TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Advokat Dilshodbek Toshpoʻlatov
Advokat Dilshodbek Toshpoʻlatov avatar

TGINSIGHT POST

Post #691

@advokatbey

Advokat Dilshodbek Toshpoʻlatov

Ansichten132Anzahl der Ansichten
Gepostet13. Feb.13.02.2026, 04:15
Beitragsinhalt

Inhalt

#Qiziqarli_fakt ❓Birinchi o'zbek advokati haqida bilasizmi? ⚖️O‘zbek advokaturasi va milliy matbuotining peshqadamlaridan biri - Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'ja o'g'li (Ubaydulla Xo'jayev) (1878-1937) 1878-yili Toshkent shahrida tug'ilgan. 🎓 Saratov universitetining huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyatli tamomlab, dastlabki o‘zbek advokatlaridan biri sifatida faoliyat yuritgan. 1914-yil 4-aprelda “Sadoi Turkiston” gazetasiga asos solib, unga muharrirlik qilgan. Ushbu nashr Turkistonda milliy uyg‘onish va jadidchilik g‘oyalarining keng yoyilishida muhim o‘rin tutgan. “Umid” (keyinchalik “Taraqqiyparvar”) tashkilotiga yetakchilik qilgan, “Turon” jamiyatining asoschilaridan biri bo‘lgan hamda 1917-yilda Turkiston Muxtoriyatining Harbiy noziri etib saylangan.