TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Artel Kitchen
Artel Kitchen avatar

TGINSIGHT POST

Post #155

@artel_kitchen

Artel Kitchen

Ansichten265Anzahl der Ansichten
Gepostet8. Feb.08.02.2023, 03:52
Beitragsinhalt

Inhalt

🧂 Bugun oshxonada uchraydigan eng dolzarb muammolaridan biri – tuzi meʼyoridan ortib ketgan shoʻrvani isteʼmolga yaroqli holatga keltirish yoʻllarini Artel Kitchen bilan birgalikda koʻrib chiqamiz. Quyida uchta eng samarali usuldan foydalanishingiz mumkin: 🥔 Kartoshka — u ortiqcha tuzni oʻziga shimib oladi. Agar retseptda kartoshka boʻlsa, uni miqdorini koʻpaytirishingizning oʻzi kifoya. Agar retseptda yoʻq boʻlsa, siz ushbu sabzavotdan 2-3 donasini tozalab, shoʻrvangizga solishingiz mumkin. Bir necha daqiqadan soʻng, ularni olib tashlaysiz. 🍚 Agar siz guruchli suyuq ovqat pishirayotgan boʻlsangiz, unda tashvishlanishingizga umuman hojat yoʻq, chunki guruch tuzni butunlay oʻziga singdirib oladi. Shoʻrva guruchsiz boʻlsa, dokadan xaltacha yasab, guruch solib, shoʻrvaga solib qoʻyish kerak. Uni 15 daqiqadan keyin olib tashlasa boʻladi. 🍭 Shuningdek, shoʻrvaga shakar qoʻshib, haddan tashqari shoʻr taʼmdan xalos boʻlish mumkin. Shakarni (qand boʻlsa yanada yaxshi) qoshiq ustiga qoʻyib, taomga botiriladi. Erigan shakar yangisiga almashtiriladi. Bu harakat yegulikning taʼmi normal holatga kelgunicha takrorlanadi. Postni saqlab oling, doʻstlaringizga ham ulashing. Taomlaringizni Artel Kitchen bilan birga tayyorlang! — 🧂 Сегодня вместе с Artel Kitchen разберём решения одной из самых насущных кулинарных проблем — пересоленный суп. Принимаем на вооружение 3 эффективных способа: 🥔 Картофель — он заберёт всю лишнюю соль. Если в рецепте есть этот картофель, просто нужно положить его побольше. Если нет, то можно положить 2-3 очищенных овоща, а затем вынуть их из супа. 🍚 Если вы готовите рисовый суп, то можно и вовсе не переживать, ведь рис — отлично вбирает в себя соль. Если в супе нет риса, нужно погрузить марлевый мешочек с рисом в готовящийся бульон. Вынуть его нужно через 15 минут. 🍭 Сахар (лучше кусковой) —кладётся на ложку и погружается в суп. Растаявший сахар меняем на новый и так до тех пор, пока вкус блюда не придёт в норму. Сохраняйте публикацию, делитесь с друзьями и готовьте вместе с Artel Kitchen!