TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Kun.uz AI avatar

TGINSIGHT CHAT

Kun.uz AI

@kunuzai

Technologies

Sun'iy intellekt Kun.uz nigohida. Yangiliklar, tahlillar va insaydlar

Subscribers3,870Current channel subscribers
Tracked posts208Indexed post count
Recent reach81,410Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 18 · 208 posts

Posted Jul 17

“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat ➥ Batafsil: https://kun.uz/68996686

5,570 views

Posted Mar 16

Temir yurak bilan yashagan odam, 65 mln soʻmlik kolyaska - TEXNODAYJEST Texnologiya olamida yana bir qiziqarli hafta yakunlandi! Bu vaqt oralig'ida kutilmagan yangiliklar, aqlni lol qoldiruvchi ixtirolar va kelajakni yaqinlashtirayotgan kashfiyotlar sodir bo'ldi. 📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING

11,800 views

Posted Mar 14

🎧 AirPods endi gapni real vaqtda tarjima qiladi 🌍 Apple kompaniyasi kuzda AirPods quloqchinlariga nutqni boshqa tillarga sinxron tarjima qilish funksiyasini qo‘shadi. Bu haqda insayder Mark Gurman xabar berdi. Yangi funksiya iOS 19 bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda. Bu yangilik biznes egalari, IT-mutaxassislar va xorijiy mijozlar yoki sayyohlar bilan ishlovchilar uchun juda foydali bo‘lishi mumkin. Batafsil Bloomberg saytidan o‘qishingiz mumkin. #Apple#AirPods#AI#Texnologiyalar 📡@kunuzai

10,600 views

Posted Mar 14

🔌Anthropic yangi MCP protokolini ishga tushirdi — AI dunyosi uchun USB-C analogi! Anthropic kompaniyasi Model Context Protocol (MCP) standartini taqdim etdi. Bu nima degani? Sodda qilib aytganda, AI-agentlar va dasturlar turli ma’lumotlar, vositalar va bir-biri bilan bog‘lanishi uchun universal protokol — xuddi USB-C kabi, lekin sun’iy intellekt uchun. Hozircha loyiha boshlang‘ich bosqichda, lekin potensiali juda katta. Masalan, videoda Claude AI aynan MCP orqali Blender dasturiga ulanib, matndagi tavsif asosida 3D-animatsiyani boshqarmoqda. Bu nima uchun muhim? Tez orada istalgan dastur AI bilan murakkab integratsiyalarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri "suhbatlasha" oladi. Bu esa ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtirishni osonlashtiradi: video montaj va grafik dizayndan tortib, CRM tizimlarini boshqarish, Notion’da kontentni avtomatik tahrirlash yoki Excel’da ma’lumotlarni tahlil qilish kabi vazifalar ancha soddalashadi. Yangi protokol yordamida AI ilgari API cheklovlari tufayli foydalanilmay kelgan o‘nlab vositalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa dizayn, dasturlash, marketing va tahlil kabi yo‘nalishlarni sezilarli darajada tezlashtiradi. #Anthropic#MCP#AI#Texnologiya 📡@kunuzai

7,830 views

Posted Mar 14

Bir yil oldin sun’iy intellekt orqali yaratilgan videolarda eng katta muammo – qahramonlarning turli kadrlar davomida o‘xshashligini saqlash va ularni realistik ko‘rsatish edi. Bugungi kunda generativ AI bu muammoni hal qildi: personajlar har bir kadrda bir xil ko‘rinadi, yoritish va kompozitsiya esa professional kinoga yaqin sifatga yetdi. Bundan tashqari, video yaratish vositalari ham jadal rivojlanmoqda. Agar bu texnologiyalarni didi shakllangan, montaj qoidalarini yaxshi biladigan mutaxassis qo‘lida yordamchi sifatida ishlatsa, bugunoq to‘liq shakldagi mini-filmlar yaratish mumkin - АйPulatov #AI#Video#Texnologiya#Trend 📡@kunuzai

6,780 views

Posted Mar 13

🧑‍💻Dasturchilar kasbi bir yil ichida yo‘q bo‘ladimi? Anthropic kompaniyasi rahbari Dario Amodei dasturchilar kelajagi haqida keskin bayonot berdi. Uning fikricha, 3–6 oy ichida kodning 90 foizini sun’iy intellekt yaratadi, bir yildan so‘ng esa bu ko‘rsatkich 100 foizga yetadi (x.com). Lekin mutaxassislar fikricha, dasturchilar umuman yo‘qolmaydi. Ularning vazifasi o‘zgarib, kod yozishdan ko‘ra, sun’iy intellekt ishini nazorat qilish va strategiya belgilashga aylanadi. #AI#Dasturlash#Kelajak

5,240 views

Posted Mar 12

🎨ChatGPT IT bozori qoidalarini o‘zgartirmoqda – AI-mutaxassislarga talab 68% ga oshdi! ChatGPT paydo bo‘lganidan beri sun’iy intellekt bilan bog‘liq bo‘lgan ish o‘rinlariga talab keskin oshdi. 2024-yil oxiriga kelib, bunday vakansiyalar soni 68% ga ortgan. Shu davrda umumiy IT-vakansiyalar soni esa 27% ga kamaygan – texnologiyalar bozorida AI tobora muhim bo‘lib bormoqda. Ayniqsa AQSh IT bozorida sezilarli o‘zgarish bor: IT-vakansiyalarning 25 foizida AI-ko‘nikmalari talab qilinmoqda. Katta o‘zgarishlar oldindami? Ko‘ramiz! Batafsil: WSJ 📡@kunuzai

5,070 views

Posted Mar 11

Alibaba Cloud SI-texnologiyasini HONOR smartfonlari va Zeekr elektromobillariga olib kiradi Xitoy texnologiya giganti Alibabaʼning bulutli xizmatlar boʻlimi (Alibaba Cloud) smartfon ishlab chiqaruvchi HONOR va aqlli elektromobillar ishlab chiqaruvchi Zeekr kompaniyalari bilan hamkorlik boshladi. Alibaba Cloud ikkala kompaniyaga ham oʻzining yirik miqyosdagi til va multimodal SI-modellarini taqdim etadi. Bu esa smartfon va avtomobillarga generativ sunʼiy intellekt texnologiyalarini olib kirishga imkon yaratadi. HONOR bilan hamkorlik doirasida Alibaba Cloud kelajakdagi smartfonlar uchun yangi SI-ekotizimini qurmoqchi. 📌Izoh: Alibaba Cloud – bulutli hisoblash va sunʼiy intellekt xizmatlarini taqdim etuvchi platforma. HONOR va Zeekr mahsulotlari Oʻzbekiston bozori uchun ham dolzarb hisoblanadi. #Alibaba#SuniyIntellekt#Smartfonlar#Elektromobillar#Texnologiya 📡@kunuzai

5,270 views

Posted Mar 11

📱OpenAI yangi sunʼiy intellekt (SI) agentlarini oyiga $20 000 gacha sotmoqchi OpenAI kompaniyasi yaqin orada bir nechta yangi mahsulotlar – sunʼiy intellekt (SI) agentlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. SI-agent – bu odam ishtirokisiz, mustaqil ravishda vazifalarni bajaradigan dastur. Misol uchun, bunday agentlar mijozlarni saralash, dastur yozish va boshqa murakkab vazifalar uchun ishlatiladi. Ularning narxlari vazifaga qarab farqlanadi: Yuqori daromadli mutaxassislarga mo‘ljallangan agent – oyiga $2 000; Dasturchilar uchun mo‘ljallangan agent – oyiga $10 000; Eng qimmat agent esa doktorlik (PhD) darajasidagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning narxi oyiga $20 000 ga yetishi mumkin (The Information). #OpenAI#SuniyIntellekt#Texnologiya#Biznes 📡@kunuzai

5,200 views

Posted Mar 8

🌕 Oyga xususiy modul qo‘ndi — tarixiy missiya boshlandi! Nokia va NASA’dan keyin, endi Firefly kompaniyasining «Blue Ghost» kemasi ham Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu missiyada olimlar 10 ta ilmiy qurilmani sinovdan o‘tkazadi, shuningdek, ilk marta 16-mart kuni Oyda Quyosh tutilishini suratga oladi. Shu kuni Yer Oyni toʻliq soya ostida qoldiradi. Missiya Oyda tungi vaqt boshlanishi bilan yakunlanadi — tungi qorong‘ulik Oyda taxminan ikki hafta davom etadi va qurilmalar bunday ekstremal sovuqda ishlay olmaydi. 📌 Bu Oy tadqiqotlarida xususiy kompaniyalar ishtirokidagi yana bir katta qadam boʻldi. #Oy#BlueGhost#NASA#Ilm#Kosmos 📡@kunuzai

5,760 views

Posted Mar 8

🌕Oyda endi 4G internet bor — NASA va Nokia hamkorlikda yangi aloqa tizimini ishga tushirdi! Oy yuzasiga Lunar Surface nomli aloqa tizimi oʻrnatildi. Bu texnologiya tufayli robotlar, lunoxodlar va boshqaruv markazi oʻrtasida yuqori sifatli 4K video yuborish mumkin boʻladi. Aloqa sifati yaxshilandi, pingi ham keskin kamaydi — endi robotlarga buyruqlar juda tez yetkaziladi. 🚀 Kelajakda fazogirlar oyda ham yaqinlaridan kelgan tabriknomalarni qabul qilishi mumkin! 👉Batafsil maʼlumot NASA saytida #NASA#Nokia#Oy#4G 📡@kunuzai

5,580 views

Posted Mar 8

⚡️ Matn va hujjatlarni aniqlash boʻyicha yangi chempion paydo boʻldi! Mistral kompaniyasi sunʼiy intellekt asosida ishlovchi yangi OCR-modelini chiqardi. Ushbu texnologiya Google va Azure kabi mashhur kompaniyalar xizmatlaridan ancha kuchliroq natija ko‘rsatib, matn, rasm, jadval va formulalarni aniqlashda rekord — 94,89% aniqlikka erishdi. Endi uzun hujjatlarni qoʻlda kiritish yoki tahrirlash shart emas – hujjatni yuklaysiz va qolgan barcha ishni sunʼiy intellekt oʻzi qiladi. Faqat kerakli maʼlumotlarni olib, bemalol ishlatasiz. 📌 Mistral OCR hozir bepul foydalanish uchun ochiq. 👉 Sinab ko‘rish: Mistral OCR #Mistral#OCR#Matn#Texnologiya

6,710 views
123•••10•••1718
PreviousPage 1 of 18Next