TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Dasturlash hayoti️️ ️ avatar

TGINSIGHT CHAT

Dasturlash hayoti️️ ️

@dasturlash_hayoti

Technologies

✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha! • Reklama uchun: 👉t.me/techno_ads/243

Subscribers1.2万Current channel subscribers
Tracked posts1,006Indexed post count
Recent reach39,048Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Tag: #css · 39 posts

当前筛选 #css清除筛选

Posted May 6

Tailwind CSS yordamida saytlarni tez va oson yasaymiz! Windframe — bu Tailwind CSS yordamida veb-saytlar yaratish va ularning prototipini chizishni sezilarli darajada tezlashtiradigan ajoyib vosita. Asosiy qulayliklari: 🔹 Saytni mutlaqo noldan boshlab yig'ish imkoniyati; 🔹 Tayyor shablonlar (shablonlar) yordamida ishingizni bir necha barobar tezlashtirish; 🔹 Front-end dasturchilar uchun vaqtni tejaydigan qulay muhit. ➡️Vositadan foydalanish (Windframe) #foydali#tailwind#css#frontend#dasturlash 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

2,029 views

Posted Apr 29

👨‍💻CSS Grid bilan ishlash uchun juda foydali xizmat! Veb-sayt uchun Grid setkasini vizual yaratib, darhol tayyor CSS-kodini olib ketishingiz mumkin. Qanday ishlaydi? Qatorlar (row) va ustunlar (column) sonini, hamda ular orasidagi masofani (gap) belgilaysiz. Keyin esa hosil bo'lgan setka ichida div bloklarni sichqoncha bilan o'zingizga kerakli shaklda chizib joylashtirasiz, tayyor! ➡️ Saytga o'tish: CSS Grid Generator Frontend bilan ishlaydigan do'stlarga tashlab qo'yamiz, kod yozish vaqtini ancha tejaydi! #foydali#css#frontend 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

2,450 views

Posted Apr 27

🖥 HTML, 🖥 CSS va 🖥 JS bo'yicha yirik ma'lumotnoma! Frontend dasturlashga oid deyarli barcha texnologiyalar haqida batafsil ma'lumotlarni bitta joyda jamlagan ajoyib "spravochnik" (qo'llanma). Dasturlashni o'rganayotganlar yoki kerakli qoidalar va kodlarni esdan chiqarib qo'yadiganlar uchun tayyor shpargalka! ➡️Saytga o'tish:hcdev.ru Kerak bo'lib qolishi aniq, yo'qotib qo'ymaslik uchun saqlab oling va frontendchi do'stlarga ulashing! #foydali#frontend#html#css#javascript 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

2,029 views

Posted Apr 20

Dasturchilar uchun haqiqiy xazina: Bepul instrumentlar to'plami! Bitta saytning ichida dasturlash va dizayn uchun yuzlab kerakli vositalar (tools) jamlanganini ko'rganmisiz? Bu platformada CSS uchun tayyor generatorlar, animatsiyalar, kodni formatlash va boshqa ko'plab qulayliklar bor. Eng qizig'i — bu saytdagi bor kontentning juda kichik bir qismi xolos. Veb-dasturchilar (ayniqsa frontenderlar) uchun ishni ancha osonlashtiradi va vaqtni tejaydi! ➡️Saytga o'tish:10015.io (Eslatma: Saytga kirishda VPN talab qilinishi mumkin 🛡) 🔥 — Shunaqa foydali topilmalar ko'payib tursin desangiz, reaksiya bosib qo'yamiz! #foydali#frontend#css#dasturlash 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

2,110 views

Posted Dec 5

#css#cheatsheet 👨‍💻 CSS Cheat Sheet 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

4,590 views

Posted Oct 15

#css#frontend#dasturlashhayoti ⚙️ CSS darsi — inset xususiyati Hech top, right, bottom, left’ni har safar alohida yozishdan charchaganmidingiz? 😅 Unda tanishing — inset Bu xususiyat 4ta pozitsiya qiymatini bitta qatorda belgilash imkonini beradi. Oddiy, ixcham va zamonaviy! Misol: .box { position: absolute; inset: 10px; } Bu quyidagiga teng: .box { top: 10px; right: 10px; bottom: 10px; left: 10px; } Qayerda ishlatiladi? ◾️position: absolute; yoki position: fixed; elementlarda ◾️Kodni soddalashtirish va tozalash uchun ◾️Layout’larda aniqlik kiritish maqsadida Hozirda inset xususiyatini 98.36%brauzerlar qo‘llab-quvvatlaydi inset — bu pozitsiyalashni soddalashtiruvchi va zamonaviy CSS xususiyati. Endi kodlar yanada ixcham, toza va tushunarli bo‘ladi 😎 💻@dasturlash_hayoti — CSS, kod va dasturchilikka oid eng foydali maslahatlar shu yerda!

4,560 views

Posted Oct 10

#Frontend#Animation#CSS#JS#WebDesign#ScrollEffect#DasturlashHayoti Scroll paytida matn xiralashadigan animatsiya! Veb-saytda sahifani pastga aylantirganda (scroll qilganda) matn asta-sekin xiralashib, yana tiniqlashadi. Juda chiroyli va zamonaviy effekt 🔗Demo sahifa:tympanus.net/Development/ScrollBlurTypography 😸GitHub:github.com/codrops/ScrollBlurTypography Saytingiz tipografiyasiga bunday effekt qo‘shsangiz — foydalanuvchini vizual jihatdan jalb qilasiz 💻@dasturlash_hayoti — dasturchilar uchun eng kerakli maslahatlar, hazillar va foydali kontent!

3,370 views

Posted Sep 29

#css#frontend#dasturlash_hayoti Drop shadow va Box shadow farqi Frontend’da ishlaganda ko‘p uchraydigan narsalardan biri — soya berish 🔹box-shadow – elementning tashqi qismiga (div, button va h.k.) soya qo‘shadi. 🔹filter: drop-shadow() – esa elementning shakliga qarab soya beradi. Masalan, png rasmi fonidan tashqariga chiqmaydi. Qisqasi: box-shadow➡️to‘rtburchak shaklda soya drop-shadow➡️haqiqiy kontur bo‘yicha soya 💻@dasturlash_hayoti— Dasturchilar uchun eng kerakli maslahatlar va foydali kontent

3,450 views

Posted Sep 27

#frontend#ui#css#dasturlash_hayoti Uiverse.io: Ochiq manbali UI elementlar galaktikasi Assalom, dasturchilar! 👋 Bugun sizlarga Uiverse.io — ochiq manbali UI komponentlar toʻplami bo‘lgan samarali manzildan bahs qilmoqchiman. Uiverse.io nima? ◾️Uiverse.io — bu jamoa tomonidan ishlab chiqilgan va doim yangilanib turadigan UI elementlar kutubxonasi. ◾️Har bir UI elementi sizga HTML/CSS, Tailwind, React va Figma shaklida kod nusxasini olish imkonini beradi. ◾️Barcha komponentlar MIT litsenziyasi ostida, ya’ni shaxsiy hamda tijoriy loyihalarda bepul foydalanish mumkin. uiverse.io Qanday foydasi bor? ◾️Vaqt tejash — tayyor UI elementlardan foydalanib, butunlay noldan dizayn boshlashdan qutilasiz. ◾️Bir nechta formatda qo‘llash — sizga qulay bo‘lgan HTML/CSS, React yoki Figma formatida eksport qilish. ◾️Innovatsiyalar va ijodkorlik motivatsiyasi — jamoa a’zosiga aylanasiz, o‘z elementlaringizni qo‘shishingiz mumkin. ◾️Ochiq manba hamjamiyati — global dizayner va dasturchilar bilan aloqada bo‘lish imkoniyati. Misollar va foydalanish ◾️Agar sizga “togʻyonli tugma animatsiyasi” kerak bo‘lsa, Uiverse kutubxonasida shunday UI element topishingiz va kodini osongina loyiha ichiga qoʻshishingiz mumkin. ◾️Figma’da ishlash uchun dizayn elementini nusxalab olib, bevosita loyihangizga joylashtirishingiz mumkin. ◾️Agar siz komponent yaratgan bo‘lsangiz, uni ham Uiverse jamoasiga taklif qilib, jahon hamjamiyatiga hissa qo‘shishingiz mumkin. ⚠️@dasturlash_hayoti obunachilariga bir maslahat: Agar siz front-end, UI/UX yo‘nalishida ishlayotgan bo‘lsangiz, Uiverse.io’ni bookmarking qiling. Har safar loyihada UI kerak bo‘lsa, tezda shu manzildan ilhom olasiz. 🔁 Agar bu post sizga foydali bo‘lsa — repost qiling, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing! 💻@dasturlash_hayoti— Dasturchilar uchun eng kerakli maslahatlar va foydali kontent.

3,660 views

Posted Sep 20

#bem#css#frontend BEM — CSS klasslarini tartibga soluvchi katta ota metodologiya. 😂 Qisqasi: agar HTML/CSS’ingiz oilaviy tartibsizlik bo‘lsa, BEM uyni tozalaydi. 🔹Block — mustaqil qahramon (misol: .card) 🔸Element — qahramonning yordamchisi (misol: .card__title) 🔹Modifier — qahramonning kayfiyati yoki kostyumi (misol: .card--featured, .card__title--small) HTML misol: <div class="card card--featured"> <h3 class="card__title card__title--small">Sarlavha</h3> </div> 😅 Haqiqiy hayot stsenariysi: ◾️BEM bilan:/* hamma joy tartibda */ ◾️BEMsiz:/* 300 ta .box, 299 tasi nima uchun ekanligini hech kim bilmaydi */ 🔗 Ko‘proq: BEM Cheat Sheet —https://bem-cheat-sheet.9elements.com/ 💻@dasturlash_hayoti— Dasturchilar uchun eng kerakli maslahatlar va foydali kontent

3,720 views

Posted Jul 31

CSS’da cursor uchun mini-shpargalka Veb-saytingizdagi elementlarga sichqoncha olib borganda kursorga turli ko‘rinishlar berish mumkin. Masalan: ▪️cursor: pointer; — qo‘lcha bo‘lib chiqadi, bu element bosiladiganligini bildiradi. ▪️cursor: none; — kursorni butunlay yashiradi. Quyidagi rasmda esa 16 ta eng ko‘p ishlatiladigan cursor turlari jamlangan. 💡Shu postni saqlab qo‘ying, keyingi safar dokumentatsiyani qidirib o‘tirmaysiz! #CSS#Frontend#WebDasturlash 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va dasturlash olami haqida qiziqarli loyiha!

3,040 views

Posted Jul 19

CSS Gradientlar Kutubxonasi — WebGradients Saytingiz dizaynini yanada jozibador qilmoqchimisiz? Unda sizga mana bu bepul manba yoqadi! ✅WebGradients.com — bu 180 ta zamonaviy CSS gradient jamlangan katta kutubxona. Ular har qanday veb-loyihada fon (background) sifatida foydalanish uchun juda qulay. 💡Har bir gradient uchun: — CSS kodini birgina tugma bilan nusxalashingiz mumkin — Shuningdek, ularni PNG, PSD yoki Sketch formatida yuklab olish imkoniyati bor 💡Foydalanish juda oson: 1. Saytga kiring 2. Yoqqan gradientni tanlang 3. CSS kodini ko‘chirib oling va loyihangizga joylashtiring 🌐 Havola:webgradients.com Dasturchilar uchun juda foydali resurs — saqlab qo‘ying! #css#gradient#webdizayn#frontend#dasturlash 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va dasturlash olami haqida qiziqarli loyiha!

4,040 views
PreviousPage 1 of 4Next