TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Сейтова Лейли Пулатовна
Сейтова Лейли Пулатовна avatar

TGINSIGHT POST

Post #21997

@Leyla_ecokom

Сейтова Лейли Пулатовна

Views110Post view count
PostedFeb 502/05/2026, 03:10 PM
Post content

Post content

#XalqaroMunosabatlar#Qoraqalpogiston ♻️Qoraqalpog‘iston Respublikasida chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi Chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya manbai olishga asoslangan zamonaviy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshirigʻiga muvofiq, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Beijing China Science Runyu Environmental Technology (CSET)” kompaniyasi rahbari oʻrtasida chiqindilarni yetkazib berish bitimi imzolangan. Loyiha doirasida xorijiy hamkorlar tomonidan 80 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, korxona 30 yil davomida faoliyat yuritadi. Loyiha yiliga 274 ming tonna qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, natijada 80 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, hududda 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. ➡️Batafsil Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube