TGINSIGHT CHAT
Abdulboriy Qodirov
@abdulboriyqodirov
Recent posts
Page 1 of 18 · 216 posts
Posted Apr 23
Ishga olish suhbatlarida ko‘p qatnashganman. Oldingi ishxonasi haqidagi fikriga qarab, suhbatdoshlar ikkiga bo‘linar edi. Minnatdor bo‘lganlar: “Buni o‘rgandim, ko‘p odamlar bilan tanishdim, mana bu ishlarni qildim” deyishadi. Noshukur bo‘lganlar: “Qadrimga yetmadi, mendan kuchsizni rahbar qilishdi, umrim ketdi” deyishadi. Ilk suhbatlarim 2018-yilda boshlangan edi. Demak, javoblarga qarab, oqibatlar haqida xulosa qila olamiz. Minnatdorlarning holati yaxshilandi. Rahbar, tadbirkor, inflyuyenser bo‘lib ketganlar ham bor. Noshukurlarning darajasi uncha o‘zgarmadi. Tepaga chiqqanlari ham ozginadan keyin qaytib tushishdi. Tabiatimizga shukr qilish emas, cheksiz xohishlar xos. Ba’zilar shu tabiatiga qarshi chiqib, minnatdor holda yashaydi. Keyin hayot minnatdor bo‘lish uchun yana sabablar taqdim qiladi. Bundan ikkita xulosa olamiz: Noshukurlarni ishga olmang. Ko‘tarilmaydigan xodimni nima qilasiz? Shukrni ko‘paytiring. Noshukur bo‘lsangiz, yutqazasiz.
Posted Apr 4
Bugungi hashar bo'layotgan joy tabiati 😊 ( Kemaganlarga mahsus )
Posted Apr 2
An’analarimizni birga tiklaymiz O‘zimizning urf-odatlarimiz juda ajoyib. To‘y, osh, hashar… Kim nima desa desin. Lekin ularning ichida hashar alohida o‘rin tutadi. Chunki u yerda nafaqat ish qilinadi — muhit quriladi. Kelayotgan shanba (04.04.2026) kichik hashar tashkil qilmoqchimiz. Oddiy yig‘ilish emas — foydali vaqt o‘tkazish. Rejada: • hududni tozalash • daraxt ekish va sug‘orish • ekologiyaga kichik hissa qo‘shish Keling, birga ishlaymiz, bir-birimizni yaqindan tanib olamiz, foydali suhbatlar quramiz, tanishamiz. Balki keyinchalik hamkasb ham bo‘larmiz. Agar ichingizda “borish kerak” degan fikr paydo bo‘lsa — demak siz uchun. Qiziqqanlar ko‘p bo‘lsa, shanba kuni Rohat metro oldidan transport ham tashkillashtirishimiz mumkin. Kelmoqchimisiz? Bizga aloqaga chiqing. @AbdulboriyQodirov
Posted Mar 28
Birga ishlashimiz mumkun Loyihalarimizga(Dinay, Filigran inc, Massdar) birdaniga bir necha yo'nalishlarda ishlash uchun internship(shogirtlik) ochildi. Kelajakda tadbirkor, manager, mutaxassis bo’laman, lekin hozir nima qilishni bilmayman deydiganlar uchun bu ideal imkoniyat. Qiziq bo’lsa, forma to’ldiring. Birlamchi filterlarga mos kelsangiz yuzma-yuz suhbatlarga taklif qilamiz. P.S. Tajriba shart emas, yurakda olov va til bilish yetarli. @AbdulboriyQodirov
Posted Mar 7
✨ Massdar market tarmog'i yanada kengaymoqda: Olmaliq shahrida yangi filialning tantanali ochilishi! Massdar savdo tarmog‘i endi sizga yanada yaqinroq! Xaridlaringizni qulay va barakali qilish maqsadida Olmaliq shahrida ikkinchi yangi do‘konimiz o‘z eshiklarini…
Posted Mar 7
✨ Massdar market tarmog'i yanada kengaymoqda: Olmaliq shahrida yangi filialning tantanali ochilishi! Massdar savdo tarmog‘i endi sizga yanada yaqinroq! Xaridlaringizni qulay va barakali qilish maqsadida Olmaliq shahrida ikkinchi yangi do‘konimiz o‘z eshiklarini ochganini xursandchilik bilan ma’lum qilamiz. Ushbu quvonchli kun munosabati bilan barcha xaridorlarimiz uchun 4-martdan 11-martga qadar davom etadigan ajoyib bayram aksiyasini e'lon qilamiz. Yangi do'konimizga tashrif buyuring va qimmatbaho maishiy texnikalardan birini yutib oling! 🏆 G‘oliblarimiz 11-mart kuni aniqlanadi. Cheklar soni qancha ko'p bo'lsa, yutish imkoniyatingiz shuncha yuqori bo'ladi! 📍Manzilimiz: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri 5/2
Posted Jan 12
Ba’zan munosabatlarda ko‘p narsa beriladi - ammo so‘ralgani emas. «Alohida Mavzu» podkastida SB Dinay oilada his-tuyg‘ularini his qilishga yordam beradigan yorqin misol bo‘ldi. Ushbu suhbatning bir qismi bo‘lganimizdan xursandmiz. Иногда в отношениях дают многое - но не то, о чём просят. В подкасте «Alohida Mavzu» ТМ Dinay стал частью наглядного примера, через который легко почувствовать эмоции партнёра. Мы рады быть частью этого диалога. Telegram | Instagram | You-tube
Posted Dec 27
Massdar маркет расширяет присутствие: новый магазин открыт в Алмалыке Сеть Massdar маркет продолжает активное развитие и сообщает об открытии нового магазина в городе Алмалык. Новый объект стал очередным шагом в реализации стратегии компании по приближению качественных и доступных продуктов к повседневной жизни жителей региона. Telegram / Facebook / Instagram / LinkedIn
Posted Dec 25
🇺🇿UZ:Dinay chegaralarni kengaytirmoqda va bu faqat boshlanishi. Bugun Dinay - bu faqat O‘zbekiston emas. Ichimligimiz Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Mo‘g‘uliston bozorlarida ham taqdim etilyapti 🌍 Joriy yilda faol targ‘ibot Qozog‘istonda boshlandi 🇰🇿 - dastlabki aksiyalar, jonli qiziqish va xaridorlardan a’lo darajadagi javoblar bilan. Bugun Qozog‘istondan fotohisobot bilan bo‘lishyapmiz. Nega Dinay tanlanadi: • 17% gacha tabiiy sharbat • konservantsiz (issiq quyish texnologiyasi) • tabiiy va oson sevib qoladigan ta’m Oldinda - yangi marralar va yangi o‘sish nuqtalari. Dinay va kuningiz yanada mazzali! 💚 _____________________________________________________________________ 🇷🇺 RU: Dinay расширяет границы. И это только начало. Сегодня Dinay - это уже не только Узбекистан. Наш напиток представлен в Кыргызстане, Казахстане и Монголии 🌍 В этом году активная фаза продвижения стартовала в Казахстане 🇰🇿 - первые акции, живой отклик и отличная реакция покупателей. Делимся фотоотчётом прямо из Казахстана. Почему Dinay выбирают: • до 17% натурального сока • без консервантов (горячий розлив) • натуральный, понятный вкус Впереди - новые рынки и новые точки роста. Dinay. И день станет вкуснее 💚 Telegram | Instagram | You-tube
Posted Dec 16
Quyidagi bot orqali SI yordamida o'z suratlaringizga qish kayfiyatini berishingiz va yaqinlaringizga tabrik jo'natishingiz mumkin! Kelayotgan yangi yilda Dinay brendi siz uchun ko'plab yangiliklarni tayyorlamoqda. @dinaypromo_bot
Posted Nov 29
Farzandlarim bog‘chamizga borayotganiga to‘rt oy bo‘ldi. Ba‘zi o‘zgarishlarni bo‘lishaman: O‘zbek tillari ravonlashdi. Menga shu muhim. Ingliz va rus tilini o‘rgatish bo‘yicha boshqa rejam bor. Foydali odatlari ko‘paydi. Qo‘lini yuvib ovqatlanyapti. Kiyimlarini taxlab qo‘yyapti. Hammaga salom beryapti. Kitob o‘qishga yaqinlashyapmiz shekilli. Raqamlarni to‘liq taniyapti. Qurishga, yasashga, o‘yinchoqlarni tuzatishga, robotlarga qiziqa boshladi. 3D printer olib bermoqchiman. Eng qizig‘i, do‘stlarining otasi, mening ham do‘stlarim) Bog’chamizda hali ham joylarimiz bor. -> RahimovKids
Posted Nov 28
https://youtu.be/20HXEmIZPIo?si=wwYvVrGW2AH3tzTm