TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Ikromjon Tuhtasunov | Fikrlar avatar

TGINSIGHT CHAT

Ikromjon Tuhtasunov | Fikrlar

@ikromjonstories

Politics

Siyosatshunos talaba

Subscribers360Current channel subscribers
Tracked posts172Indexed post count
Recent reach28,248Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 15 · 172 posts

Posted Mar 27

Assalomu aleykum. Ilmiy ishim doirasida so'rovnoma o'tkazayotgan edim. Agar vaqt ajratib unda, qatnashsangiz, minnatdor bo'lar edim. https://illinois.qualtrics.com/jfe/form/SV_0lmIRsVFBaaECNw

585 views

Posted Mar 31

Endi ovoz berish jarayoniga kelsak. To’g’ri u mukammal emas, ba’zi texnik muammolari balki bordir, shubxasiz bularni bartaraf etish va jarayonni takomillashtirish kerak. Openbudgetni tandiq qilayotganlar aynan ovoz berish jarayonidagi muammolar va yoki tabiiy vaziyatlarga urg’u berishyapti. Birinchi masala bu bir ovoz uchun moddiy rag’bat, tovar berish qanchalik o’rinli? Qarang, o’tgan yili bir ovoz uchun 1L suv taklif qilinayotgan edi, bu yil esa ovoz beruvchining ovozi qiymati ancha oshibdi. Chunki odamlar bilishmoqda, har bir ovozning qiymatini. Lekin ovoz berish vositasi bo’yicha men unchalik katta havotirda emasman, istalgan saylovlarda ovoz beruvchining ovozini olish uchun qandaydir ma’naviy rag’bat, va’da yoki moddiy narsa beriladi. Ovoz beruvchining ovozini olish uchun uni qanday qilib bo’lsa ham qiziqtirish kerak. Istalgan saylovlar shunday o’tadi. Kimdir mashxur artistlarning Instagrami orqali, kimdir blogerning kanali orqali, kimdir ko’chada bekatlarning yonida ovoz olish kampaniyasini olib bormoqda. Eng muhimi, ovoz beruvchida kimga ovoz berish imkoniyati paydo bo’lyapti. Menda bitta ovoz bor, shartli asfalt qilishga ovoz beraymi, yoki maktab tomini yopishgami degan yaxshi dilemma paydo bo’lmoqda. Parlamentda ham mana shunday dilemma turadi aslida. Ikkinchi masala, shartli bir mahalladagi faollar 1 milliardlik loyihani yutib olish uchun aytaylik 100 million pul xarajat qilishdi deylik. Bu xarajat ovoz olishga o’sha 1L suv, yoki boshqa moddiy marketingga ketdi deylik. Ba’zilar “bu narsa g’irt xatoku, nima uchun ular avvalambor soliqlarini to’lab undan keyin mahallaga asfalt qilish imkoniyatini yutib olish uchun cho’ntaklardan yana 100 million ishlatishmoqda?” degan savolni berishadi. Gap shundaki, bu mahalladoshlar aynan ratsional va puxta hisob-kitob qilgan holda harakatlanishmoqda deb aytish mumkin. Qarang, mikro darajada odamlar yig’ilib cost-benefit analiz qilib, break-even pointni aniqlagan holda loyihaga qo’l urishgan. Uchinchi masala bu ovoz yig’ish jarayonida maktab o’qituvchilari, o’quvchilari, va boshqa byudjet ishchilari majburiy-ixtiyoriy ravishda qatnashayotgani deb aytilishi mumkin. Ko’chada o’qituvchilar ovoz olish uchu “yalinib” yurishlari qanchalik to’g’ri degan o’rinli savol berilishi mumkin. Agar shunday bo’lsa muammo bu yerda Openbudgetda emas, balki aksincha, Openbudget boshqa muammoga ishora qilyapti xolos, menimcha. U ham bo’lsa o’sha eski muammo - joylarda majburiy mehnat, buyruqbozlik alomatlari. Openbudget parlamentning barometri bo’lgani kabi, boshqa mavjud bo’lgan muammolarni ham yuzaga chiqarib berayapti xolos. Mana shu va boshqa ovoz berishdagi ba’zi logistik kamchiliklarni deb fuqarolar o’z soliqlarini bevosita taqsimlanishida qatnashishni boshlaganliklarini bekor qilishimiz menimcha xato bo’ladi. Aytaylik, Openbudget tanqidchilarga yoqmadi, va uni bekor qilish kerak deyishmoqda. Alternativa qanday? Status-kvoni qoldirish kerakmi? Hech kim soliqlar taqsimotida qatnashmasin, bunday imkoniyatdan maxrum etilsin, va joylarda qayerda asfalt qilish, qayerga ichimlik suv o’tqazish va qaysi maktabni tomini yopishnii faqat va faqat davlat qilib berishi kerak ediku deb yillar davomida kutish kerakmi? Openbudget haqida podkastimizda batafsil gaplashganmiz. Mavzuga oid avvalgi postlar: 1, 2, 3, 4… 2/2 @uzbekonomics

1,770 views

Posted Mar 31

"Openbudget - Tashabbusli byudjet" haqida yana bir bor. Men uchun bu loyiha haligacha O’zbekistonda oxirgi yillarda sodir bo’lgan eng zo'r jarayonlardan biri. Bu haqda avvalroq bir necha marotaba yozganman. Bu yil turli fikrlar va voqealarni kuzatar ekanman, ikki o’g’iz fikrimni (ba’zilari takroriy bo’lsa ham) bildirib ketay. Birinchidan, “o’zbekistonliklar o’z soliqlari taqsimlanishida, mahalliy saylovlarda va fuqarolik jamiyati qurishga qiziqish bildirmaydilar, biz boshqachamiz, biz unga va bunga tayyor emasmiz” mazmunidagi shablon gaplarni ba'zida eshitamiz. Shu gaplar to’g’ri emasligiga dalilni aynan "Tashabbusli byudjet” loyihasi ko’rsatib bermoqda desam ham bo’ladi. Biroz bo’lsa ham fuqarolik jamiyati paydo bo’layotgani, fuqarolar o’z soliqlari taqsimotida faollashib borayotganlari faqat va faqat yaxshi emasmi? Ikkinchidan, aslida Openbudget parlament qilishi kerak bo’lgan ishni qilyapti. Byudjet, soliq to’lovchilarning pullari taqsimoti aslida uning asosiy maydonida, parlamentda xalq vakillari orqali bo’lishi kerak edi. Openbudget atrofidagi hozirgi faollik bizga shu jarayon keyingi bosqichda chinakamiga parlamentga ko’chishiga, tuman, hududlardan saylagan deputatlar o’z ovoz beruvchilariga nima kerak ekanligini boshqa xalq vakillari oldida bahslashib kelishishlariga va nihoyat parlament degan institut to’liq tashkil topishiga menda umid bor. Uchinchidan, erkinlik va rivojlanishning garovi o’sha oddiy savollarda va unga javob izlashda yotadi: "soliqlarim qayerga ketayapti, nimalarga sarflanyapti? Nima uchun mening soliqlarim taqsimoti mensiz bo’lyapti?” Bu savollar sizni o’ylantirishi kerak, uni berishingiz kerak, javob izlashingiz kerak. Tashabbusli byudjetga qarshi tanqidiy fikrda bo’lganlar aytadi: “Bu narsa uchun davlat borku, bu loyihalar barchasi o’zi qilinishi kerak bo’lgan ishlarku. Biz soliqlarni to’lab qo’yganmizku, vazifamizni bajarib qo’yganmizku, endi davlat o’z ishini qilsin, axir ular maosh oladilar, axir ular bunga majbur” degan. Ha balki, lekin davlat ota emas, u bizga hamma narsani muhayyo qilib beradigan kuch ham emas. Davlat bu odamlardan alohida tekislikda faoliyat olib boradigan idora, mavhum mashina ham emas, balki shu odamlarni o'zidan vaqtincha tayinlangan boshqaruv instituti. U samarali ishlashi uchun unga checks and balances kerak, uning kuchi tiyib faoliyati nazoratda bo’lishi kerak. Soliq to’lovchi o’z soliqlarini vakillari orqali boshqa soliq to’lovchining vakillari bilan kelishib-baxslashib taqsimlashlari, uning ijrosini ijro hokimiyati qilish kerak ekanligi va uning ustidan nazorat bo’lishi kerak ekanligini qayta-qayta eslab turishimiz kerak. To’rtinchidan, meni quvontirayotgan kuzatuvlardan biri insonlarda “bu bizning pulimiz, davlatniki emas, davlat bizning tumanga, qishloqqa qachon pul ajratar, qachon asfalt qilar ekan deb kutib o’tirguncha, o’zimiz shuni faolroq bo’lib qilsak bo’lar ekan” degan tushunchalar ko’paymoqda. Oddiygina raqamlarga ko’ra, bu mavsumgi loyihada shu damda qariyb 13.4 million o’zbekistonliklar ovoz beribdilar. Juda katta raqamku bu. 1/2

1,160 views

Posted Mar 31

Ochiq budget bo’yicha bu yerda aytilgan juda ko’p fikrlarga qo’shilaman. Darhaqiqat, Tashabbusli byudjet loyihasi so’nggi yillardagi eng ilg’or islohotlardan biri bo’ldi. “Policy design” (ishlash mexanizmlari desak bo’lar) bo’yicha kamchiliklar mavjud, lekin bu islohot rivojlnashimiz uchun muhim ro’l o’ynaydi degan fikrdaman.

993 views

Posted Jun 25

❗️Конституцияга киритилаётган ўзгартиш ва қўшимчаларда Президент ваколат муддатини беш йилдан етти йилга ўзгартириш таклиф қилинмоқда.

1,300 views

Posted Jun 22

Tonirovka haqidagi diskussiya — bu doimgidek hokimiyatlar boʻlinishi haqidagi diskussiya boʻlishi kerak edi, lekin doimgidek unday diskussiya boʻlmayapti. Tonirovka — boshqa barcha aholidan pul olish turlari va holatlari kabi — hukumatni va ijro oʻrganlarini vakolati va vazifasi emas. Hozirgi qonunchilikda bu faqat va faqat parlament hal qiladigan vazifa. Qancha turishi, qanday shartlari boʻlishi — bularni barchasi parlamentni vazifasi. Xuddi shunday, deylik haydovchilik guvohnomasi masalasi ham, qonun ishlab chiquvchi oʻrganlarni masalasi — qonun darajasidagi hujjat buni hal qilishi kerak. Oʻzi eslatma tariqasida — Oʻzbekistondagi barcha soliq va toʻlovlar, davlatga toʻlanadigan har bir tiyiningizni sababi va shartlarini belgilash, faqat va faqat parlamentni vazifasi (buni nomi “soliq”, “patta”, “boj” yoki “jarima” boʻladimi — farqi yoʻq). Parlament oʻz vazifa va vakolatlarini, oʻzi shundoq ham boshqa ishi koʻp boʻlgan hukumat va ijro oʻrganlariga berishi — katta konstitutsiyaviy muammo. Shuning uchun bu masalani oʻz uyiga parlamentga qaytarish kerak va Ichki Ishlar Vazirligini bunday bosh ogʻriq va muammolardan erkin qilish kerak. Agar millat vakillariga IIVni ekspertiza va mutaxassislari fikri kerak boʻlsa, yoki qiziq boʻlsa, unda ularni ekspertlar sifatida qonun qabul qilayotganda chaqirib fikrlarini bilsa boʻladi. Hukumat qonunga amal qiluvchi organ, ishlab chiquvchi emas. Demak bu masalada soʻz faqat deputatlarda boʻlishi kerak.

1,310 views

Posted Apr 3

Ukrainadagi urush odamlar naznida biroz unutila boshlangandek tuyilayotgandi. Rossiya va Ukraina o’rtasida dastlabki muzokaralar natijasi nisbatan muvaffaqiyatli yakunlangani hamda Ukraina himoya frontida ko’p yutuqlarga erishgani ortidan vaziyat biroz yumshagandek—deeskalatsiya bo’lgandek tuyilgandi. Lekin Rossiya harbiylari biroz ortga chekinar ekan, ular nafaqat Ukraina shahar qishloqlarini vayrona holatda tashlab ketishmoqda, shu bilan birgalikda, juda qo’rqilganidek, tinch aholi vakillarini o’ldirib ketishmoqda. Ukrainining Bucha shahrida Rossiyalik harbiylar oddiy aholi vakillarini qo’llarini bog’lab, ularni qatl etgan holatda ularning uylari oldida va ko’chalarda qoldirib ketishgan(buni tasqidlaydigan dalillar yetarli, lekin ularni ko’rish yurakni ezadi). Katta ehtimol bilan bu holat Ukrainaning boshqa hududlarida ham uchramoqda. Afsuski, bu ma’nosiz urushning qurbonlari nafaqat harbiylar, balki tinch aholi vakillari bo’lib qolmoqda. Albatta, bunday harakatlarni umuman oqlab bo’lmaydi va hech qachon unutilmaydi. 21-asrga kelib ham urush balosi hamon mavjudligini o’ylash judayam og’riqli.

1,970 views

Posted Mar 6

​Neft-gaz sanksiyalardan yiroq, lekin baribir sanksiyada Rossiyaga qarshi sanksiyalar G’arb davlatlari uchun zararini kamaytirish, ayniqsa neft-gaz bozoridagi bo’lajak tahdidlarni bartaraf etish uchun bu soha sanksiyalar paketiga kiritilmadi. Ya’ni bu soha deyarli avvalgidek ishlashi mumkin ekanligi ta’kidlandi. Lekin har qanday sohada kuzatilayotganidek, neft-gaz sohasidagi yirik G’arb kompaniyalari Rossiya bozorini tark etishmoqda. Sansiyalar qo’llanilmagan bo’lsada, bu kompaniyalar o’zlarini-o’zlari sanksiya qilayotgandek. Rossiya “bekor qilish madaniyati (“cancel culture”) qurboniga aylangan birinchi davlat bo’lishi ortidan ushbu kompaniyalar ham oddiy iste’molchilar tomonidan “otmen” bo’lib ketishdan o’zini olib qochishmoqda. Bundan tashqari, investorlar kelajakdagi moliyaviy va siyosiy risklarga darhol javob berishpayti. Rossiya boshlagan urush ushbu kompaniyalarda kim tarafda bo’lish borasidagi ma’naviy-ahloqiy savolni ham ko’taryapti va bu biznes uchun hatto faqat foyda tomonidan o’ylaganda ham muhim savol. O’zim yashayotgan AQShdagi kichik shaharda urush boshlanishidan avval benzin narxi bir gallonga (3.78 literga) $3.55 atrofida edi. Urushni 2-kuni taxminan $3.85 ga ko’tarildi. Hozir esa $4.15. Umuman olganda, AQShda 1970-yillardagi kabi energiya inqirozi bo’lishidan havotir olishadi va AQSh bunga strategik neft rezervlari uchun bunday holatga o’zini yaxshi tayyorlagan. Rossiyadan AQShga neft importi uncha ko’p ham emas, taxminan umumiy importning 3% ni tashkil qiladi. Lekin dunyo neft bozoridagi avvaldan o’sib borayotgan narxlar va hozirgi tahlikali holat AQShga ta’sir qilmay qolmaydi. Sentabrda AQShda kelganimda yuqoridagi benzin narxi taxminan $3.15 edi va u bugunga kelib 1 dollarga oshdi. Bu bitta sedan mashinaga to’la yoqilg’i quyish taxminan $10 ga qimmatladi degani. Hozirgi kundagi AQShdagi yuqori darajadagi inflatsiyani hisobga olganda va bu saylovchilar ovozlarida o’z aksini topadi deb baholasak, bu o’zgarishlar muhim siyosiy ahamiyatga ega, ayniqsa bu yilgi Kongressga bo’ladigan “mid-term” saylovlar va, garchi gapirishga hozir erta bo’lsada, 2024-yilgi prezident saylovlari uchun.

2,070 views

Posted Mar 4

Sanksiyalar Sanksiyalar siyosatshunoslik fanida sanksiya qo’llanilgan davlat amaldagi siyosatni o’zgartiradimi degan savol ostida ko’rib chiqiladi. Bunga ko’ra, sansiyalar unchalik muvaffaqiyatli emas. Sanksiyaga uchragan davlatlar ko’p holatda amaldagi siyosatlarini o’zgartirishmaydi. Lekin yana bir muhim savol ham bor: Sanksiyalar kelajakdagi shunga o’xshash sanksiyalanadigan harakatlar sodir bo’lishini oldini oladimi? Bunga javob berish qiyin. Dunyo o’zgardi va Rossiya boshqa davlatni bosib olishga urunish orqali bunday harakatlar uchun pretsedent yaratgandek. Shu bilan birgalikda esa, sanksiyalar nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ma’naviy jihatdan ham oddiy aholiga ham Rossiya oligarxlariga ham avval kuzatilmagan bosimlar yuklamoqda. Urush hali davom etyapti va sanksiyalar hali davom etishi mumkin. Biz bularning barchasi qanday tugashini bilmaymiz. Lekin uning natijasi boshqa potensial agressor davlatlar uchun hisob-kitoblarini o’zgartirib yuborishini tasavvur qilish mumkin.

1,450 views

Posted Mar 1

Putinni yaxshi strateg deb atashni bas qilish kerak Avtoritar davlatlarda rahbarlar uzoq yillar hukmronlik qilishlari ortidan ularni strategik qarorlar qabul qilishga qobiliyatlari ko’proq degan qarashlar mavjud. Ayniqsa, Putinga o’xshagan rahbarlar boshqaruvda uzoq qolishlarini istab, 8-10 yoki 20 yillik rejalar tuzishadi deydiganlar topiladi. Misol uchun, hozirgi paytdagi Rossiya 2000-yillardagi Rossiya bilan solishtirganda ancha harbiy jihatdan rivojlanganroq ekanligini inkor qilish qiyin. Bundan tashqari, Putinni Qrimni anneksiya qilishi va Suriyadagi harbiy harakatlari ortidan uni hisob-kitobli risk oladigan, samarali strateg deb atashardi. Deyarli har safar kutilgmagan qaror qabul qilib, G’arb davlatlarini hayratda qoldirardi. Lekin diktatorlarga xos yana bir boshqa xususiyat shuki, ular odatda yolg’izlanib qolishadi. Atroflaridagi uning fikrini ma’qullaydigan bir necha kishinida eshitadigan hamda uni fikriga qarshi fikr bildiradiganlarga yopiq bo’lishadi. O’zlarining ishongan dogmalariga mahkum bo’lib qolishadi. Dunyo ular tasavvur qilganlaridek ishlaydi deb o’ylashadi. Bu deyarli uzoq vaqt hukmronlik qilgan har qanday diktatorga xos. Ular risklarga notog’ri baho bera boshlashadi va oxir-oqibat bir notog’ri qarorni orqasini yopish uchun boshqa undanda yomonroq qaror qabul qilishadi. Putin Ukraina bo’yicha ikkita katta yaxshi hisob-kitob qilinmagan riskni amalga oshirdi. U Ukraina hozirgidek bardovom va sobitqadamlik bilan qarshilik qilishini kutmagani aniq. Bundan tashqari, G’arb urushdan avval Rossiya masalasi bo’yicha bo’linganini hisobga olib, ular Ukrainaga urush ochilsa bunchalik birlashib ketishlarini kutmagan bo’lsa kerak. Hozir Rossiya agressiyasiga qarshi nafaqat Yevropa, balki deyarli butun dunyo birlashdi. Afsuski, boshqa davlatlarning Rossiyaga nisbatan qahri Rossiya hukumati va unga yaqin doiralar bilan cheklanmaydi. Oddiy Rus xalqi buning aziyatini yillar davomida nafaqat o’z yurtida, balki chet elda ham his etishi turgan gap. Ushbu oqibatlarni ayniqsa “bekor qilish madaniyati (cancel culture) paytida oldindan taxmin qila bilmaslik– bu katta xato. Lekin Putin yaxshi strateg emasligiga boshqa strategik xatolari dalolat beradi. Rossiya Ukrainaga hujum qilishi oqibatida bosib olishdan ko’zlangan strategik ikkita maqsad–NATOni Rossiya tomon yaqinlashishini cheklash va Ukraina demokratik davlat o’laroq Yevropa Ittifoqiga qo’shilishini oldini olish—aksincha trayektoriga ega bo’ladigan ko’rinadi. Rossiya hujumi natijasida endi NATO Boltiq bo’yi davlatlari harbiy himoya tizimi kuchaytiradi. NATOga a’zo bo’lmagan boshqa Yevropa davlatlari ham NATOga kirishga harakat qiladi, Umumiy olganda, Rossiya hujumi NATO nima uchun mavjud bo’lishi kerakligini isbotlab berdi. Ukrainaning demokratik davlatga aylanishi va keyinchalik Yevropa Ittifoqiga qo’shilishi– agar Rossiya bosqinidan omon qolsa (shunday bo’lsin) – ehtimoli oshadi. Ukrainada Rossiya siyosatini yoqlaydigan siyosiy kuchning shakllanishi esa endi juda qiyin. Garchi vaqt oliy hakam bo’lsada, Putinning Ukrainaga hujumi strategik xato ekanligini hozircha ko’pchilik tushunib yetdi. O’zi shuni tushunib yetsa edi. Putin endi urush qanday ketishiga qarab boshqa notog’ri hisob-kitob qilingan risklarni olishi va noratsional bo’lgan qaror qabul qilishidan ajablanmaslik kerak. Qayerdadir o’qigandim: “strategiyaning asosi nima qilmaslikni anglab yetish”. Putin urushni to’xtatishi boshqa muqobil variantlarni o’ylaganda o’zining hukmronligi davomiyligi uchun ham ratsional qaror bo’lardi.

4,240 views

Posted Feb 17

Siyosatshunoslikda eng nufuzli jurnallardan biri hisoblangan APSR da ko’p muhokamalarga sabab bo’lgan maqola e’lon qilindi. U maqolaga ko’ra, pandemiya kabi favqulotda holatlarda ya’ni jamiyat xavfsizligiga zarar yetishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan demokratik va inson huquqlarga mos bo’lmagan qarorlar ham legitim hisoblanishi mumkin. Maqola muallifiga ko’ra, iqlim o’zgarishi kelajakda Covid pandemiyasidan ham yomonroq oqibatlarga olib kelishini hisobga olganda davlatlar tomonidan avtoritar ko’rinishdagi legitim bo’lgan ko’plab qarorlarni kutushimiz mumkin. Bu fikrlar siyosatshunoslar o’rtasida katta bahslarga va mish-mishlarga sabab bo’ldi. Bir tomondan olib qaraganda, siyosiy legitimlilikning manbayi bu demokratiya ya’ni odamlar huquqlarni buzmagan holda, umumiy e’tirof etilgan normalar asosida qabul qilingan qarorlar hisoblanadi. Pandemiya tufayli demokratik davlatlarda ham insonlarning birlamchi ehtiyojlariga ma’lum cheklovlar o’rnatildi. Erkin harakat qilish va to’planishni cheklash, maska majburiyligi va hozirgi kundagi vaksina mandatlari ham shular jumlasidan. Bu qarorlar jamiyat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingani ortidan ularni legitimligi ma’lum darajada ta’minlandi. Garchi ba’zi qarorlarga haligacha yetarlicha qarshiliklar bo’lib kelmoqda. Lekin ikkinchi tomondan esa demokratik legitimlilik juda muhim qadriyat va uni buzilishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Davlat pandemiya kabi favqulotda vaziyatlarda eng samarali qaror qabul qila olishga asosli shubhalar mavjud. Masalan, dastlab maska taqish kerak emas deyishdi, keyinchalik taqishni shart qilishdi va qisman bu cheklovni yengillashtirishdi. To’g’ri, AQShda umumilliy maska mandatini qo’llashga erisha olishmadi, lekin imkon topishsa qilishardi. Shunday holatlarda davlatning avtoritar qarorlar qabul qilishi chegarasini kim belgilaydi? Albatta, nazariy jihatdan sudlar bunday vazifalarni amalga oshirishadi, lekin ularning ham vakolati va resusrlari ma’lum daraja cheklangan va sud jarayonlari uzoq vaqt olishi mumkin. Davlat avtoritar choralarga o’tishdan avval aholiga tushuntirish va ularni ixtiyoriy tarzda bu qarorlarga amal qilishga ko’ndirishlari kerak. Bu davlatga ishonch pasaygan paytda demokratik davlatlar uchun mushkul masala, lekin bundan boshqacha yo’l demokratik emas. Bundan tashqari, pandemiya kabi favqulotda vaziyatlar ham to’laligicha jamiyat xavfsizligi masalasi emas. Bunday masalalar ancha siyosiy ko’rinish olishi mumkin va boshqa masalalar prizmasidan ko’rish mumkin. Iqlim o’zgarishi ham shunday siyosiylashgan masalalardan biri. AQShda iqlim o’zgarishi muammosining ko’lami ham, uning yechimi ham o’ta bahsli hamda uni tenglizlik va irq masalalariga ham bog’lashadi. Ya’ni iqlim o’zgarishini favqulotda vaziyat sifatida e’lon qilib, avtokratik qarorlar qabul qilish hukumat tepasidagi siyosatchilarni manfaatdor qiladi va ko’proq bo’linishga sabab bo’lishi mumkin. Siyosatchilar keyinchalik har qanday katta muammoni favqulotda holat deb atab, avtokratik qarorlar qabul qilishlaridan kim ushlab qoladi ularni? Siyosiy legitimlilikning asosiy vazifasi esa qarorlarni ko’pchilik tomonidan ma’qullanishi hamda jarayon qonun va umum qabul qilingan normalarga amal qilishi hisoblanadi. Avtoritar qarorlar legitimlilikning ta’minlanishi esa demokratiyaning eng muhim asosini yemirishi mumkin.

9,260 views

Posted Dec 16

O’zimizning tariximizda ham bunday shaxslar yetarli. Balki ular aynan demokratiya atamasi ostida kurashmagandurlar. Lekin ularning g’oyalari asosida millat ozodligi va erkinligi yotgan. Ular millat taqdirini faqat millat hal qilishini hoxlashgan. Millat o’zi xohlagan hukmdorni tanlay olishini va kezi kelganda qonuniy yo’l bilan uni rahbarlikdan ayirishni istashgan. Hech kim hech narsaga majburlanmasligini xohlashgan. Jamiyatda adolat bo’lishini xohlashgan. Ular hukmdorlikni omonat deb hisoblab, hukmdor xalq oldida hisobdor ekanligiga ishonishgan. muhim qarorlarni qabul qilishga xalq qudrati yetarli deb hisoblashgan. Erkin millatgina rivojlangan iqtisodiyot va farovonlikni yaratia olishiga ishonishgan. Bularning bari demokratiya bo’lmay nima? Demokratiya emas, boshqacha atasak ham mayli. Bu yerda demokratiyaning qandaydir nomukammal, abstrak shakli nazarda tutilmayapti. Yoki demokratiya so’nggi maqsad sifatida emas aynan millatni erkinlik va adolatga olib boradigan vosita yoki yo’l sifatida nazarda tutilyapti. Agar demokratik davlatlar tajribasiga qarasak, demokratiyaning yaralishi tabiiy jarayondek kechgan. Ya’ni tarixiy jarayonlar odamlarda o’z erklarini himoya qilish, ozodlik uchun demokratiya eng muqobil yo’l ekanligini anglab yetishlari orqali vujudga kelgan. Erkinlikni chegaralanishi erkinlikning qadrini yaxshi biladigan va unga erishishga qat’iy bel bog’lagan yetakchilarni yaratgan. Ularni erkinlik va adolat yo’lida kurashi demokratiyani qo’llab-quvvatlagan va uni qadriyat sifatida shakllanishiga olib kelgan. Bizda ham erkinlik, tenglik va adolatni mahkam tutganlar yetarlicha bor, manimcha. Mamlakat bo’ylab 250 tadan ko’p chiqsa kerak. Lekin ular Oliy Majlis binosida yoki boshqa muhim kursilarida o’tirishadimi yoki yo’qmi degan savolga ko’pchilikda darhol javob bo’lsa kerak. Lekin shu yetakchilarning har birida tarixga yaxshi nom bilan kirish imkoni mavjud. Tarix barchamizga ko’z tikib turibdi. (2/2)

2,140 views
123•••10•••1415
PreviousPage 1 of 15Next