Post content
🚨 MUHIM XABAR: Kanada JCH-2026 viza firibgarligidan ehtiyot bo‘ling! 🇨🇦⚽️ Kanada Immigratsiya, Qochoqlar va Fuqarolik ishlari vazirligi (IRCC) ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yolg‘on ma’lumotlar yuzasidan rasmiy ogohlantirish berdi. Haqiqiy holat quyidagicha: ❌ "FIFA Vizasi" mavjud emas: Jahon chempionati uchun sizga Kanadada ishlash yoki doimiy yashash huquqini beradigan maxsus viza turi yo‘q. Turist vizasini olib chempionatga kelsangiz bo'ladi. Ishlash mumkin emas. ⚠️ Agentlarga ishonmang: Sizga musobaqa bahonasida kafolatlangan kirish yoki ishlash ruxsatnomasini va‘da qilayotgan agentlardan uzoqroq yuring. Yaxshilab so'kishga ham ruxsat bor! 🙃 ✅Faqat Rasmiy Yo‘l: Mehmonlar belgilangan muddat tugagach, mamlakatni tark etishlari shart. Vizaga faqat Kanadaning rasmiy hukumat sayti orqali topshiring. Marhamat, https://www.canada.ca/en/immigration-refugees-citizenship/campaigns/soccer-2026.html ⚡️Firibgarlarning futbolga bo‘lgan qiziqishingizdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang. Do‘stlaringizni ogohlantirish uchun ushbu xabarni ulashing! ❤️ Kanada haqida haqiqatlarni aytadigan zo'r kanalga do'stlaringizni ham taklif qiling. Bu uchun sizga bitta "I love you!"- https://t.me/rakhmadsobirov #KanadaImmigratsiya#JCH2026#FIFA26#Firibgarlik#KanadaViza