TGINSIGHT CHAT
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi
@columbia_center
PsychologyRecent posts
Page 1 of 46 · 548 posts
Posted Apr 18
The Training of Trainers (ToT) on developing a system of professional (therapeutic) foster families has been successfully completed A ToT training on “Developing professional (therapeutic) foster families for children affected by violence and those at social risk” was launched with the aim of introducing the Professional (Therapeutic) Foster Care (PTO) model based on international standards and building a pool of qualified trainers in this field. The training, held on April 15–17, brought together 28 participants, including specialists from the child protection sector of the National Agency for Social Protection, as well as trainers from the Center for Professional Development of Social Protection System Staff. At the end of the program, all participants were awarded certificates. As a reminder, the training was organized by the Center for advancing community strengths and social wellbeing in cooperation with the National Agency for Social Protection and UNICEF.
Posted Apr 17
🗣Professional (terapevtik) tutingan oilalar tizimini rivojlantirish bo‘yicha ToT trening muvaffaqiyatli yakunlandi 📝Xavf guruhiga kiruvchi bolalar uchun professional (terapevtik) tutingan oilalar (PTO) modelini xalqaro standartlar asosida joriy etish va ushbu yo‘nalishda malakali trenerlar bazasini shakllantirish maqsadida “Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan va ijtimoiy xavf ostida bo‘lgan bolalar uchun professional (terapevtik) tutingan oilalarni rivojlantirish” mavzusidagi ToT treningi boshlangan edi. ⏰15–17-aprel kunlari davom etgan mazkur treningda Ijtimoiy himoya milliy agentligining bolalarni ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishi mutaxassislari hamda Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi trenerlaridan iborat 28 nafar tinglovchi ishtirok etdi. O‘quv dasturi yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. ✅ Eslatib o'tamiz, ushbu trening Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi va UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etildi. 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn
Posted Apr 17
Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился…
Posted Apr 17
Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по поддержке социально уязвимых категорий населения, расширению и повышению качества социальных услуг, укреплению законодательной базы в сфере. #Mirziyoyev#taqdimot#ijtimoiyhimoya#ijtimoiyxizmat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Posted Apr 15
🗣“Inson” volontyorlari uchun o‘quv jarayonlari tashkil etildi 🖐 Hamjamiyatlarda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlash maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Inson” volontyorlari uchun kompleks o‘quv jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.…
Posted Apr 15
🗣“Inson” volontyorlari uchun o‘quv jarayonlari tashkil etildi 🖐 Hamjamiyatlarda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlash maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Inson” volontyorlari uchun kompleks o‘quv jarayonlari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tashabbus doirasida volontyorlar nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorlandilar. 📝 O‘quv jarayonlari davomida 250 nafar volontyor qamrab olinib, ularda amaliy yordam ko‘rsatish, aholi bilan samarali muloqot olib borish, yetakchilik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. 🤩 Shuningdek, o‘quv dasturi doirasida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi faoliyati, uning ustuvor yo‘nalishlari hamda Markaz negizida amalga oshirilayotgan “Xavfsiz bolalik” (PTP), “Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz” (SCP), “Qo‘llab-quvvatlash qo‘llari” (HoS) volontyorlik guruhlari faoliyati yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi. 🎤 Taqdimot interaktiv shaklda tashkil etilib, ochiq muloqot, savol-javoblar va muhokamalar orqali ishtirokchilarning faol ishtiroki ta’minlandi. Volontyorlar o‘z tajribalari, fikr-mulohazalari hamda yangi tashabbuslari bilan o‘rtoqlashib, kelgusidagi faoliyat uchun muhim g‘oyalarni ilgari surdilar. 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn
Posted Apr 15
🗣Xorazmda “Ijtimoiy ishda ta’lim, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusidagi trening o‘tkazildi Avval xabar qilinganidek, Xorazm viloyatida “Ijtimoiy ishda ta’lim, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusida 2 kunlik o‘quv-amaliy trening muvaffaqiyatli…
Posted Apr 15
🗣Xorazmda “Ijtimoiy ishda ta’lim, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusidagi trening o‘tkazildi Avval xabar qilinganidek, Xorazm viloyatida “Ijtimoiy ishda ta’lim, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusida 2 kunlik o‘quv-amaliy trening muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur treningning asosiy maqsadi — ijtimoiy ish sohasiga ilg‘or va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, supervayzerlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning kasbiy salohiyatini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. ⏰13–14-aprel kunlari davom etgan treningni Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabining maxsus bo‘lim direktori, xalqaro ekspert Lyudmila Kim olib bordi. 👨💻 Trening jarayonida jami 27 nafarsupervayzer qatnashib, ular qatorida Xorazm viloyati supervayzerlari bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlaridan tashrif buyurgan supervayzerlar ham faol ishtirok etdi. Bu esa hududlararo tajriba almashinuvi va o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi. 📝 Trening davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi: 🟢kompetensiyaga asoslangan ta’lim tizimini rivojlantirish va amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish yondashuvlari; 🟢motivatsion intervyu usuli hamda uning superviziya jarayonidagi samarali qo‘llanilishi. ✅Keyingi trening 27-28-aprel kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan. 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn
Posted Apr 15
▶️#LIVE 🗣Professional (terapevtik) tutingan oilalar tizimini rivojlantirish bo‘yicha ToT trening boshlandi 🤩 Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan UNICEF bilan hamkorlikda “Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan va…
Posted Apr 15
#VoiceUp2026#Biz_birgamiz #Inklyuziv_yoshlar_oromgohi “VoiceUp-2026” inklyuziv oromgohi Xorazmda 👥 Xorazmda “Voice Up – 2026” inklyuziv oromgohi start oldi. ✅Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 📝Telegram💻Instagram
Posted Apr 15
▶️#LIVE 🗣Professional (terapevtik) tutingan oilalar tizimini rivojlantirish bo‘yicha ToT trening boshlandi 🤩 Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan UNICEF bilan hamkorlikda “Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan va ijtimoiy xavf ostida bo‘lgan bolalar uchun professional (terapevtik) tutingan oilalarni rivojlantirish” mavzusida ToT dasturi o‘z faoliyatini boshladi. 📝 Mazkur o‘quv dasturi 2026-yil 15–17-aprel kunlari davom etib, Ijtimoiy himoya milliy agentligining bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho'basi mutaxassislari va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tutingan oilalarni tayyorlash bo'yicha trenerlaridan iborat 28 nafar tinglovchining ToT trenerlar sifatida nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini tizimli ravishda rivojlantirishga qaratilgan. Trening doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar qamrab olinmoqda: 🟢bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish; 🟢bolaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar; 🟢travmatik tajribalar va ularning oqibatlari; 🟢zo‘ravonlik va boshqa salbiy omillarga duch kelgan bolalarga oilaviy muhitda qo'llab-quvvatlash usullari. 📝 Mazkur treningning strategik maqsadi – xavf guruhiga kiruvchi bolalar uchun professional (terapevtik) tutingan oilalar (PTO) modelini xalqaro standartlarga asoslangan holda o‘tkazishdan iborat. 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn
Hashtags
Posted Apr 13
▶️#LIVE 🗣Xorazm viloyatida ijtimoiy ish sohasida muhim o‘quv jarayoni boshlandi 📝 Xabar berganimizdek, ayni damda Xorazm viloyatida “Ijtimoiy ishda ta’lim, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusida 2 kunlik treningga start berildi. ⏰ 13–14-aprel kunlari…