TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Оhangaron shahar hokimligi avatar

TGINSIGHT CHAT

Оhangaron shahar hokimligi

@ohangaronshahar

News and media

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Instagram:https://www.instagram.com/ohangarons Veb-sayt:https://gov.uz/oz/ohangaronshahar Facebook: https://www.facebook.com/share/1CGHPJ8rdZ/ Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCKuZbzYW0w5bsayPHUNo9ZA

Subscribers6,370Current channel subscribers
Tracked posts1,010Indexed post count
Recent reach6,145Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 85 · 1,010 posts

Posted Apr 24

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по анализу обеспечения экономического роста в регионах и отраслях в первом квартале и приоритетным задачам на период до конца года. Facebook|Instagram|X

268 views

Posted Apr 24

🇺🇿Respublika ishchi guruhi vakili B. Musurmanov Ohangaron shahrida infratuzilmasi yaxshilanib, “Yangi O‘zbekiston” qiyofasida barpo etilib foydalanishga topshirilgan “Adolat” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, ko‘p qavatli uylar oldiga ekilgan ekinlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla yettiligiga bo‘sh turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, turli ko‘katlar va poliz mahsulotlari ekishni kengaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

362 views

Posted Apr 24

🇺🇿Respublika ishchi guruhi vakili B. Musurmanov Bo‘ston mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishib, hududda o‘rganish ishlarini olib bordi. Xususan, ko‘p qavatli uylar oldiga ekilgan ekinlar hamda hududdagi yashil maydonlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hokim yordamchisi R. Ermatovga bo‘sh turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, turli ko‘katlar, poliz mahsulotlari kabi ekinlar ekishni ko‘paytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Websayt‌‌|Facebook

400 views

Posted Apr 24

🧑‍💻🧑‍💻🧑‍💻 OHANGARON SHAHAR HOKIMLIGI MUROJAATLARNI QABUL QILADI! Sizning muammo va takliflaringizni tinglash hamda ularga tezkor yechim topish — bizning ustuvor vazifamizdir. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ohangaron shahar hokimligining murojaatlar guruhi rasman ishga tushirildi! Endi siz o‘z muammolaringizni masofadan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llashingiz mumkin. ✅Murojaat yuborish uchun:👇 https://t.me/ohangaronshaharmurojaat Yuborilgan murojaatlar tegishli mutasaddi tashkilot va mas’ul xodimlarga yo‘naltirilib, tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi hamda ijrosi ta’minlanadi. Har bir murojaat shaxsan shahar hokimi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi. Sizning murojaatingiz — shahar rivoji va farovonligi yo‘lidagi muhim qadamdir! 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

482 views

Posted Apr 24

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi 🇺🇿Shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardorxon Ne‘matxonov tomonidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan kommunal xizmatlar, yer masalalari, boshqaruv-servis kompaniyalari faoliyati hamda mahallalardagi chiqindilar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

444 views

Posted Apr 24

💃 Milliy libos — ma’naviyat ko‘zgusi Qo‘rg‘on mahalla raisi S. Shadarova hamda xotin-qizlar faoli Sh. Sadikova tomonidan 6-umumta’lim maktabida xotin-qizlarimiz hamda o'qituvchi va o'quvchilarimiz o'rtasida o‘zbekona kiyinish madaniyatini yanada shakllantirish va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga qaratilgan “Milliy libos — ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘zbek milliy liboslari nafaqat go‘zallik timsoli, balki xalqimizning asriy an’analari, boy madaniyati va milliy g‘ururining yorqin ifodasi ekanligi haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

400 views

Posted Apr 24

🖼 Adolat MFY hududiga qarashli 2-son DMT tashkiloti bilan hamkorlikda "Juma-milliylik kuni" munosabati bilan Adolat MFY xotin-qizlar faoli Sanobar Dusanova tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Farzandlarimiz ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirish, ularda Vatanga muhabbat, hurmat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish — har birimizning muqaddas burchimizdir. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

385 views

Posted Apr 24

Bugun Guliston mahallasida shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i K. Usmanova, shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor N.Karimxo'jayeva va shahar politexnikumi psixologi F. Turdiboyeva tomonidan xotin-qizlar o'rtasida oilaviy ajrimlarni oldini olish, ayollar o'rtasida jinoyatchilik va oila-turmush doirasidagi jinoyatlarini oldini olishbo'yicha davra suhbati o'tkazildi. Suhbat davomida psixologik trening o‘tkazilib, ayollarning kayfiyatini ko‘tarish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

556 views

Posted Apr 24

💻 «RAQAMLI OHANGARON» KONKURSI «Raqamli O'zbekiston — 2030» dasturi doirasida Ohangaron shahar hokimligi va SaytPro.uz jamoasi o'quv markazlari uchun katta tanlov e'lon qiladi! 🏆 ASOSIY SOVRIN — 5 000 000 so'mlik bepul sayt: ✔️ Professional 1 sahifalik…

896 views

Posted Apr 24

Xonobod MFY xotin-qizlar faoli G. Rasulova tomonidan ayollarimizni o'zbekona kiyinish madaniyatini oshirish va qadriyatlarimizni asrab-avaylashga qaratilgan "Milliy libos ma'naviyat ko'zgusi" nomli milliylik targ'ibot tadbirlari o'tkazildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

596 views

Posted Apr 24

"Juma-Milliy liboslar kuni" munosabati bilan milliylikni targ‘ib qilish maqsadida "Shodlik" MFY xotin-qizlar faoli G. Mahkamboyeva, Ohangaron shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari va "Oqila ayollar harakati" yetakchisi D. Axmedova ish faoliyatini milliy liboslarda boshladi. Milliy liboslar kuni-bu xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari va milliy g‘ururini yuksak darajada namoyon etadigan muhim sana. Bu kun bizni o‘z ildizlarimizga qaytaradi, ajdodlarimiz merosini qadrlashga va uni kelajak avlodlarga yetkazishga undaydi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

622 views

Posted Apr 24

Payshanba — “Rahbar va yoshlar kuni” 🇺🇿 Shu munosabat bilan shahar hokimi S. Shoqosimov, shahar prokurori M. Umarov va DSI boshlig‘i B. Axmedov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat yuzasidan amaliy yechimlar belgilab, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

734 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
PreviousPage 1 of 85Next