TGINSIGHT CHAT
Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi
@surxongasn
LawSurxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi rasmiy kanali. 👉Instagram: @surxon_qurilish_inspeksiyasi 👉 You tube: http://www.youtube.com/@Surxondaryogasn
Recent posts
Page 1 of 40 · 470 posts
Posted Apr 14
Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirildi. O‘rganish jarayonida inspeksiya mutaxassislari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati, ko‘p qavatli uylarning mavsumga tayyorgarlik holati, lift xo‘jaligi va tutash hududlarning obodonlashtirilishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan BSK rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va ko‘p qavatli uylarni saqlashda belgilangan talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlashdan iboratdir. 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram
Posted Apr 10
SURXONDARYODA SUV TARMOQLARIGA NOQONUNIY ULANISH HOLATLARI ANIQLANDI 🟢 Surxondaryo viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi hamda “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ mas’ul xodimlari hamkorligida Jarqo‘rg‘on, Denov va Sho‘rchi tumanlarida keng ko‘lamli reyd tadbirlari o‘tkazildi. Nazorat tadbirlari davomida “Yangi usul", "A.Navoiy", "Shamoli", "Obodon" va "Jarqishloq" MFYlaridagi ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv tarmoqlarining holati ko‘zdan kechirildi. 🫥 O‘rganishlar davomida 9 nafar fuqaro tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori talablarini buzgan holda, markazlashgan tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish va suvdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Ta’kidlash joizki, bunday qonunbuzarliklar tizimda suv bosimining pasayishiga va hududdagi minglab qonuniy iste’molchilarning suv ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 🫥 Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 163-moddasi 1-qismi va 74-moddasi 2-qismi bilan jami 27,192 mln so‘mlik 9 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirildi. Inspeksiya tomonidan suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash va noqonuniy ulanishlarga chek qo‘yish borasidagi reyd tadbirlari viloyat bo‘ylab tizimli ravishda davom ettirilmoqda. 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram
Posted Apr 10
Sherobod tumanida ko‘p qavatli uylar atrofidagi noqonuniy qurilmalar nazoratga olindi 🟢 Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Sherobod tumanidagi 15 ta ko‘p qavatli uylarning seysmik barqarorligi va texnik holati yuzasidan navbatdagi monitoring tadbirlari o‘tkazildi. 🫥 O‘rganish jarayonida binolarning seysmik xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan holatlar, xususan, ayrim fuqarolar tomonidan turar joy bino devorlariga tutash tarzda o‘zboshimchalik bilan noqonuniy bozorcha (savdo do‘konlari) barpo qilib olinganligi aniqlandi. Bunday noqonuniy qurilmalar nafaqat bino konstruksiyasiga zarar yetkazmoqda, balki favqulodda vaziyatlarda maxsus texnikalarning harakatlanishiga ham to‘sqinlik qilmoqda. 🫥 Mazkur holatlar yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan dalolatnomalar rasmiylashtirilib, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish hamda binolarning loyihaviy holatini tiklash bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan bozorcha va qo‘shimcha imoratlar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanmoqda. 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram
Posted Apr 9
📣📣📣 Қурилиш соҳаси тадбиркорлари, хусусий лойиҳачилар ва кадастр муҳандислари диққатига! 👍 Жорий йил 10 апрель куни соат 15:30да Савдо-саноат палатаси биносида навбатдаги очиқ мулоқот ташкил этилади. Мулоқотда Савдо-саноат палатаси раиси Д.Вахабов, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазири Ш.Хидоятов ҳамдаУрбанизация ва уй-жой бозорини барқарор ривожлантириш миллий қўмитаси раиси Ш.Кудбиев иштирок этади. Муҳокамада қурилиш соҳасидаги рухсат бериш ва келишиш жараёнлари, лойиҳалаш ва экспертизадаги кечикишлар, кадастр ва ер муносабатлари, объектларни топширишдаги бюрократик тўсиқлар ҳамда рақамлаштириш ва шаффофлик масалалари кўриб чиқилади. Рўйхатдан ўтиш учун: 👍+998974453937 👍@Tkarimboyev0203 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Posted Apr 8
Qiziriq tumanida ko‘p qavatli uy-joy fondining xavfsizligini ta’minlash va seysmik chidamliligini oshirish maqsadida keng ko‘lamli nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Xususan, tumandagi 16 ta ko‘p qavatli uyning seysmik va texnik holati mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilmoqda. Mazkur jarayonda bino konstruksiyalarining mustahkamligi, muhandislik tarmoqlarining holati va aholi xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirlar davomida uylarning umumiy foydalanish joylarida, kirish yo‘laklarida va bino poydevorlari atrofida o‘zboshimchalik bilan barpo etilgan noqonuniy qurilmalar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Mazkur o‘rganish va bartaraf etish ishlariga “Qiziriq servis” boshqaruv servis kompaniyasi mas’ullari bevosita jalb etilgan bo‘lib, asosiy maqsad binolarning texnik sozligini saqlash va aholining xavfsiz yashash sharoitlarini kafolatlashdan iboratdir. Noqonuniy qurilmalar bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy choralar ko‘rilishi davom etmoqda. 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram
Posted Apr 8
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida hududiy inspeksiya tomonidan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash hamda xizmatlardan foydalanish qoidalariga amal qilinishini ta’minlash maqsadida tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi. Nazorat tadbiri davomida Termiz shahar “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan ISUZU rusumli avtotransport vositasi yordamida “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ tasarrufidagi I.Karimov ko‘chasida joylashgan oqova suv tarmog‘ining nazorat qudug‘ini o‘zboshimchalik bilan ochib, maishiy chiqindilarni noqonuniy ravishda oqizayotganligi aniqlandi. Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan qoidalarning 49-bandi talablariga zid bo‘lib, ichimlik suvi va oqova suv tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish qat’iyan taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunbuzilish holati yuzasidan aybdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 163-moddasi 1-prim 1-qismiga asosan 2,060 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi va hozirda viloyat bo‘ylab bu kabi noqonuniy holatlarga chek qo‘yishga qaratilgan reyd tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram
Posted Apr 7
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Temur tuzuklari bilimdoni” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadbirda xodimlarning tarixiy bilim va mahorati sinovdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar "Temur tuzuklari" asarining mazmun-mohiyati, davlatchilik an’analari va strategik boshqaruv tamoyillari bo‘yicha o‘zaro bahslashdilar. Ikki bosqichli (yozma imtihon va taqdimot) bellashuv natijalariga ko‘ra, mantiqiy fikrlashi va teran bilimi bilan ajralib turgan J.Choriyev mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani band etdi. 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram
Posted Apr 3
Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Boysun tumani “Ariq usti” mahallasidagi 1-, 2- va 3-sonli ko‘p qavatli uylarning texnik holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish jarayonida mazkur uylarning konstruktiv holati, muhandislik kommunikatsiyalari, jumladan, elektr ta’minoti, ichimlik suvi va oqova tizimlari, shuningdek, umumiy foydalanish joylarining holati batafsil tahlil qilinmoqda. Shuningdek, bino va inshootlarda mavjud yoriqlar, eskirish darajasi hamda xavfsizlik talablariga muvofiqligi alohida e’tiborga olinmoqda. Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilanishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda. Mazkur o‘rganish ishlari hududlarda uy-joy fondining texnik holatini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish orqali fuqarolarning turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi. 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram
Posted Mar 30
#TAYINLOV O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan Xudoyberdiyev Yusufjon Ollamurod o’g’li Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig’ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Y.Xudoyberdiyev Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida bo’limboshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan. 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram
Hashtags
Posted Mar 16
Jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga! 📆Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi rahbariyati tomonidan Sherobod tumani aholisi hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi. ✅ Sayyor qabul davomida aholini qurilish ob’ektlaridagi sifat, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, ichimlik suvi ta’minoti hamda kommunal sohadagi boshqa tizimli muammolarini o‘rganish va ularga joyida yechim topish maqsad qilingan. Inspeksiya mas'ullari har bir murojaatni qonun doirasida ko‘rib chiqib, fuqarolarning sohadagi huquqiy manfaatlarini ta’minlaydi. 🗓Sana: 18.03.2026-yil 🕙Vaqti: soat 10:00 📍Manzil: Sherobod tumani, "Taroqli" mahallasi, Surxon ko‘chasi. 📍Mo‘ljal: Eski harbiy qism yonidagi bino. 📞Murojaat uchun telefonlar: (+998978501349) 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram
Posted Mar 16
🟢 Hashar – obod yurtning go‘zal an’anasi Yurtimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z umumxalq bayrami arafasida, joriy yilning 13–14 mart kunlari Respublika bo‘ylab umumxalq hashar tadbirlari tashkil etildi. Ushbu umumxalq hasharida Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ham faol ishtirok etib, ishxona binosi va unga tutash hududlarda obodonlashtirish hamda tozalash ishlarini amalga oshirdi. Hashar jarayonida hududlarni tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni ozoda saqlash, yashil hududlarni parvarishlash hamda daraxtlarni oqlash ishlari olib borildi. Inspeksiya xodimlari tomonidan hududning estetik ko‘rinishini yaxshilash, atrof-muhitni yanada ozoda saqlash va obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram
Posted Mar 13
Surxondaryoda soha faxriylari ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan bir guruh xodimlarni nafaqaga kuzatishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan inspeksiya boshlig‘i Sh. Normo’minov nuroniylarning soha rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi va yosh mutaxassislarga o‘rgatgan hayotiy maktabini alohida e’tirof etib, barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbir yakunida ko‘p yillik fidokorona xizmatlari uchun faxriylarga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, milliy an’analarimizga ko‘ra yelkasiga chopon yopildi va inspeksiya rahbariyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘z navbatida, nafaqaga chiqqan xodimlar ko‘rsatilgan yuksak e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirib, soha rivoji yo‘lida mehnat qilayotgan hamkasblariga muvaffaqiyatlar tilashdi. 👮Surxondaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati. 📱Telegram📱Facebook📱Instagram