TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Andijon YKJ avatar

TGINSIGHT CHAT

Andijon YKJ

@yoshlar_jamgarmasi

Education

"Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi Andijon viloyat filialining rasmiy kanali Murojaat uchun tel.: 90-5484144

Subscribers138Current channel subscribers
Tracked posts1,007Indexed post count
Recent reach133Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 84 · 1,007 posts

Posted May 25

✔️“Yoshlar tashabbuslari marafoni”ga start berildi! ⚫️Iyun oyi davomida respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan Yoshlar oyligi doirasida yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar maydoni yaratilmoqda. Endilikda siz IT, sun’iy intellekt, startap, tadbirkorlik, xotin-qizlar faolligi, kitobxonlik, volontyorlik va boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi 20 dan ortiq loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin! ⚫️30 kun davom etadigan ushbu marafon — bu shunchaki loyiha emas, balki o‘z ustingizda ishlash, yangi bilim va tajribalar orttirish, kuchli jamoaga qo‘shilish hamda kelajagingiz sari dadil qadam tashlash imkoniyatidir. ⚫️Marafonda qatnashish uchun maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://yoshlar.gov.uz/marathon ⚫️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Bugungi harakat — ertangi muvaffaqiyat poydevori! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

5 views

Posted May 25

Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga tabrik — Поздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

3 views

Posted May 23

🇩🇪Berlinda “Vatandoshlar xalqaro biznes marafoni” yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi 📹Tadbirga oid videolavhani e’tiboringizga havola etamiz. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram📱Instagram 📱Facebook📺YouTube🌐Sayt

6 views

Posted May 22

✔️ Sport, birdamlik va inson qadri ulug‘langan tadbir ⚫️ Andijon tumanidagi “Ziyolilar” bog‘ida “Talaba, yugur” hamda “Inson uchun” ommaviy yugurish musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib, 7 mingdan ortiq ishtirokchini bir maydonda jamladi. Talabalar, professional sportchilar, volontyorlar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ushbu tadbir sport, sog‘lom turmush tarzi va insonparvarlik g‘oyalarining yorqin namunasiga aylandi. ⚫️ Ayniqsa, “Inson uchun” inklyuziv yugurish musobaqasi tadbirning eng ta’sirli va mazmunli qismi bo‘ldi. Bir kilometr masofada tashkil etilgan yugurishda nogironligi bo‘lgan ishtirokchilar professional sportchilar bilan bir safda startga chiqib, matonat, iroda va hayotga muhabbatning chinakam namunalarini namoyon etdilar. Ushbu loyiha orqali sport insonlarni ajratmaydigan, aksincha birlashtiradigan kuch ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi. ⚫️ “Talaba, yugur” esa bugun minglab yoshlar uchun nafaqat sport musobaqasi, balki sog‘lom hayot sari dadil qadam, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish va katta sport harakatining bir qismiga aylanish imkoniyatiga aylandi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

7 views

Posted May 22

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari, murabbiylar shtabi, soha faxriylari va sport jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с игроками и тренерским штабом национальной сборной Узбекистана по футболу, ветеранами сферы и представителями спортивной общественности. #Mirziyoyev#uchrashuv#futbol#termajamoa Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

4 views

Posted May 22

“Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi talabalar ishtirokida ochiq muloqot va suhbat tashkil etildi. Tadbirda Milliy bank Andijon viloyati filialining mas’ul xodimi ishtirok etib, yoshlarga mehnat bozoridagi imkoniyatlar, bank-moliya sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari, kredit va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi mehnat faoliyati hamda karyera rejalari yuzasidan foydali tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Mazkur tadbir bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. @yoshlar_jamgarmasi

66 views

Posted May 22

Bugungi kunda Paxtaobod tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ana shunday amaliy tadbirlar yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda farovon hayot kechirishlariga xizmat qilmoqda. @yoshlar_jamgarmasi

7 views

Posted May 22

PAXTAOBODDA YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASHGA QARATILGAN MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI Paxtaobod tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan Nodirabegim mahallasi hududida joylashgan “The Best Tekstil” korxonasida ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir yakunida tuman hokimi hamda tuman IIB rahbari yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun zarur tavsiyalar berildi. @yoshlar_jamgarmasi

7 views

Posted May 22

🗣Talabalarga “Work and Travel” dasturi uchun safar xarajatlari qoplab beriladi! 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bog‘liq xarajatlar uchun ssuda ajratish tizimi ishga tushirilgan. ❔Safar xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy ko‘mak olish tartibi qanday? Foizsiz ssuda uchun qanday ariza topshirish kerak? ⏺Yuqoridagi video orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. ➡️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @WorkTravelUz_Bot Bizni kuzating: 📱Instagram| 📺YouTube|🕊Telegram

6 views

Posted May 22

💸ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot — 1000 AQSH dollari Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak. 🏆Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi. ✍️ Hikoyalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram📱Instagram 📱Facebook🌐Sayt

6 views

Posted May 21

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Marhamat tumani IIB boshlig‘i R.Jaloldinov tomonidan tumandagi 40- umumta’lim maktabi o‘quvchi qizlari ishtirokida uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar, ayniqsa qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va salbiy holatlarning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish va kasb egallash borasidagi keng sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar va salbiy illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik va kasb-hunarga qiziqishini oshirish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi. t.me/yoshlar_jamgarmasi

9 views

Posted May 21

Marhamat tumani 4-son texnikumida o‘tkazilayotgan mazkur uchrashuv, nafaqat muloqot maydoni, balki yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan muhim tadbirga aylandi. Xususan, uchrashuv doirasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, unda yoshlar uchun turli sohalarda mavjud bo‘lgan ish o‘rinlari taqdim etildi. Yarmarkada tuman va hududdagi korxona hamda tashkilotlar vakillari ishtirok etib, yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha bevosita ish beruvchilar bilan suhbatlashib, zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tadbir davomida tuman "Hunarmand" uyushmasi tomonidan koʻrgazma tashkil etilib, xotin-qizlarni usta-shogird tamoyili asosida hunarga oʻqitish haqida tushunchalar berildi. t.me/yoshlar_jamgarmasi

7 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
PreviousPage 1 of 84Next