Opslagsindhold
O'zbeklar ham framework ishlab chiqa oladi ... Tigernet - minimalistik, ochiq kodli, kross-platformali, zamonaviy sistemalarga asoslangan .NET uchun backend framework. Yaxshi niyat bilan, o'zbek .NET hamjamiyati nomidan bir katta ish boshladik. May oyining o'rtalari yoki iyun oyining boshlarida birinchi release ini chiqarmoqchimiz. Bu esa bir nechta dasturchining qo'lidan kelmaydi. Bu framework jahonda o'z o'rnini topishi uchun bizga o'nlab .NET ekosistemasida ishlovchi dasturchilar kerak. Biz ham bir odamlarga o'xshab biror narsa ishlab chiqaylik. React - Facebook tomonidan, Vue - Xitoyning dasturchilar hamjamiyati tomonidan ishlab chiqilgan. Windows - Microsoft tomonidan, Linux - amerikaning dasturchilar hamjamiyati tomonidan ishlab chiqilgan. ASP.NET - Microsoft tomonidan, Tigernet - O'zbekistonning dasturchilar hamjamiyati tomonidan ishlab chiqariladi :) Adminlar tomonidan githubda issuelar ochiladi. Hissa qo'shishni istaganlar uchun bir nechta linklarni taqdim qilmoqchimiz. Telegram | Github| Discord | Website