TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Olimov's note avatar

TGINSIGHT CHAT

Olimov's note

@olimov_sirojiddin

Business and startups

Sirojiddin Olimov – Angel investor – @mutolaaxona loyihasi rahbari – Edinburg universiteti magistranti (2021–2022) – El-yurt umidi jamgʻarmasi stipendianti

Subscribers1,250Current channel subscribers
Tracked posts1,005Indexed post count
Recent reach5,372Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 84 · 1,005 posts

Posted May 25

Great meeting with Umida Nurjanova, Senior Marketing Exams Manager at British Council! We had a wonderful conversation about where Mutolaa is heading our mission to build a daily reading habit among young people in Uzbekistan and explored some exciting potential collaboration opportunities together. British Council's work in education and cultural exchange aligns closely with what we're trying to build. There's real common ground, and I'm looking forward to seeing where this conversation leads. Grateful for the time and the inspiring exchange of ideas. More to come!

206 views

Posted May 15

🔥 Bu san’atkor konserti emas, kitob taqdimoti! 14-may kuni Toshkent shahrida “Yangi kitob” loyihasining ilk sonida 6 ta kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi! Kitoblar mutlaqo yangicha uslubda taqdim etildi: teatrlashtirilgan sahnalar, sun’iy idrok yordamida tayyorlangan videolar, yozuvchi, tarjimon va noshirlarning jonli chiqishlari va imzolash marosimlari hayrat va hayajon bilan kutib olindi. Taqdimot faqat namoyish emas, amaliy qadamlari bilan ham yodda qoldi: korxona va tashkilotlar rahbarlari, investorlar taqdim etilgan kitoblardan minglab nusxalarda tadbirning oʻzidayoq sotib olishdi! Navbatda turib kitob sotib olayotgan xaridorlar, muallifning oʻzidan dastxat olayotgan yuzlab kitobxonlar oʻzbek jamiyati uchun ham reallikka aylandi. 🔍Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram

366 views

Posted May 12

📚 “Yangi kitob” — kitoblarning shou-taqdimotiga marhamat! Bu oddiy kecha emas, bu har bir kitobning teatrlashtirilgan taqdimoti, kitoblar premyerasi, muallifning shaxsan o’zidan dastxat olish hamda tarjimonlar nutqini eshitish imkoni. • Sana: 14-may • Vaqt: 17:00 • Manzil: Yoshlar ijod saroyi 👇 Taqdimotga roʻyxatdan oʻtib, taklifnoma olish uchun: @yangikitobbot ✨ Keling "Yangi kitob" bilan yangi marralarni birga zabt etaylik!

368 views

Posted May 6

Navoiyda yangi kitob doʻkoni ochildi.

595 views

Posted May 5

El-yurt umidi jamgʻarmasi stipendiantlari bilan Navoiy viloyatida koʻrishdik. Mushtariy Madrahimova doimgidek juda faol. Turli tashkilotlar yosh va shijoatli yoshlar ishlayotgani odamni xursand qiladi.

549 views

Posted May 5

🚀Navoiy viloyatida mahalla yoshlar yetakchilari o‘rtasida hakaton bo‘lib o‘tdi! Navoiy viloyatida mahalla yoshlar yetakchilari o‘rtasida innovatsion hakaton tashkil etildi. Ushbu tadbirda viloyatning 11 ta tuman, shahar yoshlar yetakchilaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Keyingi manzil Buxoro viloyati!

516 views

Posted Apr 30

🤝 Navbatdagi yirik hamkorlik! 😊 Toshkent shahar IIBB va “Mutolaa” loyihasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi! 🇺🇿 Ushbu hamkorlik memorandumi kelgusida birgalikdagi ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, kitobxonlik targ‘ibotini kuchaytirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mutolaa ilovasini yuklab oling

541 views

Posted Apr 29

Sirojiddin Olimov suhbatdoshi - Jizzax viloyati Do'stlik tumanidan Farruh "Mutolaa" loyihasi rahbari Sirojiddin Olimovning tasodifiy suhbatdoshiga videoni ko'rib, tan berasiz! Maktab o'quvchisining ingliz tilisiga shunchaki 👍 👍"Ibrat Academy" ning "Suhbatdosh" funksiyasi bilan siz ham ingliz tilingizni mana shunday yuqori darajaga olib chiqishingiz mumkin. Dasturdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma ⛓“Suhbatdosh” dasturi va "So'zlashiv klubi"dan foydalanish uchun ilovani yuklab oling. 📱Hoziroq biz bilan bog’laning: +998 55 515 73 91 @ibratadmin 😀Instagram🌐Telegram 📱Facebook 🎞You tube

416 views

Posted Apr 28

📚O‘zbek adabiyoti tarixida Qo‘qon adabiy muhitining o‘rni beqiyos. Bu zaminda 300 dan ziyod shoir va adib yashab, ijod qilgan. Shunday adiblarni yetishtirgan Qo‘qon UNESCOning “Adabiyot shahri” maqomini olishga ham munosib. Lekin bunday boy meros haligacha tizimli o‘rganilmagani, ilmiy tadqiqotlar olib borilmagani qayd etildi Shu bois, Qo‘qon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratish, Adabiyot va ijod maktabini tashkil etish taklif qilindi. Axborot xurujlari avj olayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi. Shuning uchun bu yil viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi, buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi. Prezidentimiz “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini o‘tkazish, ushbu tadbirga dunyoning mashhur yozuvchi va shoirlarini taklif qilish tashabbusini bildirdi. @alisher_sadullaev

311 views

Posted Apr 28

📚 Kitobsevarlar uchun yangi kanal! Endi siz o‘qigan yoki o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblar asosida quizlar tayyorlab boriladi. Ya’ni, kitobxonlar so‘ragan kitoblar tanlanadi va shu kitoblar asosida qiziqarli quizlar kanalga joylanadi. 🎯 Kanalning maqsadi: — o‘qilgan kitoblarni yaxshiroq eslab qolish — kitob mazmunini mustahkamlash — kitobxonlar uchun qiziqarli bilim sinovi yaratish 📩 Siz ham kitob yuborishingiz mumkin: Istalgan post izohiga kitob nomi va muallifini yozib qoldiring. So‘ralgan kitoblar asosida quizlar tayyorlanadi va kanalga joylanadi. 📌 Kanal havolasi: @kitoblar_asosida_quizlar Kitob tavsiya qiling va quizlarda faol qatnashing! 😉

469 views

Posted Apr 20

⚡️Bugun Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi Farmon va Qarordagi eng muhim tashabbuslar bilan tanishing: 1. 20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning Garvard, Stenford, London biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi; 2. 1 000 nafar tadbirkorga 500 million so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan); 3. Xorijiy tildan C1 darajadagi sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari 50 foizga arzonlashadi; 4. Xorijiy tildan kamida B2 sertifikati bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji 50 foizga kamaytiriladi; 5. Har yili kamida 10 mingta yosh oilaimtiyozli ipoteka asosida uy-joy bilan ta’minlanadi; 6. Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi; 7. Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda beriladi; 8.“Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi g‘oliblari bo‘lgan 100 nafar yosh xodim har yili alohida mukofotlanadi; 9. Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi; 10.“TOP-100 kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar 10 million so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi; 11. Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi; 12.“Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi; 13. Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi (2031-yilgacha); 14. Har yili sentabr oyida “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi; 15. Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi; 16. Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida haq to‘lanadigan stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 17. Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan “Yoshlar sayilgohi” ko‘chalari tashkil etiladi; 18. Davlat organlarida 3 yillik stajga ega yosh mutaxassislarning lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi; 19. Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti beriladi; 20. Mahalla va tuman darajasida yoshlar infratuzilmasi (kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi; 21. Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi; 22. Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali bepul biznes-rejalar tayyorlab beriladi; 23.Yosh oilalar uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi; 24. Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi; 25. Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi; 26. Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi; 27. Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi; 28. Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi; 29. Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab 24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar tashkil etiladi; 30. Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus “Kasblar olami” dasturlari joriy etiladi; 31. Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi; 32. Elektron platformalar orqali har yili 600 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi. @alisher_sadullaev

409 views

Posted Apr 10

Xoʻjanazar Yakubov Yangiariq tumidagi Dono Ziyo oʻquv markazi Xorazm yoshlari xususiy maktab va Daholar maktabi asoschisi Mutolaani faol foydalanuvchisi ekanlar

626 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
PreviousPage 1 of 84Next