TGINSIGHT CHAT
IT Park Ventures
@ITParkVentures
Business and startupsEmpowering innovation from idea to global markets 🌐https://itparkventures.uz LinkedIn: https://www.linkedin.com/it-park-ventures/ Instagram: https://www.instagram.com/itpark_ventures?igsh=dDR4M3htdnBod3Bu&utm_sourc YouTube: https://youtube.com/@itparkve
Recent posts
Page 1 of 23 · 275 posts
Posted Apr 17
👤Buxoroda o‘tkazilgan “Investorlar kuni” tadbiridan videolavhalar. Tadbirda 300 dan ortiq ishtirokchilar — startap asoschilari, yosh tadbirkorlar, investorlar va soha vakillari qatnashdi. 🤝 Shuningdek, AloqaVentures, UzVC, Startap Garage, Yoshlar Ventures, Imkon Ventures, Domino Ventures hamda IT Park Ventures vakillari ham ishtirok etdi. Keyingi “Investorlar kuni” Farg‘onada bo‘lib o‘tadi — arizalarni topshiring 🚀Telegram | 📷Instagram 🎬YouTube | 🎰Linkedin | 🌐Website
Posted Apr 15
IT Park Ventures portfel startapi — MoonAI — Stanford University huzuridagi StartX akseleratoriga saralab olindi StartX Silikon vodiysidagi eng raqobatbardosh akseleratsiya dasturlaridan biri bo‘lib, venchur bozori uchun muhim institutsional signal hisoblanadi. Dastur bitiruvchilari orasida 20 dan ortiq unicorn kompaniyalar mavjud bo‘lib, ishtirokchilarning umumiy bahosi $120 mlrd dan oshadi. MoonAI savdo va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan korporativ AI-agentlar platformasini rivojlantirmoqda. StartX’da ishtirok etish startapga global investorlar va ekspertlar hamjamiyatiga kirish hamda xalqaro bozorlarda kengayish imkoniyatlarini kuchaytiradi. Mazkur yutuq IT Park Ventures portfel kompaniyalarining global darajadagi raqobatbardoshligi ortib borayotganini tasdiqlaydi. Batafsil ma’lumot — IT Park Ventures rasmiy saytida ____ IT Park Ventures portfolio startup MoonAI has been selected for the StartX accelerator at Stanford University StartX is one of the most competitive accelerator programs in Silicon Valley and serves as a strong institutional signal for the venture market. The program’s alumni include more than 20 unicorns, with a combined valuation exceeding $120 billion. MoonAI develops a platform of next-generation enterprise AI agents to automate sales and customer support. Participation in StartX will provide access to a global network of investors and experts, strengthening the startup’s international scaling opportunities. This achievement highlights the growing global competitiveness of IT Park Ventures portfolio companies. For more information, visit the official IT Park Ventures website Instagram | YouTube | Site | LinkedIn
Posted Apr 15
IT Park Ventures direktori Dalerxon Nodirov CS// Angels School’da ekspert sifatida ishtirok etdi CS// Angels Club tomonidan tashkil etilgan CS// Angels School ta’lim dasturining uchinchi sessiyasi doirasida IT Park Ventures direktori Dalerxon Nodirov venchur fondlar va xususiy investorlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Sessiya davomida sifatli deal flow shakllantirish, samarali sourcing kanallari hamda startap ekotizimini rivojlantirishda angel hamjamiyatlarning roli muhokama qilindi. Shuningdek, IT Park Ventures’ning loyihalarni tanlash, founderlar bilan hamkorlik qilish va rivojlanayotgan bozorda investitsiya strategiyasini shakllantirish yondashuvlariga alohida e’tibor qaratildi. IT Park Ventures O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda investitsiya hamjamiyatini rivojlantirish va ekspertiza bilan bo‘lishishni davom ettirmoqda. Batafsil ma’lumot — IT Park Ventures rasmiy saytida __ IT Park Ventures Shares Expertise: Dalerkhon Nodirov Spoke at CS// Angels School During the third session of the CS// Angels School educational program organized by CS// Angels Club, IT Park Ventures Director Dalerkhon Nodirov shared practical insights on working with venture funds and private investors. The session covered building quality deal flow, effective sourcing channels, and the role of angel communities in developing the regional startup ecosystem. Special attention was also given to IT Park Ventures’ approach to project selection, founder engagement, and building an investment strategy in an emerging market. IT Park Ventures continues to share expertise and support the development of the investment community in Uzbekistan and Central Asia. For more information, visit the official IT Park Ventures website Instagram | YouTube | Site | LinkedIn
Posted Apr 15
👤Investorlar kuni Farg‘onada! 🇺🇿Respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan “Investorlar kuni”ning navbatdagi manzili — Farg‘ona shahri. Bu startaplar uchun o‘z loyihalarini taqdim etish va investitsiya jalb qilish imkoniyati. 🚀Farg‘onadagi startaplar “Investorlar…
Posted Apr 14
Buxoro shahrida “Investorlar kuni” bo‘lib o‘tdi — startaplar va investorlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek tadbirkorlarning moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbir. IT Park Ventures tadbiri doirasida investitsiya hamjamiyatining muhim vakillaridan biri sifatida ishtirok etdi. Jamg‘arma tadbirda investitsiya menejeri Behzod Abdullayev tomonidan taqdim etildi. Tadbir davomida 10 dan ortiq startap jamoalari o‘z loyihalarini taqdim etib, ekspertlardan fikr-mulohaza oldi. Jumladan, Onless, Eventflow va Managly loyihalari investorlar tomonidan qiziqish uyg‘otib, keyingi bosqich uchun saralandi. Batafsil ma’lumot — IT Park Ventures rasmiy saytida __ “The Investors Day” event took place in Bukhara — a platform aimed at fostering collaboration between startups and investors, as well as expanding access to funding for entrepreneurs. As part of the event, IT Park Ventures participated as one of the key representatives of the investment community. The fund was represented at the event by investment manager Behzod Abdullayev. During the event, more than 10 startup teams pitched their projects and received expert feedback. Several projects, including Onless, Eventflow, and Managly, attracted investor interest and were shortlisted for further consideration. For more information, visit the official IT Park Ventures website Instagram | YouTube | Site | LinkedIn
Posted Apr 14
👤Investorlar kuni Farg‘onada! 🇺🇿Respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan “Investorlar kuni”ning navbatdagi manzili — Farg‘ona shahri. Bu startaplar uchun o‘z loyihalarini taqdim etish va investitsiya jalb qilish imkoniyati. 🚀Farg‘onadagi startaplar “Investorlar kuni”da ishtirok etib, o‘z loyihalarini investorlar oldida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 👇Startaplar o‘z loyihalarini quyidagi venchur fondlar oldida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi: — AloqaVentures — Imkon Ventures — United Ventures — Yoshlar Ventures — IT Park Ventures — UzVC 🔗Ariza topshirish: https://forms.gle/gLvLa3U3dK4yoQFZ9 ⏳ Deadline: Ertaga soat 10:00 gacha 🗓 Sana: 16-aprel 🔊 Boshlanish vaqti: 14:00 📌 Manzil: Farg‘ona shahri, “Yangi O‘zbekiston” massivi 🚀Telegram | 📷Instagram 🎬YouTube | 🎰Linkedin | 🌐Website
Posted Apr 14
Markaziy Osiyo logistikasi....🚛 O‘zbekistonda naqd pul aylanmasini kamaytirish va P2P to‘lovlarni nazorat qilish bo‘yicha islohotlar boshlangan. Bu esa yashirin iqtisodiyotni qisqartirib, barcha jarayonlarni shaffoflashtirishga qaratilgan. Ayniqsa, logistika sohasi bu o‘zgarishlardan eng ko‘p ta’sirlanayotgan yo‘nalishlardan biri. Bugungacha ko‘plab yuk haydovchilari va buyurtmachilar o‘zaro aloqalarni asosan Telegram orqali, norasmiy tarzda olib borishgan. Diip esa aynan shu muammoni hal qiladi. Platforma Markaziy Osiyo logistikasini raqamlashtirib, yuk beruvchilar va haydovchilarni tez, ishonchli va qulay tarzda bir-biri bilan bog‘laydi. Diip startapi UzCombinator akseleratsion dasturida ishtirok etib, Yoshlar Ventures’dan $100,000 investitsiya jalb qildi. Hozirda esa boshqa venchur fondlar bilan muzokaralar davom etmoqda. Hozir Platformani 5500 dan ortiq foydalanuvchilari mavjud. @uzcombinator
Posted Apr 13
Buxoro shahrida Umummilliy AI Hackathon doirasida IT Park Ventures va White Hill Capital O‘zbekistonda hajmi 2 million AQSh dollarigacha bo‘lgan qo‘shma investitsiya fondini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzoladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2026-yil 11-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keldi. Fond Markaziy Yevroosiyo mintaqasidagi texnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlashga, jumladan, mintaqaviy diaspora loyihalari hamda xalqaro tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratishga qaratiladi. Bu esa investitsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni rivojlantirish va mintaqadagi texnologik kompaniyalarni kengaytirishga xizmat qiladi. Fond tashkil etilishi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi venchur hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy startap ekotizimini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi. Batafsil ma’lumot — IT Park Ventures rasmiy saytida ___ Within the framework of the National AI Hackathon in Bukhara, IT Park Ventures and White Hill Capital signed an agreement to establish a joint investment fund in Uzbekistan with a target size of up to $2 million. At the invitation of the President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, the President of the Republic of Kazakhstan, Kassym-Jomart Tokayev, paid a working visit to the Republic of Uzbekistan on April 11, 2026. The fund will focus on supporting technology startups from Central Eurasia, including projects from the regional diaspora and international entrepreneurs, contributing to investment attraction, innovation development, and scaling of technology companies in the region. The establishment of the fund marks an important step in strengthening venture cooperation between Uzbekistan and Kazakhstan and developing the regional startup ecosystem. For more information, visit the official IT Park Ventures website Instagram | YouTube | Site | LinkedIn
Posted Apr 12
IT PARK VENTURES GAME GAP PITCH’DA HAMKOR SIFATIDA ISHTIROK ETDI 11-aprel kuni IT Park Ventures School 21’da bo‘lib o‘tgan Game Gap Pitch tadbirida hamkor sifatida ishtirok etdi. Tadbir GameDev yo‘nalishidagi 17 dan ortiq istiqbolli startaplarni birlashtirdi. Pitch-sessiya davomida jamoalar o‘z loyihalari va o‘yin industriyasi bo‘yicha strategik qarashlarini taqdim etib, kengayish salohiyatini namoyish etdilar. IT Park Ventures bosh direktori Dalerxon Nodirov ochilishda so‘zga chiqib, O‘zbekistonda game development sohasini rivojlantirish va iste’dodli jamoalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Tadbir startaplar, ekspertlar va hamkorlar uchun professional muloqot maydoniga aylandi. __ IT PARK VENTURES PARTICIPATED AS A PARTNER IN GAME GAP PITCH On april 11 IT Park Ventures participated as a partner in Game Gap Pitch held at School 21, which brought together more than 17 promising GameDev startups. During the pitch session, teams presented their projects and strategic vision for the gaming industry, demonstrating strong scaling potential. At the opening, CEO of IT Park Ventures, Dalerkhon Nodirov, emphasized the importance of developing the GameDev sector in Uzbekistan and supporting talented teams. The event served as a professional platform for startups, experts, and partners to exchange ideas. Instagram | YouTube | Site | LinkedIn
Posted Apr 12
👤Investorlar kuni Buxoroda! 🚀Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni Buxoroda “Investorlar kuni” bo‘lib o‘tadi. Bu startaplar uchun o‘z loyihalarini O‘zbekistondagi yetakchi venchur fondlar oldida taqdim etish imkoniyati. 👇 Tadbirda quyidagi fondlar ishtirok etadi: — AloqaVentures — SQB Ventures — United Ventures — IT Park Ventures — UzVC — Domino VC — Imkon Ventures — Most Ventures — Yoshlar VC 🗓 Sana: 13-aprel ⏰ Boshlanish vaqti: 14:00 📍 Manzil: Buxoro shahri, Buxoro universal sport majmuasi 🚀Telegram | 📷Instagram 🎬YouTube | 🎰Linkedin | 🌐Website
Posted Apr 11
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroda oʻtkazilayotgan sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonga tashrif buyurdilar. — Президенты Узбекистана и Казахстана посетили хакатон по искусственному интеллекту, проходящий в Бухаре. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Posted Apr 11
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev sunʼiy intellekt boʻyicha umummilliy xakatonga tashrif buyurdilar. — The President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, and the President of the Republic of Kazakhstan, Kassym-Jomart Tokayev, visited the national artificial intelligence hackathon. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn