Inhalt
😋 Bugun sizni mazali, xushboʻy isli va juda toʻyimli xonim retsepti bilan xursand qilamiz. Tayyorlash jarayoni juda oddiy: 1️⃣ Unni elakdan oʻtkazing, oʻrtasida oʻra hosil qiling. Ichiga suv va tuz bilan koʻpirtirilgan tuxumni quying. Xamirni qorib, 20 daqiqaga sellofan xaltaga solib qoʻying. 2️⃣ Qiymalangan go‘sht, mayda toʻgʻralgan piyoz, kartoshka, tuz, murch va zirani yaxshilab aralashtiring. 3️⃣ Xamirni uch qismga boʻlib, har birini diametri 40smli yupqa doira shalkida yoyib oling. Ichiga qiymani soling, faqat xamirning chetlarida 1,5-2 sm boʻsh joy qolishi kerak. Shundan soʻng, rulet shaklida oʻrab chiqing, yon qismlarini mahkam yopishtiring. 4️⃣ Manti qasqon patnislarini yaxshilab yogʻlang va ustidan oʻramalarni spiral izi boʻylab joylashtirib chiqing. Qasqondagi suv qaynab chiqqanidan keyin patnislarni uning ichiga joylashtiring. Xonim 40-50 daqiqadan soʻng tayyor boʻladi. 5️⃣ Qaylasi uchun qatiqqa yanchilgan sarimsoq, mayda toʻgʻralgan kashnich, tuz, murch solib yaxshilab aralashtiring. Uni dasturxonga tortishdan oldin ustiga tuyilgan qizil qalampir va quritilgan rayhon sepishingiz mumkin. 6️⃣ Tayyor xonimni idishga soling va ustidan quyuqqina qilib eritilgan sariyogʻni surtib chiqing. Xonim tayyor! Yoqimli ishtaha 🤤 Agar siz hali ham katta Challengeʼda ishtirok etmagan boʻlsangiz, hozir buni amalga oshirish va Artel savdo doʻkonlarida maishiy texnika xarid qilish uchun 10 000 000 soʻmlik sertifikat yutib olishning ayni vaqti. Читать на русском