TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Artel Kitchen
Artel Kitchen avatar

TGINSIGHT POST

Post #112

@artel_kitchen

Artel Kitchen

Ansichten624Anzahl der Ansichten
Gepostet27. Dez.27.12.2022, 16:47
Beitragsinhalt

Inhalt

🎆 Yangi yil dasturxoni uchun olxoʻri qoqi qoʻshilgan juda foydali va nihoyatda mazali salat retsepti. Barcha masalliqlar rasmda, batafsil tayyorlash tartibi – pastda. 🧑‍🍳 Tovuq, pishloq, olxoʻri qoqi va yongʻoq bilan qatlamli salat tayyorlash juda oson, buning uchun quyidagilarni qilishingiz kerak: • tozalangan yongʻoqni ushoq holatiga kelguncha maydalaymiz; • olxoʻri qoqilarini mayda boʻlaklarga kesib olamiz; • tuzli suvda qaynatilgan tovuq toʻshini somoncha shaklida toʻgʻraymiz; • tekis likopchaga qatlam-qatlam qilib tovuq, olxoʻri qoqi va yongʻoqni solamiz. Har bir qatlamga mayonez surtamiz va kerak boʻlsa, tuz qoʻshamiz; • salatga toʻgʻralgan koʻkatlarni qoʻshamiz va ustiga maydalangan pishloqni sepamiz. 🤤 Ushbu gʻayrioddiy salat sizning yangi yil taomlar roʻyxatingizga xilma-xillik qoʻshadi va hech kimni befarq qoldirmaydi. Postni saqlab qoʻying, doʻstlaringiz bilan boʻlishing va Artel Kitchen bilan Yangi yilga tayyorlaning! — 🎆 Новогодний рецепт очень полезного и невероятно вкусного салата с черносливом. Все ингредиенты — на фото, а пошаговый рецепт — ниже. 🧑‍🍳 Приготовить слоёный салат с курицей, сыром, черносливом и грецким орехом очень просто, для этого нужно: • очищенные грецкие орехи измельчаем до состояния крошки; • чернослив нарезаем на мелкие кусочки; • куриное филе, отваренное в солёной воде нарезаем соломкой; • на плоскую тарелку укладываем слоями курицу, чернослив и орехи. Каждый слой обмазываем майонезом и при необходимости добавляем соль; • добавляем в салат измельченную зелень и посыпаем его твердым тертым сыром. 🤤 Необычный салат внесёт разнообразие в ваше новогоднее меню и никого не оставит равнодушным. Сохраняйте публикацию, делитесь с друзьями и готовьтесь к Новому году вместе с Artel Kitchen!