TGINSIGHT CHAT
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali
@ToshkentFVBB
News and mediaToshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati Murojaat uchun: t.me/ToshkentFVBB?direct:
Seneste opslag
Side 1 af 85 · 1,011 opslag
Publiceret for 10 dage siden
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali pinned a video
Publiceret for 10 dage siden
Yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang⚠️ 2026-yil 25-may kuni soat 06:21 da 2024-yilda tug’ilgan bolakayning chap qo‘lidagi barmog’i temir jismga kirib qolganligi bo’yicha Yashnobod tumani joylashgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutidan, Toshkent shahar FVBB xabar kelib tushdi. Shu xabarga asosan Toshkent shahar FVBB Maxsus qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yosh bolajonning barmog’idagi jismni ehtiyotkorlik bilan olib tashlandi. Hozirda bolajon sog’ salomat Onasiga topshirildi. 👇 Obuna bo‘lishni unutmang 📱@ToshkentFVBB 📱Instagram 📱ToshkentFVBB.uz
Publiceret for 11 dage siden
🔰Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yong‘inga munosabat. 24-may kuni soat 12:15 da Shayxontohur tumani Bunyodkor shox ko‘chasida joylashgan restaurant tom qismi yonayotganligi bo‘yicha Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:22 da yetib borib, yong'in 12:27 da o‘chirildi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo’q. Aytilgan manzildagi yong’in 9 qavatli uyning tom qismida sodir bo‘lmagani, yong‘in restaurant oshxonasining dudburonida sodir bo‘lgani aniqlandi.
Publiceret for 12 dage siden
🇺🇿✈️ Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатига парвоз қиладиган самолётнинг тақдимоти ўтказилди. ✈️Бизни кузатинг 🫥Oq boʻri
Publiceret for 12 dage siden
⚡️ Yog‘ingarchilik va kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari Hurmatli fuqarolar Bugun tunda Toshkent shahri hududida yog'ingarchilik va kuchli shamol bo'lishi kutilayotganligi sababli quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qilamiz: 🔹yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish; 🔹ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik; 🔹ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish; 🔹shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish; 🔹buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi; Shu o‘rinda Toshkent shahar FVBB avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni va xonodonlarda barcha gaz qurilmalarini doimiy nazorat qilib turishlarini tavsiya etadi. ☎️️ Shu bilan bog‘liq biror bir korhol yuz bersa, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 112, 1055, (55) 515-10-50.
Publiceret for 12 dage siden
Bugun, 23-may kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.Muxitdinovning qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy boshqarma, bo'lim va tarkibiy tuzilmalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish hamda ishga joylashishda amaliy ko‘mak berish bo'yichamurojaatlarning har biri nazoratga olinib, ayrimlari joyida hal etildi. 👇bizni kuzatib boring 📱@ToshkentFVBB 📱Instagram 📱ToshkentFVBB.uz
Publiceret for 12 dage siden
👍«OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ! Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda. «Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda. 👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud). 📞1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍@ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
Publiceret for 12 dage siden
#FVV_murojaati Sel-toshqin hodisalari toʻgʻrisida FVVning tegishli boshqarmasi boshlig‘i muhim ma’lumotlarni berdi. — #Обращение_МЧС В связи с селепаводковыми явлениями начальник профильного Управления МЧС озвучил важную информацию. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook |📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com
Hashtags
Publiceret for 13 dage siden
🏛"15-may – Xalqaro oilalar kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi Bugun 22-may kuni Toshkent shahar FVBB tomonidan, bosh boshqarma hududiy boshqarma, bo'lim va tarkibiy tuzilmalarda xizmat qilib faoliyat yuritayotgan ayol harbiy xizmatchilar va xizmatchilar ishtirokida "Ilmli ona — oila faxri" hamda "Ota-onalik mas'uliyati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirga psixologiya fanlari nomzodi Shomuratova Nigora Nabijonovna taklif etildi. Mutaxassis xotin-qizlarimiz bilan oilada sog‘lom muhitni yaratish, farzand tarbiyasida onaning o‘rni, shuningdek, ish va oila muvozanatini saqlashda psixologik barqarorlikning ahamiyati haqida ochiq va samimiy suhbat olib bordi. Uchrashuv davomida ayollarimiz o‘zlarini qiziqtirgan barcha psixologik savollarga atroflicha va qiziqarli javoblar olishdi. 👇 Obuna bo‘lishni unutmang 📱@ToshkentFVBB 📱Instagram 📱ToshkentFVBB.uz
Publiceret for 13 dage siden
Ўзбекистонлик ҳожилар халқимизни дуо қилмоқда Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий шайх Нуриддин Холиқназар билан телефон орқали мулоқот қилди. Давлат раҳбари муфтий ҳазратлари орқали муқаддас Макка шаҳрида бўлиб турган барча ҳожиларимизни Қурбон ҳайити билан самимий табриклаб, уларнинг элу юртимиз тинчлиги, халқимиз фаровонлиги, ёшларимизнинг бахту саодати йўлида қилаётган эзгу дуо ва илтижолари қабул бўлишини тилади. Таъкидланганидек, кейинги йилларда Янги Ўзбекистонда ҳар йили 15 минг нафардан зиёд ватандошимиз муборак Ҳаж сафарига бормоқда. Бу йил яна бир хайрли ташаббус амалга оширилиб, Ватан ва халқ манфаати йўлида сидқидилдан хизмат қилган меҳнат фахрийлари, уларнинг оила аъзолари, маҳалла фаоллари, нуронийлар ҳамда кам таъминланган оилалар вакилларидан иборат 100 нафар юртдошимиз илк бор давлат ҳисобидан Ҳаж сафарига юборилди. Муфтий шайх Нуриддин Холиқназар Макка ва Мадина шаҳарларида зиёратчиларимиз учун барча зарур шарт-шароитлар яратилаётгани, ташкилий ишлар уюшқоқлик билан ўтаётганини таъкидлади. Бундан қалбида шукроналик ҳисси жўшган юртдошларимиз муқаддас жойларда туриб, Яратгандан мамлакатимиз тинчлиги, халқимиз фаровонлигини сўраб дуолар қилаётганини қайд этди. ✈️ Каналга уланиш: 👇 @hudud_inform | Instagrma | Facebook
Publiceret for 13 dage siden
🏃♂️ Poytaxtimizdagi FVV qutqaruvchilarining jismoniy holati qanday? "Tashkent city" Maxsus qutqaruv otryadi qutqaruvchisi 27 qavatli binoga necha daqiqada chiqishi tekshirildi. 🎬 Batafsil — videorolikda. 👇 Obuna bo‘lishni unutmang 📱@ToshkentFVBB 📱Instagram 📱ToshkentFVBB.uz
Publiceret for 13 dage siden
✈️ "Uzbekistan Airways Technics" MCHJda maxsus-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi Joriy yilning 20-may kuni "Uzbekistan Airways Technics" MCHJda Toshkent shahar FVDT hududiy quyi tizimi bilan hamkorlikda "Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish" mavzusida amaliy-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida tegishli xizmatlarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda tezkor va hamjihatlikda harakat qilish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Ushbu maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotiga jami 22 ta maxsus texnika va 329 nafar xodim jalb etildi. Tadbir yakunida Toshkent shahar FVBB mas’ullari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, barcha FVDT hududiy quyi tizimlari harakatlariga baho berildi. 🎬 Batafsil — videorolikda. 👇 Obuna bo‘lishni unutmang 📱@ToshkentFVBB 📱Instagram 📱ToshkentFVBB.uz