Post content
💰#TON Assalomu alaykum👋, aziz obunachilar va albatta TON kriptovalyutasi bilan shug‘ullanadigan ishbilarmonlar! BTC tomondan kelgan kuchli zarbadan keyin TON’ga nima bo‘lishi ko‘proq aynan sizlarga qiziq deb o‘ylayman.😎 Xo‘sh, unda kamarlaringizni taqing — oldinda juda qiziqarli tahlil kutmoqda 🚀 TON kuchli pasayganiga qaramay, u bozordagi mantiqiy harakatdan chiqib ketgani yo‘q. Avvalgi tahlilimda TON biroz korreksiya qiladi deb aytgan edim — ha, korreksiya bo‘ldi, lekin men o‘shanda lokal korreksiyani nazarda tutgandim. Ammo BTC juda keskin tushib ketgani sabab 📉 TON kutilyotgan ko‘tarilish o‘rniga ancha chuqurroq globallashgan korreksiyaga kirdi. Ya’ni bozor umumiy global korreksiya uchun tayyorlanayotgan-da bir paytda⌛️ TON o‘z korporatsiyasining oldinroq yakunlab qo‘ydi.✅ Bu nimani anglatadi? 🤔 Treyugolnikdan chiqishdan oldin, uning yuqori chegarasini global (3)-to‘lqin deb, past chegarasini esa (4)-to‘lqin deb hisoblash mumkin. Shundan so‘ng global maksimum – bu (5)-to‘lqin bo‘lgan. Va mana shundan keyin global korreksiya (A,B,C) boshlandi. Men grafikda buni (WXY) tarzida belgiladim. Mening bozor bo‘yicha shaxsiy ko‘rishimga ko‘ra, TON ushbu global korreksiyani tugatib, to‘liq bir siklni yakunladi. Bu holatni Elliott nazariyasiga ko‘ra yirikroq (2)-to‘lqin sifatida ko‘rishimiz mumkin. Va (2)-to‘lqindan keyin keladigan (3)-to‘lqin — eng katta, eng kuchli impuls hisoblanadi. Demak, kelajakda TON’ni juda katta parvoz kutayotgan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, Telegram ekotizimida kuchli yangiliklar, innovatsiyalar va yirik yangilanishlar bo‘lishi ehtimoli bor. Hatto TON narxi kelajakda $125 darajasini ko‘rsatishi ham mumkin. 😱 Ha, bu fantastikdek eshitilishi mumkin, to‘g‘rimi? 😃 Menga ham shunday tuyulmoqda. Lekin hozirgi texnik tahlil aynan shuni ko‘rsatmoqda.🤔 Buni esa vaqt ko‘rsatadi! ⏱ Albatta, bu faqat tahlil. Aytilganlarning barchasi — mening shaxsiy fikrim va bozor bo‘yicha o‘z ko‘rishim xolos.👀 Siz bozorni qanday ko‘ryapsiz? TON qaysi tomonga ketadi deb o‘ylaysiz? 🙃