Inhalt
👨🍳 Bugun Yangi yil retseptlari ruknini yakunlaymiz. Duxovkada pishirilgan apelsinli tovuq bayram dasturxonining chinakam bezagi boʻladi. Masalliqlar va ularning miqdorlari karuselda koʻrsatilgan, quyida tayyorlash usuli yozilgan: • Sarimsoqni tozalab, pressdan oʻtkazing; • Apelsinlarni boʻlaklarga boʻling; • Tovuqni butunligicha yuvib, salfetkaga shimdiring, tuz, qalampir va sarimsoq sepib ustini ishqalang; • Apelsinning yarmini ichiga soling; • Tovuqqa soya qaylasi, sariyogʻ, shakar aralashmasini surting va timyan seping; • Goʻshtni pishirish tovasiga joylashtirib, qolgan apelsinlarni qoʻyib chiqing; • Duxovkaga joylashtirib, 180° haroratda pishiring; • Dasturxonga tortishdan avval rukkola shoxlari bilan bezashingiz mumkin. 🤤 Bu taom aynan bayram uchun yaratilgan. U tantanavor koʻrinishga ega, mazali hamda xushboʻy, uning taʼmi uzoq kunlar muhokamaga aylanadi. 🎄 Lentamizda olxoʻri qoqili salat, achchiq kanape va haqiqiy bayram tortining retseptlarini topasiz, ular va bugungi tovuq goʻshti bilan mukammal ansambl yarating. ✅ Nashrni saqlab qoʻying, doʻstlaringiz bilan ulashing va Artel Kitchen bilan birgalikda Yangi yilga tayyorlaning! Текст на русском