TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Advokat Dilshodbek Toshpoʻlatov
Advokat Dilshodbek Toshpoʻlatov avatar

TGINSIGHT POST

Post #690

@advokatbey

Advokat Dilshodbek Toshpoʻlatov

Ansichten125Anzahl der Ansichten
Gepostet12. Feb.12.02.2026, 13:21
Beitragsinhalt

Inhalt

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov o'tkazish tartibi belgilandi ✅Adliya vazirligi Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3773, 11.02.2026-y.). ➡️ Yagona tanlov Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan notarius lavozimi bo'sh bo'lgan yoki yangi notarius lavozimi ta'sis etilganda o'tkaziladi. 🗒 Yagona tanlov 2 bosqichda (test sinovlari va amaliy imtihon) o'tkaziladi. ⏺ Yagona tanlov o'tkazish to'g'risidagi e'lon “Inson va qonun” gazetasi va Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. ⏳ Yagona tanlovning 1-bosqichi Adliya vazirligi tomonidan talabgorlarning ro'yxati Agentlikka taqdim etilgan kundan boshlab 10 kundan so'ng, biroq 15 kundan kechiktirmay o'tkaziladi. 🔹 Talabgorlar Agentlikning elektron platformasi orqali davlat va jamiyat boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi bo'yicha test sinovini(40 ta test) topshiradi (60 daqiqa vaqt ajratiladi). 🚫 Test sinovida 55 balldan yuqori to'plagan talabgor muvaffaqiyatli o'tgan hisoblanadi hamda yagona tanlovning 2-bosqichidan o'tolmagan taqdirda ham 1 yil davomida test sinovini qayta topshirish talab etilmaydi. 🔎2-bosqichda talabgorlar elektron platformada notarial harakatlar loyihalarini tayyorlash va muammoli masalaga (kazusga) javob berish (tayyorlanishga 20 daqiqa vaqt ajratiladi) bo'yicha sinovdan o'tadi. ✅ 2-bosqich natijasi bo'yicha to'plangan ball eng yuqori ballning 55 foizidan yuqori bo'lganda yagona tanlovdan o'tgan hisoblanadi. 📌Mazkur hujjat 2026-yil 1-apreldan e'tiboran kuchga kiradi.