Inhalt
💡 Bugun oshxona idishlari uchun 3 ta eng xavfsiz xomashyo toʻgʻrisida gaplashamiz. 🥉 Uchinchi oʻrinda – choʻyan. Undan tayyorlangan mahsulotlar juda chidamli, uning tarkibida esa zaharli moddalar yoʻq. Yagona kamchilik – choʻyanni yuvgandan soʻng uni artib, quruq joyda saqlash lozim, chunki uning zanglashga moyilligi bor. 🥈 Zanglamaydigan poʻlatdan tayyorlangan togʻoracha va tovalar ham xavfsiz hisoblanadi. Ular juda ham chidamli, zanglamaydi va issiqlikni samarali tarqatadi. 🥇 Sopoldan tayyorlangan idishlar eng xavfsiz idish hisoblanadi. Sopol yaxshi issiqlik oʻtkazuvchanlikka ega, shuning uchun sopoldan tayyorlangan idishlarga dogʻ tushmaydi va tarkibida kislota mavjud boʻlgan moddalar unga taʼsir oʻtkaza olmaydi. Sopol idishlarning yagona dushmani – haroratning keskin oʻzgarishi, sinishi va darz ketishi. Ushbu nashrni saqlab qoʻying, doʻstlaringizga yuboring va Artel Kitchen bilan birgalikda taom tayyorlang! На русском