan qiziq hangomalarni esladik.. Men ishlagan jamoalarning turli rahbarlaridan nuqul bir xil gap eshitardim: "nezamenimiy kadr yo'q, tartib yoqmasa, ketavering, o'rningizga boshqa xodim topish qiyin emas!" Ammo shuncha ishlab bildimki, yaxshi kadr, siz tan olasizmi-yo'qmi, benazirdir! Uning o'rniga kelgani HECH QACHON uning o'rnini bosolmaydi! Yaxshi ustoz - betakror! Uni bo'shatib yuborib olgan mutaxassisingiz aynan o'sha mavzuni o'tishi mumkin, lekin U kabi emas. Yaxshi rahbar, qanday qilib bo'lmasin, o'z kadrlarini saqlab qolishga tirishadi, chunki maktabni maktab qiladigan avval ustozlar, keyin rahbarlar! @suvaydo