Inhalt
😍 Anor – biz sevib iste’mol qiladigan mevalardan, aniqrogʻi rezavor mevalardan biri. Uning qanchalik foydali ekanligi koʻpchilik uchun noma’lum. Anorni qanday qilib tanlash va uni toʻgʻri saqlashni hamma ham bilmaydi. ⛳️ Anor urugʻi tarkibida: B2, B5, B6, B9, C, H va PP vitaminlari, shuningdek, minerallar: kaliy, kalsiy, magniy, marganets, temir, yod, fosfor va natriy mavjud. 🧣 Doimiy ravishda anor isteʼmol qilish immunitetni yaxshilaydi, viruslardan himoya qiladi, organizmning qarish jarayonini sekinlashtiradi va qondagi gemoglobin miqdorini oshiradi. Anor mevasi pustlogʻidan dorivor damlamalar va choylar tayyorlanadi. ❗️ Gastrit, oshqozonda kislota miqdori koʻpaygan va oshqozon yarasi bilan ogʻrigan odamlar uchun toza anor sharbatini isteʼmol qilish qatʼiyan man etiladi. ✅ Anor tanlashda e’tiborli boʻling. Yaxshi pishib yetilmagan anor poʻstlogʻi yashil va qattiq boʻladi. Pishib yetilgan anor – toʻq qizil yoki yorqin malina rangida boʻladi va urib koʻrganda jarangdor tovush chiqaradi. 🧊 Anorni +1° -2°C haroratda saqlash kerak. Bunday sharoitda meva 2 oy davomida saqlanishi mumkin. Postni saqlab qoʻying, doʻstlaringizga yuboring va Artel Kitchen bilan birga taom tayyorlang! На русском