TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
O'qilishin kutib charchadi namoz. Sunnatni qo'ya tur, yoddan chiqdi farz. Yaratgan qoshida saf tortsak hali, Barcha amallarim qilsa kerak arz. Balki anglamadim chin haqiqatni, Chin ixlosda ekan huzur halovat. Men ummatman dedim baralla turib, Kunda bir bora ham aytmay salovat. Chin muslim ro'lini o'ynabman demak, Hali shu holimga ummatmanmi men!? Onam jannatim deb jar solganim rost, Quruq so'zlar ichra qoldi amalim. Orsiz so'zlar birdan olib alanga, Bexos olov ichra qoldim qamalib.