TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali avatar

TGINSIGHT POST

Post #86398

@toshkentvxtb

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

Views449Post view count
PostedApr 904/09/2026, 07:39 AM
Post content

Post content

#Yoshlar 📝MAKTABLARDA SPORT TO‘GARAKLARI MKNTAZAM FAOLIYAT KO‘RSATMOQDA 🟠Jumladan, Qibray tumanidagi 42 ta umumta’lim maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan 110 ta sport to‘garaklariga 1941 nafar o‘quvchi jalb qilingan bo‘lib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning jismoniy salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 📌Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda sport maktablari hamkorligida sport to‘garaklari muntazam ravishda faoliyat olib bormoqda. Ushbu hamkorlik o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni professional yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. 🔴Xususan, mazkur to‘garaklarga jalb qilingan yoshlar orasidan ko‘plab sport turlari bo‘yicha respublika terma jamoalari safida Osiyo va Jahon chempionatlarida ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalar ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus” doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida ham tuman o‘quvchilari munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 🟠Ma’lumot o‘rnida, 1-maktab o‘quvchisi Amirxon Murodov futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi safida 2025-yil Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot