TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Ziyolilar minbari avatar

TGINSIGHT CHAT

Ziyolilar minbari

@ZiyolilarMinbari

Blogs

Ziyolilar minbari – bu jamiyat va hayot, bugun va kelajak haqidagi fikrlar bulog‘i, yangi maqsad va marralar sari chorlov, mushohadaga undovchi manzil

Abonnenten785Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge12Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite8,830Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 1 von 1 · 12 Beiträge

Gepostet vor 13 Tagen

"Boshida ishonish qiyindek tuyulgan edi..." — Komil Sindarov mamlakatimizdagi ma’naviy va ilmiy yuksalish — Uchinchi Renessansga bo‘lgan qarashlari qanday o‘zgargani haqida so‘zlab berdi. 👉 To‘liq intervyu YouTube sahifamizda: https://youtu.be/_9tu8fL_GOY @ZiyolilarMinbari

621 views

Gepostet vor 14 Tagen

Har bir kadrda millat ruhi ufurib tursin! Ijod mahsuli faqatgina ko‘ngilochar bo‘lishi kifoya emas, u milliy o‘zligimizni aks ettirishi, qadriyatlarimizni ulug‘lashi kerak. Bizning urf-odatlarimizga zid bo‘lmagan, aksincha, ularni dunyoga tanitadigan loyihalar ko‘payaversin. @ZiyolilarMinbari

663 views

Gepostet vor 16 Tagen

Bir kunda bir soat ilm uchun yasha! O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o’rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Komil Sindarov bilan suhbat. 👉 To‘liq intervyu YouTube sahifamizda: https://youtu.be/_9tu8fL_GOY @ZiyolilarMinbari

765 views

Gepostet vor 18 Tagen

Baxtli inson hech qachon birovga ozor bermaydi... Videodagi hikoyatda aytilganidek, qalbi nurga va baxtga to‘la inson atrofidagilarga ham faqat yaxshilik ulashadi. Agar kimdir sizga yomonlik qilsa, bilingki, u aslida o‘zi baxtsizdir. @ZiyolilarMinbari

590 views

Gepostet vor 23 Tagen

“Riyosiz so‘zlar” — Usmon Azimning bir davrga bergan shaxsiy guvohligi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning “Riyosiz so‘zlar” nomli katta maqolasi e’lon qilindi. Unda muallif sovuq uylarda o‘tgan yillarni, yetishmovchi maosh va pensiyalarni, iqtisodiy beqarorlik va kundalik tirikchilik tashvishlarini eslaydi. Bu tasvirlar orqali o‘sha davrning ruhiyati — qo‘rquv, noaniqlik va odamlarning ojiz holati ochiq tasvirlanadi. Usmon Azim o‘tmishni ideallashtirmaydi ham, bezab ham ko‘rsatmaydi. U qanday bo‘lgan bo‘lsa — shunday yozadi. “Mustaqillikdan odamlarning ko‘ngli qola boshladi…” — deb yozadi bir joyda. Shu bilan birga, maqolada faqat o‘tmish emas, balki keyingi o‘n yillikdagi o‘zgarishlar ham solishtirib ko‘rsatiladi. Muallif bugungi qurilishlar, infratuzilma rivoji va ijtimoiy muhitdagi yangilanishlarni ham qayd etadi. “…Yuqorida aytib o‘tganim ko‘rgiliklar bitta-bitta yechimni topib ketaverdi. To‘lov plastik kartalari risoladagiday ishlay boshladi, pensiyalar to‘liq beriladigan bo‘ldi, banklar yangicha ishlash tizimiga o‘tishdi – xohlasalaring, mana, so‘m; istasalaring dollar, marhamat...” deya yangi davrni aniq misollar bilan ko‘rsatib beradi. To‘liq maqola:https://daryo.uz/3ur99T0vR @ZiyolilarMinbari

669 views

Gepostet vor 26 Tagen

Sepida kitob bilan kelayotgan kelinlar bor! O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o’rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Komil Sindarov bilan tez kunda "Ziyolilar minbari"da suhbatlashamiz! @ZiyolilarMinbari

828 views

Gepostet vor 27 Tagen

Choyxonalardan ko‘ra nabiralarimizga ko‘proq vaqt ajrataylik! O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o’rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Komil Sindarov bilan tez kunda "Ziyolilar minbari"da suhbatlashamiz! @ZiyolilarMinbari

809 views

Gepostet vor 28 Tagen

Maqom — shunchaki musiqa emas, u qalbimiz sadosi va san’atimiz poydevori O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Abdulhoshim Ismoilov bilan tez kunda "Ziyolilar minbari"da suhbatlashamiz! @ZiyolilarMinbari

1,060 views

Gepostet vor 29 Tagen

Telefon o‘rniga shaxmat, qaramlik o‘rniga chempionlik O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o’rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Komil Sindarov bilan tez kunda "Ziyolilar minbari"da suhbatlashamiz! @ZiyolilarMinbari

755 views

Gepostet 4. Mai

“Otining tushovi yo’q, Gapining ushovi yo’q” O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev bilan suhbat. 👉 To‘liq intervyu YouTube sahifamizda: https://youtu.be/0_rcW2qRaSg @ZiyolilarMinbari

728 views

Gepostet 30. Apr.

San’at — bu shunchaki qo‘shiq emas O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Abdulhoshim Ismoilov bilan tez kunda "Ziyolilar minbari"da suhbatlashamiz! @ZiyolilarMinbari

714 views

Gepostet 29. Apr.

“‘Iflos’ — haqorat emas… asl ma’nosini bilasizmi?” O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev bilan suhbat. 👉 To‘liq intervyu YouTube sahifamizda: https://youtu.be/0_rcW2qRaSg @ZiyolilarMinbari

628 views