TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Khusanjon Jurabaev
Khusanjon Jurabaev avatar

TGINSIGHT POST

Post #1276

@astrobois_zone

Khusanjon Jurabaev

Views709Post view count
PostedDec 3012/30/2025, 09:35 AM
Post content

Post content

👀 2025 — dizayndagi burilish yili. ⭐️ Bu yil o‘zim uchun yo‘nalishimda kichkina burilish qildim — grafik dizayndan UX/UI tomonga qadam qo‘ydim va user experience bo‘yicha o‘rganishni boshladim. Boshida oson bo‘lmadi, lekin shu jarayon dizaynga bo‘lgan qarashimni ancha aniqlashtirdi: ish faqat chiroyli ko‘rinishda emas, balki foydalanuvchiga qulay va foydali bo‘lishida ekan. 🎯 2025 yil boshida o‘zimga UX/UI’ni o‘rganib, yil oxiriga borib kamida bitta ilovani real foydalanuvchilar ishlata oladigan holatgacha yetkazish maqsadini qo‘ygandim — va bunga erishdim. Yil yakunida SINO AI ilovasini ommaga taqdim qildik. Hozirda SINO AI va Mutolaa loyihalarida UX/UI dizayner sifatida ishlayapman. SINO AI ni foydalanib ko’ring va fikringizni qoldirsangiz bu menga juda muhim Keyingi maqsadim — shu sohada izchil rivojlanib, middle darajasiga chiqish va seniorlik uchun kerak bo‘ladigan bilimlarni bosqichma-bosqich yig‘ib borish. Aytgancha, sizlarda bu yil qanday o‘tdi? Izohlarda bu yilgi tajribalaringiz ulashing)