Yazı məzmunu
“Dizayn” Product Manager:Dizayn men uchun — Figma emas. UI ham emas Men uchun dizayn — bu reja, harakat va mas’uliyatlar aniq bo‘lgan jarayon. Jamoaning har bir qadami oldindan o‘ylanganida, qarorlar tushunarli, harakatlar muvofiq bo‘lganida — shunda dizayn ishlay boshlaydi. Men har kuni dizaynni ko‘raman — rejalar, yig‘ilishlar, deadline va yakunlarda. Tashqi ko‘rinmasligi mumkin, lekin u har bir natijaning ichida yashaydi. Chiroyli interfeys emas, balki to‘g‘ri "FLOW" va natijaga yetaklaydigan "PLAN" — bu men uchun dizayn. ———————————————— Backend: Eng muhim dizayn — ko‘rinmaydigani. Chiroyli interfeys hammaga yoqadi. Lekin foydalanuvchi ko‘rmaydigan joyda nima bo‘lyapti? Backend developer sifatida men dizaynni quyidagilarda ko‘raman: — tizim arxitekturasi, — bazaning puxtaligi, — APIlarning barqarorligi, — kod strukturasi va — deploy jarayonlarining aniqligida. Bular ko‘zga tashlanmaydi, lekin agar buzilsa, hamma sezadi. Dizayn — bu shakl emas, bu ishlash tartibi. Qanday ko‘rinishi emas, qanday ishlashi muhim. ———————————————— AIExpert: Avval AI dizaynga muhtoj edi. Endi esa dizayn AIga. AI engineer sifatida men uchun dizayn bu: model arxitekturasi, oqimlar, qatlamlar, diagrammalar... ya’ni tizimli fikrlash va algoritmik tuzilma. Lekin 2025dan boshlab bu ro‘yxatga yana bir narsa qo‘shildi — kreativlik. AI endi dizaynni faqat tushunmayapti, yaratyapti. Dizayn — bu: AI yaratgan va AI tomonidan yaratilayotgan reallik. Aftidan dizayn haqida qaytadan o‘ylab ko‘rish vaqti kelgan Dizayn — bu ko‘rinishdan ko‘ra chuqurroq. Fikrlar har xil, maqsad esa bitta — ishlaydigan tizim yaratish.