Inhalt
🎄 Yangi yil oqshomida farzandlarimizni shirinliklar bilan xursand qilishni xohlaymiz. Bugun ajoyib ta'mga ega "Zanjabilli tort" retseptini ulashmoqchimiz. Xamir tayyorlash uchun: 🔸 Quruq masalliqlarni mayda elakdan o'tkazib oling va xamir ko'pirtirgich yordamida aralashtiring; 🔹 Sariyog'ni mikser yordamida ko'pirtiring, shakar va tuxumni birma-bir qo'shing; 🔸 Sedra, vanil va shinni bilan aralashtirilgan sutni uch qismga ajratib sariyog'li aralashmaning ustiga quying. Bir xil ko'rinishga kelguncha aralashtiring; 🔹 Xamirni 2 qismga ajrating va qolipga soling. 180° darajada 25-35 daqiqa davomida pishiring; 🔸 To'liq sovib bo'lgach, har birini 2 qatlamga ajrating. Pryanik tayyorlaymiz: 🔻 Sariyog'ga shakar va asal qo'shing, aralashtiring va eriting; 🔻 Ziravorlar, tuz, kakao, bir dona tuxum va xamir yumshatgich bilan aralashtirilgan un qo'shing; 🔻Xamir qo'lingizga yopishmaydigan holga kelgach, uni oziq-ovqat plyonkasi yordamida o'rab, xona haroratida 3-4 soatga qoldiring; 🔻Xamirni 3-4 mm qalinlikda yoyib chiqing; 🔻Pryaniklarni qoliplari bilan kesib oling va 180° darajada qizdirilgan duxovkaga 10-12 daqiqaga qo'ying. Tuzli karamel tayyorlaymiz: 🔸 Smetanani suv yordamida isiting; 🔹 Shakarni 6 qismga bo'lib, tovaga soling. Shakar erigandan so'ng qolgan masalliqlarni qo'shing. 🔸 6 daqiqa davomida qizdiring, keyin sovushini kuting. Krem tayyorlaymiz: 🔻Qaymoqni mikser yordamida ko'pirtiramiz; 🔻Jarayonning o'rtasida quyuqlashtiruvchi qo'shing va sovutilgan karamel bilan aralashtiring. Tortimiz deyarli tayyor bo'ldi, yig'ishni boshlaymiz: 🔸 Ustma-ust taxlab chiqing; 🔹 Har bir qatlamga qaymoq suring; 🔸 Rasmda ko'rsatilganidek, pryanik bilan bezang; 🔹Tayyor tortni muzlatgichga 2 soatga solib qo'ying qo'yamiz. 🎉 Agar yaqinlaringizga sehrli tort pishirb berishni xohlasangiz, retseptimizdan foydalaning. Postni saqlab qo'ying, do'stlaringizga yuboring va Yangi yil bayramiga Artel Kitchen bilan birgalikda tayyorlaning! На русском языке