❓ TPM nima?
TPM — bu kompyuter ichidagi maxsus xavfsizlik chipi bo‘lib, u:
1️⃣ Shifrlash kalitlarini xavfsiz saqlaydi
2️⃣ Windows Hello, BitLocker kabi funksiyalar uchun himoya yaratadi
3️⃣ Tizim yuklanayotganda zararli o‘zgarishlarni aniqlaydi
4️⃣ Kompyuterni rootkit, BIOS hujumlari va zararli dasturlardan himoya qiladi
Ya’ni TPM — bu kompyuter ichidagi alohida mini-xavfsizlik seifi.
🖥Windows 11 nega TPM 2.0 talab qiladi?
Microsoft Windows 11’da xavfsizlikni ancha kuchaytirgan.
Shu sababli: TPM 2.0 bo‘lmasa, Windows 11 rasmiy o‘rnatilmaydi. Yangi funksiyalar (Windows Hello, Device Encryption, Core Isolation) ishlamaydi
✅ TPM 2.0 yoqilganini qanday tekshirish?
Win + R → tpm.msc
Agar “TPM is ready for use” chiqsa — bor.
✅Bizning barcha loyihalar | #windows
Windows 11 endi bir vaqtning o‘zida IKKITA quloqchinga ovoz uzata oladi — Microsoft “Umumiy ovoz” funksiyasini sinovdan o‘tkazyapti.
Bu funksya KB5067115 yangilanishidagi Bluetooth LE Audio texnologiyasiga asoslanadi. Endi ovozni ikkita qurilmaga bir vaqtda, kechikishsiz va simsiz ulash mumkin.
🐚Bizning barcha loyihalar | #windows