TGINSIGHT CHAT
Mudofaa vazirining matbuot kotibi
@mv_matbuot_kotibi
PoliticsMudofaa vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - matbuot kotibining rasmiy kanali
Recent posts
Page 1 of 85 · 1,016 posts
Posted 22 days ago
⭐️O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada uchinchi bor oltin medalni qo‘lga kiritdi. 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Posted 22 days ago
⭐️O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada uchinchi bor oltin medalni qo‘lga kiritdi Turkiya Respublikasida joriy yilning 10–21-may kunlari VI Xalqaro “Eng ilg‘or merganlar jamoasi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 13 davlatdan 24 ta jamoa ishtirok etdi. Mazkur nufuzli bellashuvda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi merganlar jamoasi ham munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qayd etdi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Posted 27 days ago
Axborot24 | Xalqaro arenalardagi yutuqlar tahlili 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Posted 28 days ago
Прошло очередное заседание Федерации стрелкового спорта Узбекистана В Центральном аппарате Министерства обороны прошло очередное заседание Федерации стрелкового спорта Узбекистана. 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Posted 29 days ago
⭐️O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Posted May 13
Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik sohasida yagona huquqiy asos yaratiladi 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Posted May 13
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish kafolatlari mustahkamlanmoqda 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Posted May 13
⭐️Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish kafolatlari mustahkamlanmoqda ⭐️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. 🗃 Mazkur qonun loyihasi harbiy xizmatchilarning huquqlari, imtiyozlari, kafolatlari hamda ularning majburiyatlari bilan bog‘liq munosabatlarni kompleks tartibga solishni nazarda tutadi. 🗃 Xususan, qonun loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarharbiy xizmatchilarining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari, javobgarligi, shuningdek ular va oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilishning aniq mexanizmlari belgilab berilmoqda. 🗃 Loyihaga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun davlat tomonidan kafolatlangan huquqlar, erkinliklar, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlar, cheklovlar, majburiyatlar va javobgarlik majmui harbiy xizmatchilar maqomi deb belgilanmoqda. Hujjatda harbiy xizmatchi maqomiga ega bo‘lish va uni bekor qilish tartibi, xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari, xizmat intizomi va xizmat majburiyatlariga doir talablar aniqlashtirilmoqda. 🗃 Qonun loyihasida harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari alohida o‘rin olgan. Jumladan, ularni moddiy ta’minlash, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, uy-joy bilan ta’minlash, majburiy davlat sug‘urtasi, pensiya ta’minoti, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jarohat olgan yoki halok bo‘lgan taqdirda kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish kabi muhim kafolatlar qonun darajasida mustahkamlanmoqda. 🗃 Shuningdek, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash maqsadida qonun loyihasida qator yangi imtiyozlar ham nazarda tutilmoqda. Xususan, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va xizmat yillari 20 yildan kam bo‘lmagan harbiy xizmatchilarga yiliga bir marotaba sanatoriy-kurortlarga 75 foizlik imtiyoz asosida yo‘llanma olish imkoniyati yaratilmoqda. Bunda yo‘llanma narxining 25 foizi harbiy xizmatchi hisobidan, 75 foizi esa tegishli vazirlik va idoralarning budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Shu bilan birga, mazkur qonun loyihasi bilan harbiy xizmatchilarga yiliga bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moddiy yordam to‘lash imkoniyati yaratilmoqda. 🗃 Deputatlar muhokamalar davomida ushbu qonun loyihasi harbiy xizmatchilarning huquqiy maqomini aniq belgilash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish, Vatan himoyachilari va ularning oila a’zolari uchun mustahkam kafolatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar. ⭐️Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik sohasida yagona huquqiy asos yaratiladi 🗃Qonun loyihasida safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlikningasosiy maqsadlari, prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlari belgilanmoqda. Shuningdek,davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari va majburiyatlari aniq nazarda tutilmoqda. Loyihada “safarbarlik tayyorgarligi” va “safarbarlik” tushunchalari ilk bor aniq va kompleks huquqiy mazmunda ifodalanmoqda. 🗃Shu bilan birga, loyihada umumiy yoki qisman safarbarlikni e’lon qilishning aniq huquqiy mexanizmlari, davlat organlari va tashkilotlarning vazifalari, iqtisodiyot tarmoqlarini urush davri sharoitida ishlashga o‘tkazish tartibi ham belgilab berilmoqda. Xususan, davlat va aholining ehtiyojlarini uzluksiz ta’minlash maqsadida oziq-ovqat, yoqilg‘i, tibbiy xizmat, transport, aloqa kabi muhim tizimlarning barqaror faoliyatini ta’minlash choralari nazarda tutilgan. 🗃 Bundan tashqari, safarbarlik davrida chaqirilgan fuqarolar uchun ish joyini saqlab qolish, kredit to‘lovlarini kechiktirish, yetkazilgan zararlarni kompensatsiya qilish kabi ijtimoiy kafolatlar ham mustahkamlanmoqda. 🗃Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Posted May 12
#TAYINLOV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, polkovnik Shukurov Mirsaid Tagirovich – Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qoʻmondonligi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Hashtags
Posted May 12
#TAYINLOV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan polkovnik Urmanov Baxrom Baxodirovich – O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. BaxromUrmanov bu vaqtga qadar Qurolli kuchlar bosh shtabi Aloqa, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoyalash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Hashtags
Posted May 12
🔉Harbiy xizmatchilar tomonidan internetdan foydalanish talablari 🛫Telegram🔗LIVE📞Facebook 📺Youtube 📷Instagram ❌X.com
Posted May 9
🔉 Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Yangi O‘zbekiston bog‘ida bayramona mushakbozlik tashkil etiladi. 🏳️Bugun soat 21:00 da bo‘lib o‘tadigan ushbu yorqin tomoshaga barchangizni taklif etamiz! 🔗 Shuningdek, mushakbozlikni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy Telegram kanalida jonli efir orqali ham tomosha qilishingiz mumkin: 🛫@mudofaavazirligi