TGINSIGHT CHAT
Qo‘shko‘pir.uz | Rasmiy
@qushkupiruz
News and mediaQo‘shko‘pir tumani hokimligi Axborot xizmatining telegramdagi rasmiy sahifasi • http://gov.uz/qushkupir • fb.com/qushkupir.tuman.hokimligi • instagram.com/Qushkupiruz Murojaat uchun: @qoshkopirhokimligibot
Recent posts
Page 1 of 85 · 1,010 posts
Posted May 25
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi hayotga yo‘l! Bugun yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Qo‘shko‘pir tumanidagi 20-maktabda ham "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Shuxrat Axmedov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, tuman rahbari bitiruvchilarni katta hayot sari bosayotgan ilk qadamlari bilan tabriklab, ularga oliy ta’lim muassasalariga kirishda va kelajakdagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi. Tadbir yakunida faol bo‘lgan ustoz va ota-onalar tuman hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Bu kun — bir davr yakuni, yangi orzular va imkoniyatlar boshlanishi. Har bir bitiruvchiga yorqin kelajak, mustahkam iroda va cheksiz omad yor bo‘lsin! Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube
Posted May 25
Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga tabrik — Поздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Posted May 24
🚌Ertaga, 25-may kuni respublikaning barcha hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 46-son Farmoniga ko‘ra, 2026-yilning 1-may kunidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib borilishi belgilangan. https://gov.uz/oz/eco/news/view/169304 🚌Завтра, 25 мая, во всех регионах республики пройдет акция «День без автомобиля» Согласно Указу Президента Республики Узбекистан №46 от 25 марта 2026 года «О мерах по реализации общенационального проекта «Чистый воздух», направленного на улучшение качества атмосферного воздуха», начиная с 1 мая 2026 года ежемесячно 10 и 25 числа будут проводиться акции «День без автомобиля» и «Неделя без автомобиля». https://gov.uz/ru/eco/news/view/169304 📱Instagram| 📱Telegram|📱Facebook| X| 📱Linkedin
Posted May 24
Qurbon hayiti arafasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Qurbon hayiti bayrami arafasida tumanimizdagi qabriston va qadamjolarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ezgu an’analarimizga muvofiq, ushbu maskanlarni tartibga keltirish, atrof-muhitni tozalash hamda ziyoratgohlarni yanada fayzli holatga keltirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Hozirgi kunda qabriston hududlarini xazonlardan tozalash, daraxtlarga ishlov berish, yo‘laklarni tartibga keltirish hamda ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Mazkur xayrli tadbirlarda mahalla faollari, yoshlar va nuroniylar faol ishtirok etmoqda. Bu kabi savobli ishlarda ishtirok etish ajdodlar xotirasiga hurmat, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va insoniy burchimizning yorqin ifodasidir. Shu munosabat bilan barcha tuman aholisini, ayniqsa yoshlarni ushbu umumxalq hashari va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashishga chorlaymiz. O‘tganlar manzilgohlarini obod etish - xalqimizga xos ezgulik va ulkan savob amalidir.
Posted May 24
#Maxsus_reportaj | 24.05.2026 Vazifa va ijro: Hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o'sish ta'minlanadi Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube
Hashtags
Posted May 23
👍«OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ! Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda. «Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda. 👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud). 📞1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍@ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
Posted May 23
Qo‘shko‘pir tumani IIB Probatsiya guruhi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar sayyor sud tartibida ko‘rib chiqildi. Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube
Posted May 23
XAYRLI KUN! 23.05.2026 ✅ Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube
Posted May 23
Oshoqqal'a mahallasida sayyor qabul boʻlib oʻtdi. ☑️Qabul Qoʻshkoʻpir tumani hokimi o‘rinbosari X.Ibragimov tomonidan oʻtkazildi. Sayyor qabulda fuqarolar va tegishli masʼul idora-tashkilot vakillari ishtirok etdi. ☑️Unda fuqarolar o‘zlarining muammolari yuzasidan murojaatlarini bayon etishdi. Mazkur murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi, ayrimlari shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube
Posted May 23
“Qo’shko’pir-2” gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ertaga, 23-may kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha Qoʼshkoʼpir tumanining Bahoriston, Chamanzor, Iqbol, Mesit, Polvon, Oʼrta qishloq, Nezaxos, Koʼktom, Qadriyat, Xonobod, Koʼnazey, Xayrabod, Tegalak, Xosiyon, Ittifoq, Oshaq qaʼla, Bogʼzor, Yoshlik, Oʼrtayop, Аdolat, Iftixor va Gʼalaba mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatiladi. Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Posted May 22
YARATILGAN IMKONIYAT VA IMTIYOZLARDAN FOYDALANING O‘zbekiston fermerlari kengashining fermerlarga MUROJAATI Hurmatli fermerlar! Bugungi kunda dunyoda global iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, energiya resurslari narxining oshib borishi hamda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning keskin ko‘payishi barcha davlatlar qatori mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi oldiga ham ulkan vazifalarni qo‘ymoqda. Ayniqsa, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozor barqarorligini saqlash, eksport salohiyatini oshirish, eng muhimi, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish bugun har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahonda bo‘layotgan murakkab o‘zgarishlar davrida o‘g‘it va yoqilg‘i moylash materiallari narxlarining o‘sib borayotganligi kuzatilmoqda. Batafsil murojaat matni bilan tanishing:[Havola]
Posted May 22
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi Sessiyada xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati, tuman hokimi Shuxrat Axmedov, tuman kengashi deputatlari hamda tegishli idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyani xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi Maxmud Tangriberganov boshqarib bordi. Kun tartibida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati yuzasidan hisobot hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ‑389‑sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Sessiya yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube