TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Ketmoq(Yusuf Qalandar) avatar

TGINSIGHT CHAT

Ketmoq(Yusuf Qalandar)

@YuSuF_QaLaNDaR

Musik

Bir hayot unadi haromdan hamon "Men seni sevaman" deydi bir murtad. @ketmoq

Abonnenten110Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge227Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite1,224Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 1 von 19 · 227 Beiträge

Gepostet vor 8 Tagen

Arafa kuni muborak boʻlsin)

19 views

Gepostet vor 10 Tagen

Sotiladi 2.500.000 soʻm @ketmoq

45 views

Gepostet vor 13 Tagen

Yusuf Qalandar

64 views

Gepostet vor 14 Tagen

Kimdir kutar onlarni - visol, Kimlar esa kichik barmoqcha. Sagʻirlarning yuragi havol, Toʻlmay qolgan koʻngillar - bogʻcha. Men yashashni istayman Xudo, Kulgu menga tutingan xoin. Gunohimdan boʻlmayman judo, Dilim nega tavbaga moyil? Lolalarga kelar havasim, Kunlarimni aldaydi orzu. Tugab bitmas ogʻir nafasim, Toleʼimga bitilgan arz U . Qanday goʻzal koʻrinmasin koʻk, Koʻzlarimga qovushmas shabnam. Mamnuniyat koʻksim teshgan oʻq, Tushlar yigʻi, sahar yostiq nam. Dod faryodda ikkiqat qismat, Alam qilmas dardni yutganim. Ulkan yurak koʻtarmas ismat, Alam qilar ajal kutganim. 2026 Yusuf Qalandar

75 views

Gepostet vor 20 Tagen

Biroz tevarakni kuzataman, soʻng zerikish bilan 30daqiqa shugʻullanaman. Hammasi safsata deyman, soxta emas, chin emas, safsata. Shunchaki safsata. Kecha Koʻrlikni boshladim, bu ham safsata. Sheʼr yozolmayapman, safsata. Avval yozganman, safsata. Roman yozyapman safsata haqida. Muhimi men borman. Yashayapman. Yusuf Qalandar

104 views

Gepostet vor 21 Tagen

Baʼzan yashashga qiynalamiz, shu qiynoq bizni shaxs oʻlaroq shakllantiradi. Ketmoq Yusuf Qalandar

108 views

Gepostet vor 27 Tagen

Gunohga sinonim topmoqlik qiyin, Ragʻbat deb bilganing - sevgi - intellekt. Hayajon, qon bosim, havotir, keyin Hotirjamlik uchun eshiklaring berk. Ogʻriqni yutmaydi hech qanday hayol, Topilmas koʻzyoshga har doim sabab. Baribir sevasan, rejalar havol, Yoringni yuziga asta bosib lab. Dunyoni koʻtarib yurishni bas qil, Sen Xudo emassan, ojizsan tan ol. Ishqsizlik insonni qilmaydimi sil? Dilxabar yoʻlladim, dilga quloq sol. Koʻz bilan koʻrganing qiyomat emas, Sevgi bilmaslarda halol yashash yoʻq. Hom hayol quvonchi dardingni olmas, Gunohga sinonim, senga oʻxshash yoʻq. 2026 Yusuf Qalandar

146 views

Gepostet 4. Mai

Oxirgi sehr bu dunyoda qolgan, Shavqidan gul ungan ohang edi bu. Borliqda yashashga ruxsatin olgan Va bizga ayriliq tuhfa etgan shu. Oqqushga aylanib qolmaydi gʻozim, Armonning bagʻrida jimjit oqmasam. Tafakkur yurakka boʻlmadi gʻoziy, Yaxshiydi koʻzingdan shabnam oqmasa. Ishon, sehr edi gunoh aralash, Boʻlmasa boladay yashamas edik. Axir najot edi ortga bir qarash: Qarasam, qarasang biz sevmas edik. Qoʻy, gulim, muhabbat deya atama, Javobi aqldan yuqori jumboq. Tuygʻular dilni qon qilsa unutma - Gunohkor bandaning gunohi - sevmoq. 2026 Yusuf Qalandar

136 views

Gepostet 1. Mai

Men kimnidir tashlab ketgan chog' O'zimni qoldirib ketganman har gal. Shu sabab gullarim, g'orat bo'lar bog', Dengizlar quriydi eslagan mahal. Kecha qolib ketdi men bilan birga, Vatan - vatangado bo'ldi ketganim. Soylar oqmay qo'ydi, chinorlar sirga To'liqib…

127 views

Gepostet 1. Mai

Ўтмишни опичлаб келган соғинчни Яна авраб қўйдим орсиз, субутсиз. Кетмоқ - тўғри қарор, зотан илинжни Юракка кўмгандим кафан, тобутсиз. Охири йўқ бўлган бу муносабат Муносиб кўрмади бизларга бахтни. Якуни кўринмас умид - ғамкелбат, Доим бузиб қўяр берганим…

125 views

Gepostet 1. Mai

NOMARD Sen royal chalasan, kuy birla yuzib Ko'nglim kiyinadi havotir -nimcha. Oq qora, qora oq: barmog'ing suzib Unutib qo'yasan meni - meningcha. Motsartga dag'dag'a qilar tasavvur, Shopenga uyg'onar dilimda nafrat. Men qanday himoya qilayin, yovqur Musiqa…

138 views

Gepostet 1. Mai

Bu zulmat shaharda ochlik muttasil, O'lim birla hayot ketgan qorishib. Dangasalik nuqsi etibdi ta'sir, Turqingda sovuqlik ketgandir oshib. Qo'lingdan tutmaydi endi hech kimsa, Yelkalar rixlatin aylagan bajo. Na odam, na shoir, na-da qul, kimsan - Zahmatga…

137 views
123•••10•••1819
ZurückS. 1 von 19Weiter