TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
AloqaBank kontent avatar

TGINSIGHT CHAT

AloqaBank kontent

@aloqabank_kontent

Business and startups

AloqaBank matbuot kotibi rasmiy kanali

Subscribers213Current channel subscribers
Tracked posts56Indexed post count
Recent reach11,352Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 5 · 56 posts

Posted 21 days ago

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab harbiy xizmatni oʻtash uchun chaqirilgan fuqarolarga imtiyoz va kafolatlar beriladi. Batafsil @aloqabank_kontent

105 views

Posted 21 days ago

Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga tabrik — Unda shunday jumlalar bor: "Tadbirkor boʻlishni istaydigan yoshlarimiz uchun banklar joriy yil 25 trillion soʻm arzon kreditlar taklif etmoqda. Startap loyihalarini boshlagan bitiruvchilarga esa 100 million dollar mablagʻ tayyorlab qoʻyganmiz. Eng yirik AT kompaniyalar har yili kamida 50 ming bitiruvchini sunʼiy intellekt boʻyicha oʻqitib, yuqori daromadli ishga joylashtirishga tayyor. Kelgusi yillarda 168 ming gektar super intensiv sanoatlashgan bogʻlar tashkil qilamiz. Mazkur loyihalarda qatnashmoqchi boʻlgan bolalarimni men doim qoʻllab-quvvatlayman." @aloqabank_kontent

853 views

Posted 22 days ago

👍«OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ! Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda. «Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda. 👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud). 📞1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍@ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

134 views

Posted 22 days ago

AloqaBank: tadbirkor faoliyati rivoji yo‘lida. AloqaBank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Jo‘rabek O‘roqov Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlik subyektlarida bo‘ldi. Maqsad — tadbirkor muammosini o‘rganish va yechim topish. Bu kabi jarayonlar bankka mijozlarning, tadbirkorning esa kelajakka ishonchini orttiradi. Ish bor joyda kamchilik va muammo bo‘lishi tabiiy. Biroq ularning yechimi yo‘lida banklarning ishtiroki muammolarni imkoniyatga aylantirishda muhim vosita bo‘lmoqda. Vaziyat va faoliyatni borib joyida o‘rganish, tadbirkor bilan bevosita muloqot esa ikki tomon uchun ham maqbul qarorlar qabul qilishni qulaylashtirmoqda. @aloqabank_kontent

155 views

Posted 23 days ago

AloqaBank va tadbirkor: muammo, yechim, natija! AloqaBank boshqaruv raisi o'rinbosari Akmal Xolmurodov hamda bankning Jizzax HKXKM direktori Shahzod Meliyev Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida faoliyat ko'rsatayotgan "Baraka Toshlar" korxonasi rahbari Toxir Buzrukshayev bilan yangi tashkil qilinayotgan loyihasini qo'llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv davomida korxonaning yangi loyihasi uchun kredit mablag'iga ehtiyoji mavjudligi bildirildi, bank tomonidan ushbu masala atroflicha o'rganib chiqilib kredit ajratish masalasi ijobiy hal qilinishi ma'lum qilindi. @aloqabank_kontent

2,500 views

Posted 23 days ago

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimida ishtirok etdi. — Президент Шавкат Мирзиёев в Международном конгресс-центре принял участие в церемонии запуска Национального движения по чтению книг. #Mirziyoyev#marosim#kitobxonlik#harakat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

154 views

Posted 24 days ago

AloqaBank: tadbirkor muammosiga yechim yo‘lida. AloqaBank boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Jo‘rabek O’roqov Namangan viloyatidagi korxonalarda bo‘lib, tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati yaqindan o‘rganilib, ularni qiynayotgan dolzarb muammolar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga oid ehtiyojlar hamda mavjud to‘siqlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. AloqaBank tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal qilish yo‘nalishidagi ishlar muntazam yo‘lga qo‘yilgan. @aloqabank_kontent

2,750 views

Posted 25 days ago

AloqaBank va tadbirkor: muammo, yechim, natija! AloqaBank boshqaruv raisi Belorussiyaning "Bellegprom" konserni raisi Nadejda Lazarevich hamrohligida poytaxtning olmazor tumanida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida bo‘lib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan ilg‘or xalqaro amaliyotni korxona faoliyatiga tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi. Tadbirkorlar bevosita bank rahbariyatiga muammolari, faoliyatda zarur takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi. Bu kabi muloqot, bank-mijoz munosabatlarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. @aloqabank_kontent

2,700 views

Posted 25 days ago

Channel photo updated

views

Posted 25 days ago

https://www.youtube.com/live/d3q1ZEt0_rA?si=cFCfizWsE-GvyceC Ayni dam AloqaBank tomonidan Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan investorlar kuni tadbiri boshlandi. Unda hududdagi startaplar taqdimot qilinib, munosib ko‘rilganlariga venchur fondlar va investorlar tomonidan sarmoya kiritiladi. Qiziq, juda qiziq jarayon. Ko‘ramiz, kim sahnaga startaper bo‘lib chiqib, millioner bo‘lib tusharkin?.. @aloqabank_kontent

1,280 views

Posted May 14

👤 AloqaBank ilk bor 300 million AQSH dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Obligatsiyalar 5 yil muddatga, yillik 7,7 foiz kupon stavkasi bilan chiqarildi va London Fond Birjasida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Investorlar tomonidan emissiyaga katta qiziqish bildirildi — buyurtmalar hajmi rejalashtirilgan summadan qariyb to‘rt baravar yuqori bo‘ldi. Bu esa xalqaro investorlarning O‘zbekiston iqtisodiyoti va AloqaBank faoliyatiga bo‘lgan ishonchi yuqori ekanligini ko’rsatadi. Bitimda Citibank, Mashreqbank, First Abu Dhabi Bank hamda Abu Dhabi Commercial Bank bank-anderrayterlar sifatida ishtirok etdi. Ushbu muvaffaqiyatli emissiya biz uchun xalqaro moliya bozorlaridagi yangi bosqichni boshlab berib, bankning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro investorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube

298 views

Posted May 8

Yoshlar banki — "AloqaBank" tomonidan ajratilgan kreditlardan o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan, ko‘plab ish o‘rinlari yaratgan real qahramonlar misolida yaratilgan rolik. Oramizdagi yosh tadbirkorlarning safi kengayayotgani rostan quvonarli! @aloqabank_kontent

423 views
PreviousPage 1 of 5Next