Post content
Assalomu alaykum! Yaqinda “Bergamo” brendi uchun logo va brend identifikatsiyasi (branding) ustida olib borgan ishlarimizni muvaffaqiyatli yakunladim. Bergamo – bu oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, o‘z mahsulotlarini bevosita o‘z do‘konlarida xaridorlarga taqdim etadi. Brend o‘zining sifatga bo‘lgan e’tibori, zamonaviy dizayn va mustahkam mahsulotlari bilan ajralib turadi. ⚡️Nima qilindi? Asosiy logo: Brend nomi asosida — "BERGAMO" so‘zi markazda turuvchi, minimalistik va jiddiy ohangdagi logo ishlab chiqildi. Bu logo brendning ishonchliligi va zamonaviyligini aks ettiradi. ✅ Moslashuvchanlik: Logoning ikki xil variantini tayyorladik — biri keng formatli (gorizontal), ikkinchisi ixchamroq (vertikal yoki kvadrat formatga mos). Bu esa uni qadoqlash, reklama, do‘kon vitrinasi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa joylarda qulaylik bilan ishlatish imkonini beradi. ✅ Ranglar va identika: Brendga mos keladigan ranglar tanlandi — e’tiborni tortuvchi, ammo sokin va ishonch uyg‘otuvchi ohanglar asosida palitra shakllantirildi. 👀 Nega bu muhim? Bugungi raqobat kuchli bo‘lgan bozor sharoitida har bir brend o‘zining vizual qiyofasini aniq va professionallar darajasida yaratishi zarur. Logotip – bu birinchi taassurot, va biz Bergamo’ga bu borada ishonchli, zamonaviy, yodda qolarli yechimni taklif etdik. Siz ham o‘z brendingizni yaratmoqchimisiz? 📲Biz bilan bog‘laning – logotipdan tortib, to‘liq brend identifikatsiyasigacha yordam beramiz. 📱To'liq loyihani Behance orqali ko'rishingiz mumkin Murojaat uchun: 💬Khusanjon 📲 95 066 66 46 Telegram | Instagram | Behance