TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti | al-Biruni Institute of Oriental Studies avatar

TGINSIGHT CHAT

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti | al-Biruni Institute of Oriental Studies

@sharqinstituti

Education

Ushbu kanalda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti faoliyatiga doir rasmiy xabarlar berib boriladi. Biz bilan bog'lanish: tel.: +(998-71)-262-54-61 e-mail: [email protected]

Subscribers423Current channel subscribers
Tracked posts690Indexed post count
Recent reach3,125Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 58 · 690 posts

Posted 18 days ago

2026-yil 25-may kuni O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ish beruvchi tashkilot sifatida faol ishtirok etdi. Institut vakillari tomonidan bakalavr va magistratura bosqichini tamomlayotgan bitiruvchi talabalarga institutda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari – doktorantura, tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishlari haqida tushuntirishlar berilib, qabul tartibi va talablar yuzasidan zarur ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir davomida talabalarning savollariga atroflicha javob berilib, ilmiy faoliyatni davom ettirish hamda institut bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. @sharqinstituti

150 views

Posted 19 days ago

#SDG4#SDG17 😄“Sharq mamlakatlaridagi tarixiy jarayonlar va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusidagi XII Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 🔺Batafsil 🔺Подробнее 🔺Read more ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐Youtube 📹Instagram| 🌐Twitter | 🗄tsuos.uz

103 views

Hashtags

Posted 20 days ago

O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Abdusattor JUMANAZAR Boborahim Mashrab hayotiga doir yangi ma'lumotlarni taqdim qilmoqda: "Qashqadaryoda xizmat safarida yurganimda Qarshi – Chiroqchi katta yo‘li yoqasida bir til-adabiyot o‘qituvchisi qurimizga kelib qo‘shildi. Salom-alikdan so‘ng “Sizni tanidim, o‘n yilcha oldin “Mashrab” kitobingizni o‘qigandim. Undagi ma’lumotlar, mulohazalar menda va boshqa domlalarda ham kuchli taassurot qoldirgandi. Biroq oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay ularning ilmga hech qanday foydasi, ta’siri ko‘rinmadi. Darsliklarga biror o‘zgarish kiritilmadi, Boborahim Mashrabga oid ma’lumotlar o‘sha eski holicha turibdi. Hozirgacha o‘quvchilarimga bu mavzuda dars o‘tishga qiynalaman. Tadqiqotchilarning haqiqatga yopishmay turgan ko‘plab talqinlari va tarixiy voqealari o‘z o‘rnini topolmay har tarafga sochilib ketgan... O‘qituvchining ahvolini o‘zingiz tasavvur qilib olavering. Yosh avlodga bunday ma’lumotlarni berish – ularni aldash deb o‘zimdan norozi bo‘laveraman” degandi u. O‘sha yo‘l yoqasida ikki Mashrab haqidagi gurung ancha cho‘zildi. Voqealari yo‘q tarix... Keling, bugun unga birgalikda nazar tashlaylik. Balki o‘sha voqealarni ular yo‘q joylardan qidirib yurgandirmiz". Maqolani batafsil quyidagi havolada o'qishingiz mumkin: https://oyina.uz/uz/article/4722 @sharqinstituti

144 views

Posted 20 days ago

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti tashabbusi bilan “Raqamli texnologiyalar sharoitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning konseptual asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli konferensiya raqamli texnologiyalar asrida ijtimoiy-gumanitar fanlarni yangi bosqichga olib chiqish, kutubxona-axborot faoliyatini takomillashtirish, ta’lim tizimiga innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini keng joriy etish yo‘lida o‘zaro tajriba almashish uchun muhim ilmiy maydon vazifasini bajardi. Anjuman davomida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Sherali Qo'ldoshev T “jadidlar.uz elektron platformasida san'at va madaniyat masalalari” mavzusidagi dolzarb ma’ruzasini taqdim etdi. @sharqinstituti

138 views

Posted 20 days ago

O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida "Ismat ul anbiyo" asarining taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur nashr O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan yagona nusxa asosida tayyorlandi va ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi. https://t.me/Bahrom_Abduhalimov

127 views

Posted 22 days ago

📢 Ilmiy hayotimizdagi muhim voqea 2026-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida tarixshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishida muhim ilmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Kunning birinchi yarmida institut tadqiqotchisi Idiyev Akbar Avaz o‘g‘li tomonidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “XVI–XVII asrlar yozma manbalarida Movarounnahrdagi etnik jarayonlar” mavzusidagi dissertatsiya ishi institut bo‘limlararo qo‘shma majlisida muhokama qilindi. Muhokama davomida dissertatsiya ishining ilmiy dolzarbligi, manbashunoslik asoslari, tadqiqot natijalari va ilmiy yangiliklari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Yakunda mazkur tadqiqot ishi keyingi bosqichga tavsiya etildi. Shuningdek, shu kunning ikkinchi yarmida institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash majlisida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Aminov Hamidulla Abdiraximovichning tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Shayboniylar davrida fiqh ilmi va uning manbalari” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy kengash majlisi yakunida X.A. Aminovning dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tgani e’tirof etildi. Mazkur ilmiy tadbirlar institutda tarixshunoslik, manbashunoslik va yozma meros tadqiqotlari izchil davom etayotganini, yosh va yetuk tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarining muhim bosqichlarga ko‘tarilayotganini yana bir bor namoyon etdi. Institut jamoasi nomidan tadqiqotchilarni ushbu muhim ilmiy bosqichlar bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! @sharqinstituti

170 views

Posted 22 days ago

🌍 YOSH TADQIQOTCHILAR XALQARO E’TIROFDA Ozarbayjonlik tadqiqotchi, doktor Buyukaga Mikayili Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti Sarboz Safarov faoliyatiga yuksak baho berdi. Oʻzbekistonga ilmiy safari davomida u Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan “Qutadgʻu bilig”ning Fargʻona nusxasi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlganini taʼkidladi. Olimning fikricha, mazkur manba uning ilmiy izlanishlarining keyingi bosqichi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur eʼtirof yosh olimlarimizning xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va milliy qoʻlyozma merosimizni dunyo ilm-faniga tanitish yoʻlidagi samarali faoliyatining yana bir tasdigʻidir. @sharqinstituti

198 views

Posted 24 days ago

Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Komiljon Rahimovning Jadid gazetasida yangi maqolasi e'lon qilindi. Maqolada Buxoro viloyatidagi toponimik nomlarning o'zboshimchalik bilan almashtirilishiga munosabat bildirilgan. @sharqinstituti

710 views

Posted 25 days ago

Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Sizni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash majlisiga taklif etamiz. 🗓Sana: 2026-yil 20-may (chorshanba) 🕙Vaqt: 14:30 Ilmiy kengashda tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun quyidagi dissertatsiya himoya qilinadi 🔹Aminov Xamidulla Abdiraximovich – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi 📌 Mavzu: “Shayboniylar davrida fiqh ilmi va uning manbalari” 📚Ixtisoslik: 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari. Barcha qiziquvchilarni Ilmiy kengash majlisida faol ishtirok etishga taklif etamiz. Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek ko'chasi 79. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Shaqrshunoslik instituti katta majlislar zali. Ilmiy kengashda onlayn ishtirok etish uchun ZOOM havolasi 👇👇 https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1 955 9310 1768 210637

490 views

Posted 27 days ago

✅ The international scientific and practical seminar entitled “Training on the Conservation and Restoration of Manuscripts in the Libraries of Uzbekistan and Kazakhstan,” organized by the al-Biruni Institute of Oriental Studies in cooperation with STERNA Heritage within the framework of the ALIPH 2025–4160 Central Asia Grant and held on May 12–15, 2026, has successfully concluded. 🕌 The project was aimed at studying modern approaches to the preservation, conservation, and restoration of manuscript heritage kept in Uzbekistan and Kazakhstan, as well as improving the professional skills of specialists in the field. 📚 The seminar was conducted by international experts – Nil Baydar, Nikolas Sarris, and Konstantina Papavasileiou. 🤝 The seminar served as an important platform for combining theoretical knowledge with practical training, promoting international exchange of experience, and strengthening cooperation among specialists in the field. @sharqinstituti

251 views

Posted 27 days ago

✅Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamda STERNA Heritage hamkorligida ALIPH 2025–4160 Central Asia granti doirasida 2026-yil 12–15-may kunlari tashkil etilgan “O‘zbekiston va Qozog‘iston kutubxonalarida qo‘lyozmalarni konservatsiya va restavratsiya qilish bo‘yicha trening” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘z yakuniga yetdi. 🕌 Mazkur loyiha Oʻzbekiston va Qozogʻistonda saqlanayotgan qoʻlyozma merosini asrash, konservatsiya va restavratsiya qilish bo‘yicha zamonaviy tajribalarni oʻrganish, shuningdek, soha mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirishga qaratildi. 📚 Seminar xalqaro mutaxassislar – Nil Baydar, Nikolas Sarris hamda Konstantina Papavasileiou tomonidan olib borildi. 🤝 Seminar nazariy bilimlarni amaliy mashgʻulotlar bilan uygʻunlashtirish, xalqaro tajriba almashish hamda soha mutaxassislari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim platforma boʻlib xizmat qildi. @sharqinstituti

361 views

Posted 28 days ago

2026-yil 15-may kuni Toshkent shahridagi Oriental universitetida “Karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ish beruvchi tashkilot sifatida faol ishtirok etdi. Institut vakillari tomonidan bakalavr va magistratura bosqichini tamomlayotgan bitiruvchi talabalarga institutda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari — doktorantura, tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishlari haqida tushuntirishlar berilib, qabul tartibi va talablar yuzasidan zarur ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir davomida talabalarning savollariga atroflicha javob berilib, ilmiy faoliyatni davom ettirish hamda institut bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. @sharqinstituti

283 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••5758
PreviousPage 1 of 58Next