TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
IHMA | Dilfuza Ruzmetova avatar

TGINSIGHT CHAT

IHMA | Dilfuza Ruzmetova

@IHMA_matbuotkotibi

Career

Subscribers547Current channel subscribers
Tracked posts536Indexed post count
Recent reach2,182Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 45 · 536 posts

Posted Apr 21

Bugun AQShdan tashrif buyurgan, PR va kommunikatsiyalar sohasidagi xalqaro kompaniya direktori Jon Mann bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U yuqori darajada matbuot kotibi sifatida ham faoliyat yuritgan. Uchrashuv davomida sohadagi asosiy tendensiyalar muhokama qilindi, shuningdek strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha professional tajriba almashildi. Bunday xalqaro muloqotning bir qismi bo‘lish qadrli. Bu kabi uchrashuvlar professional dunyoqarashni kengaytiradi va PRga yanada kengroq nigoh bilan qarash imkonini beradi. ————— Сегодня состоялась рабочая встреча с Джоном Манном, прилетевшим из США — директором международной компании в сфере PR и коммуникаций. Он также имеет опыт работы пресс-секретарём на высоком уровне. Обсудили ключевые тренды отрасли, а также обменялись профессиональным опытом и подходами к стратегическим коммуникациям. Ценно быть частью такого международного диалога. Такие встречи расширяют профессиональные горизонты и позволяют смотреть на PR шире. https://t.me/IHMA_matbuotkotibi

133 views

Posted Apr 21

Ijtimoiy himoya yanada yaqinlashmoqda. Yangi qonun bilan: ✔️ nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qilayotgan oilalar uchun soliq yengilliklari joriy etildi ✔️ jamoat transportidan bepul foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi ✔️ zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarni ish bilan ta’minlashning yangi mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmoqda Bugungi kunda, 373 nafar tadbirkorlar tomonidan 5 174 nafar bolalar “Kunduzgi parvarish” xizmati bilan qamrab olingan. 💬 Eng muhimi — bu o‘zgarishlar odamlar hayotini yengillashtirishga qaratilgan. Bu — davlat va islohotlar insonga yaqinlashayotganining yana bir qadami. 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

109 views

Posted Apr 18

👫Bolalarni himoya qilish yanada kuchaymoqda. Sizga bolalar xavfsizligini yanada mustahkamlaydigan 3 ta asosiy o‘zgarishni taqdim etamiz: 1️⃣ Voyaga yetmaganlarga oid noqonuniy materiallar uchun javobgarlik keskin kuchaytirildi — jarimalar va jinoiy jazolar belgilandi 2️⃣ Internet orqali bolalarga uyatsiz-buzuq harakatlar uchun javobgarlik og‘irlashtirildi — bunday holatlar endi qat’iy nazoratda 3️⃣ Tergov jarayonida bolalar huquqlari kuchaytirildi — qonuniy vakil ishtiroki va so‘roq muddati aniq belgilandi Bu o‘zgarishlar — bolalarni yanada ishonchli himoya qilishga qaratilgan. 🎬 Batafsil videoda 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

152 views

Posted Apr 17

#qonunchilik Yangi qonun: bolalarni himoya qilish tizimi kuchaytirildi “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Unga ko'ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksiga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu nimani anglatadi? 🔹1. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks ✅ Endilikda voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik materiallarni tarqatish maqsadida saqlash uchun alohida ma’muriy javobgarlik joriy etildi. ❗️ Jarima miqdori: - BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha (8,2 mln so‘mdan 41,2 mln so‘mgacha) 💬Ya’ni, endi bunday materiallarni faqat tarqatish emas, balki tarqatish maqsadida saqlashning o‘zi ham qonunbuzarlik hisoblanadi. 🔹2. Jinoyat kodeksi Qonun bilan bolalarga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik yanada kuchaytirildi: ✅Internet orqali bolalarga uyatsiz-buzuq harakatlar uchun javobgarlik kuchaydi 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan uyatsiz harakatlar endi og‘irroq baholanadi. ✅Takror sodir etish — jinoyat Agar shaxs avval ma’muriy jazoga tortilib, yana shu harakatni sodir etsa: ❗️ Jazolar: - BHMning 100 baravaridan 600 baravarigacha jarima - yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari - yoki 1–3 yil ozodlikni cheklash - yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ✅Eng og‘ir holatlar uchun qat’iy jazo Tarqatish, tayyorlash, olib kirish yoki voyaga yetmaganlarni jalb qilish holatlarida: ❗️Jazo: - 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish 💬Ya’ni, endi bolalarga qarshi jinoyatlar uchun jazo muqarrar va qat’iy. 🔹3. Jinoyat-protsessual kodeksi Bolalarni himoya qilish nafaqat jinoyatga nisbatan, balki jarayonning o‘zida ham kuchaytirildi: ✅Qonuniy vakil ishtiroki ta’minlanadi Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda ularning manfaatlari himoya qilinadi. ✅ So‘roq muddati aniq belgilanadi - 7 yoshgacha — 30 daqiqa (kuniga 1 soatgacha) - 7–14 yosh — 1 soat (kuniga 2 soatgacha) - 14–18 yosh — 2 soat (kuniga 4 soatgacha) 💬Bu bola ruhiy holatiga zarar yetkazmaslik uchun muhim kafolatdir. 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

147 views

Hashtags

Posted Apr 17

❗️❗️❗️❗️❗️ Ижтимоий ҳимоя тизимида янги механизмлар жорий этилади Президент Шавкат Мирзиёев аҳолини, айниқса, ижтимоий ҳимояга муҳтож тоифаларни қўллаб-қувватлаш, ижтимоий хизматлар қамрови ва сифатини ошириш, шунингдек, бу соҳадаги қонунчилик базасини янада такомиллаштиришга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди. Телеграм каналларимиз

148 views

Posted Apr 17

#natija Ijtimoiy xizmatlar samarasi Andijon hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi – bu bolalar, yoshlar, nogironligi bor kishilar va qariyalar uchun zarur yordam, reabilitatsiya va munosib hayot kechirish imkonini taqdim etadigan maskan. Markazda bolalar uchun, jumladan, alohida e’tiborga muhtoj bo‘lganlar uchun fizioterapiya bo‘limlari, yetim bolalar uchun kichik uylar, kunduzgi guruhlar, kasb-hunarga o‘rgatish va erta rivojlantirish markazlari faoliyat yuritadi. Shuningdek, og‘ir hayotiy sharoitga tushib qolgan yoshlar va kattalar uchun kompleks reabilitatsiya hamda ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. Mustafo ismli bu bolakay "Imkoniyatlar olami" markaziga 1 oydan buyon keladi. Avvallari u mustaqil yura olmas edi. Hozirda esa Mustafo mustaqil yurishni boshladi. Bu natija — tinimsiz mehnat, sabr va ishonchning samarasi. Har bir kichik yutuq ortida katta kuch va mehr mujassam. 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

148 views

Hashtags

Posted Apr 13

Sizlar uchun foydali ma’lumotlarni jamladik! Ushbu ma’lumotlar haqida to‘liq axborot olish uchun o‘zingizga kerakli matn ustiga bosing! ↗️ Jami ommaviy axborot vositalarida Agentlik faoliyatiga oid 31 ta televideniye, 7 tasi radio, 141 tasi onlayn media va 14 tasi gazetada e’lon qilindi. Umumiy qamrov 39 millionni tashkil qiladi. Quyida ularning aksariyati bilan tanishishingiz mumkin. ❗️ Mahalliy OAV ✅ Yuz. uz: Ижтимоийиш ходимлари ва талабалар “заковат” аренасида бирлашди ✅ Sevimli:IJTIMOIY XODIMLAR VA TALABALAR “ZAKOVAT”DA BELLASHDI ✅ Yoshlar:“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. ✅ MY5: “Inson uchun” shiori ostidagi inklyuziv marafon ✅ O'zbekiston 24:“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi ✅ UZA:Хусусий секторда ишловчи аёллар қамрови сезиларли даражада ошди ✅uzdaily. uz: Узбекистан изучил опыт продовольственных банков в Брюсселе ✅ Daryo. uz: Uzbekistan considers introducing food bank system after EU study visit ✅ Anhor. uz:В Узбекистане формируется система социального волонтёрства «Инсон» ✅ Kun. uz:Ўзбекистонда «Инсон» ижтимоий волонтёрлик тизими шакллантирилади ❗️ Xalqaro OAV ✅uz. kursiv .media: 2026-yil boshidan 33,3 ming ayolga 378,6 mlrd so‘m homiladorlik nafaqasi to‘langan ✅Sputnik: В Узбекистане формируется система социального волонтерства "Инсон". 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

213 views

Posted Apr 13

#Ijtimoiy_dayjest 🇺🇿Ijtimoiy Dayjest O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing. ⸻ 🇺🇿Sociallıq Dayjest Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń. 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

138 views

Posted Apr 10

O‘zbekistonda «Inson» ijtimoiy volontyorlik tizimi shakllanmoqda. Bo‘stonliq tumanida “Inson” volontyorlar uchun o‘quv jarayonlari tashkil etildi. Ular nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj insonlarga yordam ko‘rsatadi. Bugungi kunda bu tashabbus shunchaki loyiha emas, balki tizimli ishning bir qismiga aylandi: pilot bosqichda loyiha respublikaning 28 ta hududida (tumanida) sinovdan o‘tkazildi. Uning doirasida 440 nafar volontyorlar tomonidan aholiga jami 2000 soatdan ortiq yordam ko‘rsatildi, bu esa ijtimoiy volontyorlikni rivojlantirishning dolzarbligi va samaradorligini tasdiqladi. O‘quv jarayonlari 250 nafar volontyorni qamrab olib, amaliy yordam ko‘rsatish, aholi bilan ishlash va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. 💬 «Ishonchim komil, aynan shunday insonlar orqali jamiyatda yangi g‘amxo‘rlik madaniyati shakllanmoqda. Shu bois biz volontyorlar hamjamiyatini ijtimoiy himoya tizimining muhim qismi sifatida rivojlantirmoqdamiz», — deya ta’kidladi Shahnoza Mirziyoyeva, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari. “Inson” volontyorlari islohotlar va aholi hayoti o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prikka aylanmoqda. Bu ijtimoiy himoya tizimini har bir inson uchun yanada yaqinroq qilish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

191 views

Posted Apr 5

Bugun Toshkent shahrida “Inson uchun” shiori ostida inklyuziv marafonni o‘tkazdik — bu biz uchun shunchaki sport tadbiri emas, balki chuqur ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbusdir. Humo Arena oldidagi maydonda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 1 500 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan fuqarolar jam bo‘ldi. Har bir ishtirokchi o‘zining kuchli irodasi, hayotga bo‘lgan ishonchi va oldinga intilishi bilan barchamizga ilhom berdi. Biz uchun eng muhim vazifa — har bir inson o‘zini qadrlangan, qo‘llab-quvvatlangan va teng imkoniyatlarga ega his qiladigan jamiyatni shakllantirishdir. Bugungi marafon ana shu maqsad yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi. Ushbu tadbirda birdamlik, hurmat va mehr-muhit muhitini yana bir bor his qildik. Bu yerda hech kim chetda qolmadi — har bir inson bu katta jamoaning muhim qismi bo‘ldi. G‘oliblarni samimiy tabriklayman. Ammo bugun startga chiqqan har bir ishtirokchi — allaqachon g‘olibdir. Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkorlar, volontyorlar va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Biz inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyatni barpo etish yo‘lida ishlarimizni izchil davom ettiramiz. “Inson uchun” — bu shunchaki shior emas, bu bizning kundalik faoliyatimiz mezonidir. Telegram | Х Facebook | Instagram

192 views

Posted Mar 30

"Dunyo quyosh nigohida" inklyuziv forumi - qalblarni birlashtirgan, unutilmas tadbir! Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring Instagram |YouTube |Telegram

336 views
123•••10•••20•••30•••40•••4445
PreviousPage 1 of 45Next