TGINSIGHT CHAT
Abdurauf Fitrat | Jadidlar
@AbduraufFitrat
BlogsQo’shimchasiga shaxsiy fikrlar Bog’lanish - @be_twinkle
Aktuelle Beiträge
S. 1 von 60 · 718 Beiträge
Gepostet vor 8 Tagen
🌙Qurbon Hayiti muborak boʻlsin! Ulashing 👉@AbduraufFitrat
Gepostet vor 18 Tagen
⚡️⚡️⚡️Markaziy Osiyo endi Turkiston deb ataladi Turkiya ta’lim muassasalarida endilikda Markaziy Osiyo Turkiston deb ataladi. Bu haqda kecha, 13 may kuni Istanbuldagi taqdirlash marosimida so‘z ochgan. Vazirning ma’lum qilishicha, “Turkiya asri ma’rifat modeli” deb nomlangan yangi ta’lim dasturi doirasida maktab darsliklaridan hukumat tashqaridan tiqishtirilgan deb hisoblangan bir qator tushunchalar olib tashlangan. “Salib yurishlari” endilikda “Salib bosqinlari”, “geografik kashfiyotlar” – “mustamlakachilikning boshlanishi”, “Markaziy Osiyo” esa “Turkiston” deb ataladi. Tekin “Egey dengizi” tushunchasi ham tarixan to‘g‘ri emasligini qo‘shimcha qilgan. “Lozanna shartnomasi imzolangan paytda hech qanday Egey dengizi mavjud bo‘lmagan. Uning to‘g‘ri nomi – Orollar dengizi. Egey dengizi – Ikkinchi jahon urushidan keyin, qisman Gresiyaning xohishi bilan muomalaga kiritilgan tushunchadir”, degan vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday atamalar fuqarolarning milliy o‘zligini anglashiga bevosita ta’sir qiladi. “Bularning barchasi arzimas mayda narsalardek ko‘rinishi mumkin, ammo ular millat sifatidagi ongimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi”, degan u. Tekin so‘zining yakunida milliy o‘zlikni susaytirmaslikka da’vat etgan. “Imperialistik davlatlar bizni sinchkovlik bilan kuzatib turibdi. Milliy ruhimiz doimo ogoh bo‘lishi kerak”, deya bayonot bergan turk rasmiysi. ©️ Qalampir Ulashing 👉@AbduraufFitrat
Gepostet vor 18 Tagen
37-YIL YIGʻISI Olov edi, sho‘x edi o‘g‘lim, Shamol edi, o‘q edi o‘g‘lim, Uyimda non yo‘q edi, o‘g‘lim, Endi mening holim ne kechar? Mayli izing qolsaydi, o‘g‘lim, O‘g‘il-qizing bo‘lsaydi, o‘g‘lim, Ko‘rib ko‘nglim to‘lsaydi, o‘g‘lim. Endi mening xolim ne kechar? To‘lishgan oy, to‘lin oy, o‘g‘lim, Ketgan yering qaysi joy, o‘g‘lim? Tilab olgan Tursunboy o‘g‘lim, Endi mening holim ne kechar? Yonib ketsang mayliydi, o‘g‘lim, Cho‘kib ketsang qaniydi, o‘g‘lim. Aybli bo‘lsang qaniydi, o‘g‘lim Endi mening holim ne kechar?.. Dehqon bo‘lsang o‘lmasding, o‘g‘lim Cho‘pon bo‘lsang o‘lmasding, o‘g‘lim, Yomon bo‘lsang o‘lmasding, o‘g‘lim… Endi mening holim ne kechar? O‘qimay o‘l, unmay o‘l, o‘g‘lim, O‘qib olim bo‘lmay o‘l, o‘g‘lim, Olti tilni bilmay o‘l, o‘g‘lim!.. Endi mening holim ne kechar? Muhammad Yusuf Ulashing 👉@AbduraufFitrat
Gepostet vor 25 Tagen
🇺🇿 O'zbekiston bayrog'ini ko'targanlarga respekt! Ulashing 👉@AbduraufFitrat
Gepostet vor 26 Tagen
9-may – Xotira va Qadrlash kuni Bugun — mardlik, fidoyilik va insoniy burch oldida bosh egiladigan kun. Bu sana nafaqat Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini, balki bizdan o‘tgan barcha aziz yaqinlarimizni, ustozlarimizni, ota-onalarimizni, yuragimizda unutilmas iz qoldirgan insonlarni yodga olish kunidir. Ikkinchi jahon urushining og‘ir saboqlari, o‘zini vatan uchun fido qilgan ajdodlarimiz jasorati biz uchun bebaho ibratdir. Ular tinchlik ne’mati qanday qimmatga tushishini hayotlari bilan isbotlab ketganlar. Ular xotirasi — abadiy. Ammo bu kun yana shuni eslatadiki: har birimizning hayotida iz qoldirgan, mehr-muhabbat bilan eslaydigan insonlar bor. Ular endi oramizda bo‘lmasa-da, xotiramizda, duolarimizda yashaydilar. Keling, bugun ularni yod etaylik — bir daqiqa sukutda, bir duoda, bir ezgu ishda… Xotira abadiy, qadrlash – burchimiz. Ulashing 👉@AbduraufFitrat
Gepostet vor 26 Tagen
— 56 — Yurtini sotmaydi biror otboqar - Sotsa, zerikkandan ziyoli sotar! (Muhammad Yusuf) Harchand kechqurungacha shaharning yarmini qo‘lga olgan bo‘lsak-da, kichik va tarqalib ketgan harbiy bo‘linmalarning yuz minglik aholi orasida qolib ketgandek holati…
Gepostet vor 28 Tagen
⚡️⚡️⚡️ Oliy sud yana 161 nafar qatag‘on qurbonini oqladi Oliy sud tomonidan 1920–1934-yillarda sovet hokimiyatiga qarshi harakatlarda ayblanib javobgarlikka tortilgan yana 161 nafar vatandosh oqlandi. Ma’lum qilinishicha, yaqinda Oliy sudga 1920–1934-yillarda Turkfrontning Farg‘ona qo‘shinlar guruhi Harbiy kengashi huzuridagi Farg‘ona maxsus bo‘limi hamda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi huzuridagi “Uchlik” kengashi qarorlari bilan sudlangan bir guruh vatandoshlarga oid jinoyat ishlari kelib tushgan. Ular bosmachilik harakatlariga moddiy yordam berish, qurolli guruh tuzish, sovet hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon va aksilinqilobiy faoliyatda ayblangan edi. Mazkur ishlar ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib, 2026-yil 6-may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlislarida Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 8 ta jinoyat ishi bo‘yicha 161 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Oqlanganlar bu yerda: Ro'yxat 2023-yilda ham 208 nafar qatog'on qurboni oqlangandi Ulashing 👉@AbduraufFitrat
Gepostet 5. Mai
Maʼlumot uchun. Ulashing 👉@AbduraufFitrat
Gepostet 4. Mai
"Cho'lponni boltalashdi...🪓" Jadidlar haqida yana bir rep kuylandi. Oldingi safar ham shu haqida yozgandim. Rep ijrochisi Doxxim tariximiz haqida kuylay oladigan, o’tmishga befarq bo’lmagan barmoq bilan sanarli ijodkorlardan. ➡️ Po’latxon Qo’zg’aloni haqida…
Gepostet 10. Apr.
#Bugun#Tarixiy_kun 1894-yil 10-aprel - O‘zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun Turdi Farog'iy - O‘zbekni milliy birlikka chorlagan ilk shoir boʻlsa, Abdulla Qodiriy "Oʻtkan kunlar” romani bilan oʻzbekni milliy birlikka chorlagan ilk nosir edi. Dunyoda oʻzbek nomini oltinchi boʻlib romanchilik maktabiga (Ye.E.Bertels) asos solgan millat sifatida kiritgan ham Adbulla Qodiriydir. Dunyoda ko'pgina millat borligini hisobga olsak, bu albatta, millatdosh sifatida kishida faxr hissini uyg'otadi. Bu kun mutafakkirimiz tavalludiga 132-yil toʻldi. Ulashing 👉@AbduraufFitrat
Hashtags
Gepostet 6. Apr.
“Agar urush boshlanib qolsa, Gitler g’alaba qozonadi” G’afur G’ulomning Abdulla Qodiriy ishi bo’yicha bergan ko’rsatmasi haqida. Ulashing 👉@AbduraufFitrat
Gepostet 4. Apr.
"Cho'lponni boltalashdi...🪓" Jadidlar haqida yana bir rep kuylandi. Oldingi safar ham shu haqida yozgandim. Rep ijrochisi Doxxim tariximiz haqida kuylay oladigan, o’tmishga befarq bo’lmagan barmoq bilan sanarli ijodkorlardan. ➡️Po’latxon Qo’zg’aloni haqida ➡️ Ibrohimbek qo'rboshi haqida Qo'shiq to'liq holda tez kunda e'lon qilinadi. Ulashing 👉@AbduraufFitrat